Bobur nomidagi andijon davlat universiteti


Muhammad Yoqub Chingiyning "Kelurnoma" asari



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/36
tarix25.05.2022
ölçüsü0,72 Mb.
#87840
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi b

Muhammad Yoqub Chingiyning "Kelurnoma" asari
. «Kelurnoma» asari Hindistonda
boburiylardan Abu Muzaffar Muhiddin Aurangzeb hukmronligi davrida (XVII) yaratiladi, 
Lug’atning kirish qismida muallif o'z asarini Aurangzebning topshirig'iga binoan yozganini aytib 
o'tadi. Lug’tda eski o'zbek tiliga tegishli so'zlarning ma'nolari fors tilida izohlangan. 
Lug'at mundarijasi o'n besh bobdan iborat. Uning o'n to'rt bobida fe'llar izohlanadi (lug'atda 
keltirilgan fe'llarning soni 400 dan oshadi). Fe'llar lug'atda masdar shaklida (-moq, rnog' shaklida) 
berilgan. Fe'llarning ma'no xususiyatUai bilan bir qatorda ularning grammatik kategoriyalari, zamon 
shakltari ham izohlanadi. 
Lug’atning oxirgi bobi ot so'zlarga bag'ishlanadi. Bu bob quyuiagi mavzuviy guruhlarga 
ajratiladi. 
1) koinotga tegishli tushunchalar, predmet va hodisalar nomlari: 
2) jug`rofiy joylarning nomlari: 
3) hayvonlarning nomlari: 
4) qushlarning nomlari: 
5) odam gavdasi a'zolarining nomlari: 
6) qarindoshlik nomlari: 
7) qurol-aslahalarning nomlari: 
8) sonlar: 
9) olmosh, ravish va yordamchi so'zlar. 
Fayzullaxonning «Lugati turki» asari.
«Lugati turki» lug'at o'zbekcha-forscha lug'atlar 
qatoriga kiradi. Turkolog A.M.Shcherbakning taxminicha, lug'at XVII asarning oxirida yaratilgan. 
Asar uch qismdan iborat bo'lib, uning birinchi qismida eski o'zbek tilidagi hodisalar fe'lning 
masdar shaklida fors tilida izohlangan, ikkinchi qismida fe'lning boshqa shakllari (mayl, zamon kabi 
shakllari) tavsiflangan. Asarning uchinchi qismi otlar talqiniga bag'ishlangan. 
Lug'atda so'zlarning talaffuziga aid ma'lumotlar ham mavjud. Ozbek adabiy tili fonetik 
sistemasi taraqqiyotini o'rganishda bu ma'lumotlardan foydalanish mumkin. 
«Sangloh». Mirza Mehdixon «Sangloh» nomi
bilan mashhur bo'lgan lugatini XVIII asrning 
o'rtalarida (1760 yilda) yaratdi. Bu asar haqida fors mumtoz adabiyotining bilimdoni doktor 
Zabihullo shunday deb yozadi; «Sanloh» lug'ati mashhur kitob... «Burhoni qot'e» («Qat'iy dalitlar») 
fors tilidan xabardor bo'lish uchun qancha qiymatga ega bo`lsa, bu kitob turkiy tildan xabardor boiish 
uchun shunchalik qiymatga ega». 
Mirza Mehdixon o'z asari haqida shunday deb yozadi; «Bandai haqir Muhammad Mahdi 
yoshligidanoq balog'at va fasohat o'lkasining suxondonlik buyruyochisi Amir Alisher Navoiy 
she'rlarini o'qishga va o'ning so'zlarini ffrganishga cheksiz zavqim bor edi. Biroz oning ma'nolariga 
tushungandan keyin menda shunday niyat paydo bo'ldiki, uning mushkul so'zlarini jamlab va ular 
ma'nolarini izohlab, yozishga kirishsam. Kitobni yozishdan maqsad talabalarni qiyinchilikka 
uchramasdan ko'zlangan manziliga oson etib borishlarini ta'minlashdir». 
Eski o'zbek tilidagi 8000 so'zni o'z ichiga olgan mazkur asar uch qismdan iborat. «Maboni ul-
lug"at» (Til asoslari») asarning birinchi bo'limi bo'lib, unda eski o'zbek tilining grammatik qonun-
qoidalari mufassal yoritilgan. Uni «Eski o'zbek tilining birinchi grammatikasi» deb ataydilar. 
Q.Muhiddinov «Maboni ul-lugat»ni o'zbek tiliga tarjima qilib, o'z ilmiy ishiga ilova qilgan. Ikkinchi 
bo'limda turkiy o'zak so'z va so'z birikmalarining forsiy izohi berilgan. Bu bo'limni 1995 yili 
Ravshan Xayoviy Tehran universiteti kutubxonasida saqlanayotgan qo'lyozma nusxasi asosida 
Tehronda chop ettirdi. Asarning uchinchi btflimida Alisher Navoiy asarlarida uchraydigan arabiy va 
forsiy so'z birikmalarining izohi keltiriladi. Mehdixon so'z ma'nolarini izohlab, ularning ko'chma 
ma'nolarini alohida qayd etib o’tadi. 
Ocherkda dastlab turkiy tillarning o'ziga xos xususiyatlari haqida ma'lumot beriladi. Fe'lning 
asosi, deb yozadi muallif, arab tilida masdar (infinitiv) bo'lsa, turkiy tillarda ikkinchi shaxs buyruq 


28 
maylining birlik soniga to'g'ri keladi. Turkiy tillarda fe'lning boshqa shakllari mana shu asosga turli 
qo'shimchalar qo'shish yo'li bilan hosil qilinadi. 
Grammatik ocherk olti mabno (bo'lim) dan iborat. Har qaysi mabno eski o'zbek tili 
grammatik strukturasining biror tomonini yoritadi. 
Birinchi mabno o'n bobga ajratilgan. Undo dastlab fe'lning masdar. Sifatdosh, daraja va mayl 
shakllari haqida fikr yuritiladi. Mirza Mehdixon fe'lning o'zlik (qaytim) va birgalik darajalarini 
buyruq maylini alohida-alohida tahlil qiladi. 
Ikkinchi bobda fe'lning o’tgan zamon shakllariga bag'ishlanadi. Ishda fe'lning o'tgan zamon shakli 
fe'li moziy deb ataladi. Fe'li moziyga (o'tgan zamon fe'liga) mitallif aniq o'tgan zamon fe'lini (-di,-ti 
qo'shimchalari bilan yasalgan fe'l shakllarini), o'tgan zamon ravishdoshining —(i)b, -(i)p, -(i)bon, -
(i)pon shakllarini, o'tgan zamon sifatdoshining —mish, -g'an, -gan, -qan, -kan kabi shakllarini 
kiritadi. 
Uchinchi bobda fe'lning hozirgi-kelasi zamon shakli bayon qilinadi. Fe'lning mazkur shakli 
asarda fe'li muzori deb ataladi. Fe'li muzoriga —gay, 
-gay, -kay, -qay, -a-di kabi qo'shimchalar vositasida yasalgan j'e 'liar kiritiladi. 
To'rtinchi bobda ish-harakatni bajaruvchi nomini yasaydigan shakllar izohlanadi. Ismi fo'il 
deb nomlangan bu kategoriyaga muallif—guchi, -g'uchi, 
-kuchi, -quchi kabi qo'shimchalar yordamida yasaladigan shakllarni kiritadi. Ushbu bobda fe'ldan 
yasalgan boshqa shakllar ham tavsiflanadi. Masalan, -kun, -qun
f
-gun, -gun qo'shimchalari bilan 
yasalgan shakllar ham ismi fo 'ilga kiritiladi. 
Beshinchi bobda o'tgan zamon sifatdoshi haqida mulohazalar yuritiladi. Asarda bu shakl ismi 
maf'ul deb yuritilgan. Ismi maf'ulga —mish, -gan(-g'an), -lig,-liq, -luk, -luq, -lug' qo'shimchalari 
vositasida yasalgan shakllar qiritiladi. 
Oltinchi bobda fe 'Ining buyruq mayli bayon qilinadi. Mullif fe 'Ining bu shaklini fe'li amr 
deb ataydi. Fe'li amrni yasaydigan qo'shimchalarni har biriga alohida-alohida to'xtalib o'tadi. 
Yettinchi bob buyruq fe'lining bo'lishsizlik shakliga bagishlanadi. Sakkizinchi bobda fe'Ining 
bo'lishsizlik shaklini yasovchi qo'shimchalar sharhlanadi. 
To'qqizinchi bobda ravish va ravishdosh, o'ninchi bobda qo'shimchalarning fe'l o'zagiga 
qo'shilish yo'llari, bu jarayonda qo'shimchaiarda yuz beradigan o’zgarishlar ko'rsatiladi. 
Grammatik ocherkning ikkinchi mabnosida fonetik hodisalar tahlil etiladi. Mazkur mabnoda 
fe'l qo'shimchalarining fonetik variantlari va ularning yozilish qoidalari ham bayon qilinadi. 
Uchinchi mabnoda olmoshlar tavsifi beriladi. Mullif olmoshlarni otlarning (ismlarning) bir 
tun sifatida izohlaydi. Masalan, ko'rsatish olmoshlarini u asmoi ishora (ko'rsatish ismlari) deb ataydi. 
Olmoshlarning otlar tarkibiga kiritilishi arab grammatik an'anasiga ergashishning natijasidir. O'rta 
asrlar arab tilshunosligida so'zlar uch turkumga {otlar, fe'llar va yordamchilarga) ajratilgan. Bu 
tasnifga ko'ra fe'l va fe'llik xususiyatiga ega bo'lmagan mustaqil so'zlarning deyarli hammasi otlar 
turkumiga kiritilgan. 
To'rtinchi mabno qo'shimchalar xarakteristikasiga bag'ishlangan. Qo'shimchalar bu asarda 
harflar deb nomlangan. 
Beshinchi mabnoda grammatik ma'no ifodalaydigan so'zlar tavsiflanadi. Bu xil so'zlar orasida 
tushmoq, olmoq, bilmoq, yozmoq kabi fe'llar tahlili ayniqsa muhim ahamiyatga ega. Mirza 
Mehdixon bunday so'zlarni modal va qo'shimcha (grammatik) ma 'no bildiruvchi fe 'llar sifatida 
izohlaydi. 
Oltinchi mabnoda asl turkiy va o'zlashtirma so'zlarning yozilish qoidalari bayon qilinadi. 
Mirza Mehdixon asarining lug’at qismi «Sangloh» deb nomlangan. Forscha sang «tosh» 
degan ma'noni ifodalaydi. Sangloh (toshli er) majoziy ifoda bo'lib, forslar uchun tushunilishi qiyin
bo'lgan turkiy so'zlar toshloq, toshli erga o'xshatilgan. 
Lug'at 24 bobdan iborat. Bu boblarda so'zlar soni bir xil emas. Ba'zi boblarda 4-5 ta so'z 
berilgan bo'lsa, ba'zi boblarda mingdan ortiq so'z berilgan. Lug'atda, so'zlar bilan bir qatorda, ko'plab 
turg'un birikmalar, frazeologik ibora va takibli atamalar ham izohlangan. 
Mirza Mehdixoitning mazkur asari o'zbek tili grammatikasi va leksikasi bo'yicha noyob 
manba sifatida bir qancha ilmiy tadqiqotning obyekti boldi. 


29 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə