Bobur nomidagi andijon davlat universiteti


Mahmud Zamaxshariy va uning «Muqaddimat ul-adab» asari



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/36
tarix25.05.2022
ölçüsü0,72 Mb.
#87840
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi b

Mahmud Zamaxshariy va uning «Muqaddimat ul-adab» asari.
Bizga ma'lumki, XV 
asrgacha arab tili din till, fan tiliga aylandi. Xalifalik hududida yashagan barcha din va fan ahli, qaysi 
xalqqa mansub bo'lishidan qat'iy nazar, o'z asarlarini arab tilida yozdilar. Shuning uchun ham 
dunyoga arab madaniyati, deb shuhrat qozongan madaniyatning shakllanisln va ravnaq lopishida 


22 
arablardan tashqari, arab bo'lmagan xalq vakillarining ham xizmatlari beqiyos kattadir. Ana shunday 
olimlardan biri xorazmlik Abul-Qosim Mahmud ibn Umar ibn Muhammad az-Zamaxshariydir. 
U hijriy 467 sana rajah oyining 27-sida, chorshanba kttni (melodiy 1075 yilning 19 martida) 
Xorazmning katta qishloqlaridan biri bo'lgan Zamaxsharda tug'ilgan va shu boisdan ham az-
Zamaxshariy taxallusini olgan. 
Az-Zamaxshariy haqidagi ma'lumotlar asosan o'rta asr arab manbalarida, qisman ma'lumotlar 
esa olimning o'z asarlarida keltirilgan. Az-Zamaxshariyning hayoti va faoliyatini yoritishda Ibn 
Xallikon («Vafoyot al-a'yon»)
t
ibn al-Anbariy («Nuzhat ul-alibbo fi tabaqat il-udabo»), Yoqut al-
Hamaviy («Mu'jam al-udabo»), ibn al-Qiftiy («Inbah ar-Ruvot») va boshqa arab mualliflarining 
asarlari asosiy manba rolini o'taydi. Az-Zamaxshariyning otasi unchalik badavlat emasdi, lekin o'z 
davrining savodti, ancha taqvodor, diyonatli kishisi bo'lgan. Zamaxshar qishlogidagi masjidlarning 
birida imomlik ham qilgan. U xulq-atvori yaxshi, muruvvatli kishi bo'lib, bu fazttat bilan el orasida 
obro'-e'tibor topgan. Az-Zamaxshariyning onasi ham juda taqvodor ayollardan bo'lgan. Olimning 
yoshlik yillari diniy, taqvodorlik muhitida shakllangan. Zamaxshariy dastlabki bilimni o'z otasidan 
oladi. Uning shaxsiy hayotiga doir ma'lumotlardan shu narsa ma'lumki, uning bir oyogi bo'lmay, 
yogoch oyoqda yurgan. Shuning uchun bo'lsa kerak, otasi uning bir kiyim tikuvchiga shogird qilib 
bermoqchi bo'ladi. Lekin Zamaxshariy ilmga havasmand bo’lgani uchun otasidan o'zini Xorazmga- 
madrasaga o'qishga yuborishni so'raydi. O'glidagi ilmga zo'r ishtiyoqni sezgan ota uning iltimosiga 
bajoni dil rozi bo'ladi. Madrasada Urn-fanning turli sohalari bilan qiziqib, o'qitiladigan ilmlarni to'liq 
egallaydi. Shuningdek, o'sha davrda Urn ahllari orasida muhim hisoblangan xattotlik san'ati siru 
asrorini ham mukammal o'zlashtiradi. U 12 yoshga to'lgach, o'z bilimini oshirish va har tomonlama 
zakovat egasi boiish maqsadida u Buxoroga keladi. Chunki Buxoro somoniylar davridan boshlab, 
Ilm-fan markaziga aylangan bo'lib, o'sha davrning ilg`or, fozil kishilari yigilgan edi. Zamaxshariy 
Buxorodagi o`qishini tamomlagach, bir necha yil Xorazmshohlar xizmatida bo'ladi. Biroq qobiliyati, 
ilmu fazilatlariga munosib e'tibor ko`rmagach, o'zga yurtlarga safar qiladi. Bu davrda Xorazmshohlar 
Saljuqiylar qo'l ostida edi, Xorazmda yaxshi obro'-e'tibor topmagan az-Zamaxshariy Saljuqiylar 
hukmdori Malikshoh huzuriga keladi. Malikshoh va uning vaziri Nizom ul-Mulk ilm-fan va 
madaniyat ravnaqi yo'lida katta ishlar qilgan edilar. Ular ilm-fan, ma'rifat homiysi sifatida olimlarga, 
shoiru adiblarga katta e'tibor beradi. Shunday qilib, az-Zamaxshariy ham Nizom ul-mulk xizmatiga 
kiradi va unga atab bir madhiya tarzida qasida yozadi. Biroq bu erda u o'zi orzu qilgan martabaga 
erisha olmaydi. Manbalarda bunga sabab qilib, Nizom~ul-mulk sunniy mazhabiga mansubligi, az-
Zamahshariy esa mu'tazaliy oqimiga mansub bo'lgani uchun ham o'rtada kelishmovchiliklar bo'lgan 
deb ko'rsatadi. 
Shundan keyin Xurosonga yo'l oladi. U yerda mashhur kotib Xusayn al-Ardistoniy bilan 
tanishadi. Bir qancha vaqt shu yerda yasltaydi, biroq bu yerda ham lining ahvoli Xorazmdagidan 
yaxshi boimaydi. V erdan Saljuqiylar davlatining poytaxti Isfahonga keladi. 
1118 (hijriy 512) yilda bo’lg’usi olim og’ir bir kasalga uchrab, ancha qiyinchiliklarni 
boshdan kechiradi. U darddan tuzalgach, mansab uchun hukmdorlar ostonasiga bosh urmaslikka ond 
ichadi va qolgan umrini faqat ilmga bag`ishlashga ahd qiladi. U Bog’dodga boradi, u erda, Bog’dod 
olimlaridan saboq oladi, munozaralar qiladi. Bir muddat Bog’dod shahrida turgandan so’ng yana 
safarni davom ettirib, Makkaga yo`l oladi. Makka shahrining amiri Hamza ibn Vaxxos uni iliq kutib 
oladi. Ibn Vaxxos bir qancha nazmiy va nasriy asarlar muallifi edi.U az-Zamaxshariy iste'dodiga 
yuksak baho berib, qadr-qimmatini munosib baholadi. Zamaxshariy Arabiston yarim orolining 
barcha mintaqalarini ziyorat qiladi. 
U Makkada 2 yilcha yashaydi, o’z tuprogini qumsab, vataniga qaytadi. U qaytib kelganda 
Xorazmda Muhammad ibn Anushtagin hukmronlik qilardi. Anushtagin olimga marhamatlar 
ko’rsatdi. Uning vafotidan so`ng o`g`li Otsiz ham az-Zamaxshariy katta hurmat-e'tibor bilan qaradi. 
Buni olim «Muqaddimat ul-adab» asarida alohida ta'kidlaydi. Shunga qaramay yana u Makkaga 
boradi. Makkada amir bu safar ham iliq qarshi olib, unga katta izzat-ikromlar ko'rsatadi. Uni har 
doim qo`llab-quvvatlaydL Ibn Vaxxosning yordamidan ilhomlanib o`zi Qur'on tafsiriga bagishlangan 
mashhur asari «Al-Kashshof» asarini yozadi. Bu safar olim Makkada uch yil yashaydi va yana vatani 
Xorazmga qaytadi. Hijriy 538(1143 ) yil Jurjoniya (Urganch)da vafot etadi. 
Az-Zamaxshariy o’z davrining yirik tilshunosi, lug’atshunosi, shoiri, olimi sifatida 
mashhurdir. U diniy ilmlar majmuasi-hadis, to/sir, fiqh va qiroat ilmi boyicha ham katta shuhrat 


23 
qozongan. Az-Zamaxshariy dastlabki ustozi al-Isfahoniy bo`lib, undan Zamaxshariy lug`at va nahv 
sohasida mukammal bilim oladi, umuman, Zamaxshariyning ilmiy, ijodiy faoliyatida bir millatni 
boshqa millatdan ustun qo`yish bo`lmasa ham, lekin u arab tiliga, arablarning ilm-fandagi 
yutuqlariga yuqori baho beradi. U grammatikaga bag`ishlangan «Al-Mufassal» asarini odamlarning 
istagini hisobga olib, «arab kalimalarini bilish uchun» yaratgani, «Muqaddimat ul-adab» asarini esa 
g`ayri arablar arab tilini o'rganish uchun yozganini ta'kidlaydi. O’z hayotida o’chmas iz qoldirgan 
Makkada az-Zamaxshariy 5 yilcha yashadi. Shu boisdan ham u o`z ismiga Jorulloh («Ollohning 
qo'shnisi”) degan sharafli laqab qo'shib aytilishiga muyassar bo’ladi. 
N.Ibrohimov olim haqida shunday yozadi; Xorazmdan yetishib chiqqan ulug’ alloma 
Mahmud az-Zamaxshariy arab tilining grammatikasi haqida ko’p qimmatli asarlar yaratgan. Arablar 
aytadilarki; «Agar shu ko'sa, cho’loq bo'lmaganida arablar o’z tillarini bilmas edilar». Bugungi 
kunda ham bu asarlar Arabistonda hozirda ham o’z dolzarbliligini, qimmatini yo’qotmagan. 
Arab tili grammatikasiga bag’ishlangan («Al-Mufassal…”) («Flektsiya san'ati haqida 
mufassal kitob») bu asar qv.qacha qilib «Al-Mufassal» deb atalib, az-Zamaxshariy Makkada 
yashagan duvrida—513-515 (1119 yil dekabrdan -1121 yil, mart) yillar ichida yozilgan. O'sha 
davrning o’zidayoq bu asar arablar orasida keng shuhrat qozonadi, arab tilini o`rganishda asosiy 
qo'llanmalardan biri sifatida taniladi. Hallo Suriya hukmdori Muzaj'fariddin Muso kimda-kim bu 
asarni yod olsa, unga 5 ming kumush tanga pul va sarupo sovg'a qilishni va'da qilgan. Bir qancha 
kishilar asarni yod olib qimmatli sovg`alarga ega boiganliklari haqida manbalarda ko’rsatilgan. 
Demak, anglash mumkinki, O’sha davrdayoq az-Zamaxshariyning bu asari arab tilining 
o'rganuvchilar uchun asosiy qo'llanma sanalgan.Az-Zamaxshariyning Xorazmshoh Alouddavla 
Abdulmuzaffar Otsizga bag`ishlab yozilgan «Muqaddimat ul-adab» («Adabiyotga kirish») asari 
alohida ahamiyatga ega. O’zFA Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyining noyob 
qo'lyozmalar fondida 4 tilda (arab-fors, eski o'zbek tili va mo’g’ulcha) yozilgan 202 inventarng 
raqamida «Muqaddimat ul-adab» qtflyozmasi saqlanadi. Asar besh qismdan iborat. 1) ismlar, 2) 
fe'llar, 3) boglovchilar, 4) ismlarning turlanishi, 5) fe'llarning tuslanishi. 
Asar ko'p tilli lugatdir. Unda arab leksikasi va grammatikasi materiallari forscha, ba 'zi 
nusxalarida xorazmcha, turkcha va mo'gulclui tarjimasi bilan berilgan. Mahmud Zamaxshariy o'z 
davrida so'zlarning ast ma'nosinigina berib qolmasadan, ularning ko'chma ma'nolarining ham 
mufassal keltiradi. Lug’at tuzilishi haqida tushuncha hosil qilish uchun quyidagi misollarni 
keliiramiz: 
Arabcha 
Forscha 
Turkiy 
Ma'nosi 
Ibil 
Shuturon 
Teveler 
Tuyalar 
Savr 
Gov 
Okuz 
Ho’kiz 
baqara 
Modagov 
Inek 
Sigir 
Mazkur lugat kitob o'sha davrda arab tilining iste'molda bo'lgan barcha so'zlarni, iboralarni 
qamrab oladi. Bu so'zlarning ma'nolari, etimologiyasi yetarli darajada keng sharhlanadi. 
«Muqaddimat ul-adab» fors tilidan tashqari, chigatoy (o'zbek), mo'gul, turk tillariga o'sha 
davrning dzida tarjima qilingan. 
Shuni alohida ta'kidlash joizki, arab tilidan boshqa tilga tarjima qilingan 2 tilli lugat 
Zamaxshariyga qadar yaratilmagan. Zamaxshariy Sharq lugatchiligi tarixida birinchi marta alifbo 
tartibida izohli lug`atlar tuzish bilan qanotlanmay, yana birinchi bo`lib ikki tilda lugat yaratdi, 
«Muqaddimat ul-adab» asarining chigatoy va mo`g`ul tillaridagi tarjima matni 1938 yilda 
N.N.Poppe tomonidan alohida kitob holida nashr etilgan. 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə