Bobur nomidagi andijon davlat universiteti


Mahmud Koshgariy va uning «Devonu lugotit turk» asari



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/36
tarix25.05.2022
ölçüsü0,72 Mb.
#87840
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi b

Mahmud Koshgariy va uning «Devonu lugotit turk» asari
. Mahmud ibn ul Xusayn ibn 
Muhammad al-Koshg'ariy turkiy xalqlar orasida etishib chiqqan birinchi qomusiy turkolog olim, 
uning tugilgan va vafot etgan yili noma'lum, tarjimai holiga oid bevosita tarixiy manbalar yo'q. 
Hozirga qadar tadqiqotchilar uning hayoti xususida «Devonu lugotit-turk» asari asosida va 
qoraxoniylar davri tarixiga oid boshqa manbalarga tayanib quyidagi taxminlarni bayon qilgan. 
Mahmud Koshgariy 1029-1038 yillar orasida Qoshg'arda tug'ilgan. Mahmud Koshgariy Buxoro, 
Nishopur, Samarqand, Marv, Bog'dod kabi shaharlarda tahsil ko’radi, arab tilini, arab filologiyasi 
sirlarini puxta o'rganadi. Lekin u umrini turkiy xalqlar va ularning tilini tadqiq etishga bag’ishlaydi. 
Mahmud Koshgariy ko’p yillar davomida to'plagan bu materiallar asosida «Devonu lugotit-
turk» («Turkiy so’zlar devoni») nomli uch jildlik asar yozadi. Bundan tashqari, uning yana bir asar 
yozgani ma'lum. Mahmud Koshg'ariyning «Kitobi javohir an-nahv Ji-t-lug'at at-turk» («Turkiy 
tillarning nahv (sintaksis) javohirlari») nomli ikkinchi asarida turkiy tillar sintaksisi ustida bahs 
yuritiladi. Biroq bu asar bizgacha etib kelmagan. 
M.Koshg'ariyning «Devonu lugotit turk» asari ikki qismdan iborat: 1) k i r i sh; 2) l u g' a t. 
Kirish qismida turkiy tillarning mavqei, lug'atning oldiga qoyitgan vazifalar, asarning mundarijasi, 
turkiy tillarda so'z tuzilishi va yasalishi, turkiy qabilalar va ular tillarining o’ziga xos xususiyatlari, 
tilda va lahjalarda bo'lgan so'zlar haqida fikr yuritiladi. 
Asarning lug'at qismi sakkiz bo’limdan iborat: 
1) hamzali so'zlar (boshida alif, vov, yoy harflari keladigan stfzlar) bo'limi; 
2) solim (tarkibida alif, vov, yoy harflari kelmaydigan so'zlar) btflim; 
3) muzoaf (tarkibida bir harfi ikki marta keladigan-takrorlangan so'zlar) bo'limi; 
4) misol (boshila, o'rtasida yoki oxirida alif, vov, yoy harflaridan biri kelgan so'zlar) bo'limi; 
5) uch harfli so'zlar bo'limi; 
6) to'rt harfli so'zlar bo'lim; 
7) g'unnalar (tarkibida btirun tovushlari keladigan so'zlar) bo'limi; 
8) tarkibida ikki undosh qator kelgan so'zlar bo'limi. 
Lug'atning shu tartibda tuzilishi arab leksikograjlyasi an'analariga mos edi. Muallif lug'at 
tuzishda mashhur arab tilshunosi Halil ibn-Ahmadning «Kitob-ul-ayn» lug'atiga asoslanganini 
alohida ta'kidlaydi. 
Mahmud Koshg'ariy turkiy tillar qurilishini tasvirlashda qiyosiy metoddan foydalanib
tilshunoslikda qiyosiy-tarixiy metodning asoschilaridan biri bo’ldi. U turkiy tillarning leksikasini, 
morfologiyasini va fonetikasini bir-biriga qiyoslab, ular orasidagi o'xshash va farqli tomonlarni 
ko’rsatdi. Bu faktlarni izohlashda tarixiy aspektga yondoshadi. 
Lug'atda turkiy tillar leksikasiga mansub 7500 so'z izohlangan. O'sha davrdagi taomilga 
ko'ra, turkiy so'zlarga arabcha izoh beriladi. Shuning uchun ham M.Koshg'ariy «Tushunilishi oson 
bo'lsin uchun asarda arabcha istiloh (termin)lar qo'lladim», -deydi. 
Mahmud Koshg'ariy til faktlari asosida qabilalarning bir-biriga bo'lgan munosabatlarini 
ko'rsatadi va o'sha davrdagi iqtisodiy, ijtimoiy sharoitlar asosida qabilalarning bir-birlari bilan birika 
boshlashi natijasida yuzaga kelgan xalq tilimng ilk davri materiallaridan numunalar keltiradi.U 


21 
o’zbeklar, qozoqlar, qirg'izlar, turkmanlar, uyg'urlar, tatarlar va boshqa xalqlarning qadimgi 
qabilalanni hamda ularning qadimgi sodda tillaridagi so'zlarning qaysi xalq va qabila tiliga oid 
ekanligini izohladi. Shu nuqtai nazardan lug'atdagi so'zlarni bir necha guruhga ajratish mumkin. 
Hamma turkiy tillarda qo'llanadigan so'zlar: ish, esh, yol, bosh, boy kabilar. Bu so'zlar fonetik 
variantlari bilan farqlansa-da, bir xil shakl vama'noda ishlatiladi. 
Bir xil shakl va ma'noda bir necha turkiy tillarda qo'llaniladigan so'zlar: bol (suvor va 
qipchoq tilida asl ma'nosida), suzgaq (arg'u va qipchoq tilida cho’mich ma'nosida) kabilar. 
Muayyan xalq, qabila tiliga oid so'zlar: gejak-kokil (arg'u tilida), o'tunch-qarz (o'guz tilida), 
qaraqlamoq-tfg'irlamoq, taiamoq (yag'mo tilida), tunak-qamoqxona, zindon (barsag'on tilida), sugut-
suzma (qarluq tilida) kabilar. 
Bu haqda Mahmud Koshg’ariy shunday yozadi: «Men turklar, turkmanlar o'g'uzlar, chigillar, 
yag'molar, qirgizlarning shaharlarini, qishloq va yaylovlarini ko'p yillar kezib chiqdim, lug'atlarini 
ttfpladim, turli xil so'z xususiyatlarini o'rganib, aniqlab chiqdim. Men bu ishlarni til bilmaganim 
uchun emas, balki bu tillardagi har bir kichik farqlarni ham aniqlash uchun qildirn. Vlarni har 
tomonlama puxta bir asosda tartibga soldim». 
Mahmud Koshg’ariy o'zlashma so'zlarga ikki xil munosabatda bo'ladi: 1) Kundalik 
turmushda qo'llanadigan turli xil narsalar borki, ular hayotga singib ketgan. Vlarni nomlovchi so'z 
tilda bo'lmasa, bunday so'zni qo'shni tildan olish mumkin. 2) Tilda mavjiid so'zlar o'rnida boshqa tit 
so'zini qffllash zararli deb hisoblaydi. B

fikrga asoslanganimizga 
bilge, bitig, uragut
kabi turkiy 
so'zlar o'rnida arabcha olim, kitob, ayol kabi so'zlarni qabul qilmasligimiz kerak. 
Mahmud Koshg’ariy o'zlashtirma so'zlarni ham e'tibordan chetda qoldirmadi. Masaian, qarit 
(o'g'irlash, talash) so'zini u turkman tiliga arab tilidan o'zlashgan deb taxmin qiladi. Shu bilan birga, 
Mahmud Koshg’ariy turkiy tillardan boshqa tillarga o'zlashgan so'zlarga ham to'xtalib o'tadi. «Paxtali 
to'n» ma'nosidagi yolma so'zi haqida it shunday deb yozadi: «Forslar buni turkiy xalqlardan olib 
yalma shaklida talaffuz qiladilar. Arablar forslardan olib yolmoq shaklida qo'llaydilar. Hech kirn bu 
so'zni turklar forslardan olgan deb da'vo qila olmaydi. Chunki men bu so'zni eng qirg'oq chegaralarda 
yashovchi oddiy turk xalqlaridan ham eshitganman. Bular boshqa xalqlardan ko'ra, bu xil yomgir 
elpig'ichiga muhtojroqdirlar. Chunki bularning yurtida qor, yomgir ko'pdir» 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə