Bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/36
tarix25.05.2022
ölçüsü0,72 Mb.
#87840
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi b

Peterburg maktabi
. Peterburg universitetida usmonli turk tili sohasi boyicha birinchi 
professor Osip Ivanovich Senkovskiy (1800-1858) "Карманнная книга для русских воинов в 
турецких походах” (Turk poxodidagi rus askarlari uchun cho’ntfk kitobi") (1828-1829) nomli 
asarini yaratgan, bunda turki xalqlar hayotiga, etnografiyasiga oid ma'lumotlar berilgan. 
Lazer Zaxarovich Budagov (1802-1879) 1869 yilda 2 tomdan iborat "”Сравнительный 
словарь турецко-татарских наречий” ("Turk-tatar lahjalarining qiyosiy lugati") nomli lug'at 
yaratdi, bu lugatda so’zlar o'zaklar do’yicha joylashtirilgan. “Туркий лаҳжаларнинг қиёсий луғати 
(1869-71) 2 томли луғат. Vasiliy Dmitrievich Smirnov (1846-1922) "Образцовые произведения 
османской литературы” ("Usmon adabiyotining namunali asarlari"),"Очерки истории турецкой 
литературы» ("Turk adabiyoti tarixi ocherklari"). 
Platon Mixaylovich Melioranskiy (1868-1906)ning turkolog sifatidagi faoliyati serqirra 
bo’lib, quyidagi to’rt mavzuga birlashadi: 1. Jonli turkiy tillariga old ishlar; 2. Turkiy yozma 
yodgorliklarga oid ishlar; 3. Rus tiliga o'zlashgan turkiy unsurlar haqidagi tadqiqotlar; 4. Turkiy 
xalqlar folkloriga doir ishlar; P.M.Melioranskiyning lingvistik qarashlari G.Paulning «Til tarixi 
printsiplari" asari ta'sirida shakllangan bo'lib, u muayyan tilini o'rganishda og'zaki so’zlashuv nutqi 


34 
bilan yozma nutqni farqlash printsiplariga amal qiladi. Bu ilmiy printsip olimning 
«Краткаяграмматикаказак-киргизскогоязыка» («Qozoq-qirg'iz tilining qisqacha grammatikasi») 
(1894-1897) asarida yaqqol ko'rinadi. 

qadimgi 
turkiy 
yozma 
yodgorliklarni 
o'rganishga 
oid 
1899 
yilda 
"ПамятниквчестьКюльтегина»" ("Kultegin yodgorligi"), 1900 yilda esa turkiy tillarga oid "Араб-
филологотурецкомязыке» 
("Arab-filolog 
turk 
tili 
haqida"), 
1904 
yilda 
"Араб- 
филологомонгольскомязыке ("Arab-filolog mo'g'ul tili haqida") kabi asarlar yaratdi. 
«Турецкиеэлементывязыке «СловоополкуИгореве», «Втораястатьяотурецкихэлементахвязыке 
«СловоополкуИгореве», 
«Заимствованныевосточныесловаврусскойписьменностидомонгольскоговремени» 
kabi 
asarlarida turkiy tillardan rus tiliga o'zlashgan 45 ta so'zni tahlil qilgan. 
Matvey Xristianovich Kastren (1813-1852) ugor-fin tillari mutaxassisi edi. Shu bilan birga 
turkiy 
tillar 
bilan 
ham 
shug'ullandi. 

1857 
yilda 
"Опытизучениякойбальскоготкарагасскогоязыков» nomli asarida nemis olimi A.Shott asos 
solgan Ural-Oltoy nazariyasini rivojlantirdi va ugor-fin, samodiy, turkiy, mo'g'ul, tungus va manjur 
tillarining qarindoshligi g'oyasini isbotlashga harakat qildi hamda bu tillarni qiyoslab o’rganish 
an'anasini belgilab berdi. 
Otton Nikolaevich Betlingk (1815-1904) turkologiyaga oid hammasi bo'lib 6 ta, ya'ni yoqut 
va usmonli turk tiliga oid maqolalar yozdi. Shunindek, u «Оязыкеякутов» (ayrim manbalarda 
«Грамматикаякутскогоязыка») nomli asari bilan mashhur.O.N.Betlingkning yoqut tili haqidagi 
asari 4 qismdan iborat: 1) kirish: 2) grammatika: 3) yoqutcha matnlar: 4)yoqutcha-nemischa lug'at. 
Asarning 
«Оязыкeякутов. 
Опытисслeдованияотдeльногоязыкавсвязиссоврeмeннтымсостояниeмвсeобщeгоязыкознания» 
nomli kirish qismida tillarning morfologik tasnifi haqida o`z qarashlarini yoritdi hamda Yevropa 
tilshunoslarining tillarini agglyutinativ va flektiv tillariga ajratish haqidagi qarashlariga qarshichiqdi. 
Bunga har ikki tipdagi tillarda agglyutinativlik va flektivlik xususiyatlari uchrashishni asos qilib oldi. 
Asarning "Grammatika" qismi "Fonetika", "Morfologiya", "Sintaksis" kabi uch qismdan 
iborat. U yoqut tili tovushi tizimi 8 unli va 21 undoshdan iboratligini, bu titda singarmonizm qonuni 
amal qilishini aniqladi: yoqut tili uchun maxsus alfavit yaratdi. Asarning morfologiya bo'limida 
muallif yoqut tilidagi so'zlarni besh turkumga ajratdi: 1) otlar; 2) sonlar; 3) olmoshlar; 4) fe'llar; 5) 
o'zgarmaydigan so'zlar. V fe'lni keng tahlil qildi. Bu asar haqida yoqut tilshunosi Ye.I.Ubryatova 
«Очеркисторииизученияякутскогоязыка» nomli asarida morfologiya bo’limi yoqut tili 
morfologiyasining haqiqiy entsiklopediyasi deb baholaydi. Asarning lug'at qismida 4600 dan ortiq 
so'z izohlangan. Bu yoqut tili leksikografiyasining birinchi namunasidir. 
ВасилийВасильевичРадлов(1837-1918) mashhur turkolog olim. U Berlinda tug'ilgan.. 
V.V.Radlov Fronts Bopp, Geyman Shteyntalng kabi mashhur Yevropa tilshunoslaridan ma'ruzalar 
eshitdi. Keyinchalik V. Shottdan tatar, mo'g'ul va manjur tillarini o’rgandi. 
V.V.Radlovning faoliyati serqirra bo’lib, uni quyidagi sohalarga o'rganish mumkin: 
1. Turkiy xalqlar folkloriga old izlanishlar. 2. Turkiy tillarga oid tadqiqotlar.3. Qadimgi turkiy 
yodgorliklarga doir tadqiqotlar. 
Qozoq, 
qirgiz, 
uygur, 
qrim-tatar 
xalqlari 
folklariga 
oid 

tomli 
"Образацынароднойлитературытюркскихплемен" asarini yaratdi. Asar ikki qismdan iborat bdlib, 
1)Fonetika, 2) Morfologiya deb nomlanadi."Fonetika" qismida 20 dan ortiq turkiy tillarning unli va 
undoshlar tizimi, singartnonizrn hodisasi keng tavsiflangan. 
"Morfologiya" qismda V.V.Radlov turkiy agglyutinatsiya va turkiy tillarga xos affikslarning 
paydo bo'lishi haqidagi fikrlarini izchil va keng yoritgan. 
Shuningdek, V.V.Radlov mashhur leksikograf hisoblanadi. 1893-1911 yillarda uning 
"Опытсловарятюркскихнаречий" (Туркийлаҳжалар луғати тажрибаси” nomli asari kichik-kichik 
24 kitobcha shaklida nashr etilgan. Asarda taxminan 70 ming lugaviy birlik izohlangan. 
Qadimiy turkiy yozma yodgorliklar tilini o'rganish V.V.Radlov faoliyatining muhim qirrasini 
tashkil etadi. Daniyalik olim V.Tomsen Urxun-Enasoy yodgorliklarini o'rganishni boshlagan bo'lsa, 
bu manbalarni rus olimlardan birinchi bo'lib, V.V.Radlov o’rgandi va 1897 yilda qadimgi turkiy 
yodgorliklarni "Yangi nashri"ni e'lon qiladi. Unda qadimgi turkiy tilning fonetikasi, morfologiyasi va 


35 
sintaksisi haqida boy ma'lumotlar bergan. A.N.Kononovning ta'biri bilan aytganda, V.V.Radlov 
o'z tadqiqotlari bilan yangi turkologiya maktabini yaratadi. 
Aleksand Mixaylovich Shcherbak. 1.Turkiy tillar fonetikasi va fonologiyasi. 2. Turkiy tillar 
grammatikasi (morfologiya, sintaksis). 3. Turkiy tillar leksikasi. 4. Runologiya. 5. Oltoyshunoslik 
(oltoy tillarining turkiy tillarga qon-qarindoshligi yoki kontakt natijasida yaqinlashgani)muammolari. 
6. O‘zbek tili tarixi masalalari. 7. Yozma yodgorliklarni nashrga tayyorlash. 8. Turkiyshunoslik, 
jumlandan, o‘zbek tilshunosligi bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlash. 
Aleksandr Mixaylovich Shcherbak oltoy nazariyasi bo‘yicha o‘zining mustaqil fikriga ega 
bo‘lgan olim edi. U boshqa turkiyshunoslardan farqli o‘laroq, shu sohaga oid barcha asarlarida 
“Turkiy va mug‘ul tillari o‘zaro qarindosh emas, ulardagi leksik o‘xshashlik uzoq davom etgan 
aloqalar natijasi”,-degan fikrning asoschisi bo‘ldi va bu nazariyani umrining oxirigacha isbotlashga 
harakat qildi. 
O‘zbek tilining manbashunosligi, fonetikasi va gramatikasi yuzasidan chuqur izlanishlar olib 
bordi. 60-yillarning oxirida uyg‘ur yozuvida bitilgan XIY-XY asr yodgorligi hisoblangan 
“O‘g‘uznoma” va “Muhabbatnoma” asarlarini nashr ettirdi. Shuningdek, u “X-XII asarlar Sharqiy 
Turkiston yodgorliklari tilining grammatik ocherki”, “Eski o‘zbek tili grammatikasi” 
monografiyalarini yaratdi va nashr ettirdi. Bu asarlar til tarixi, adabiyot tarixi bo‘yicha bugungacha 
noyob manba sanalib keladi. Ular keyinchalik o‘zbek tilida yaratilgan darsliklarga zamin bo‘ldi. 
O‘zbek tilshunosligiga alohida e’tibor bilan qaragan olim faxr bilan:”O‘zbekiston mening 
ikkinchi ona yurtim”, - deyishini uning shogirdlari tomonidan ta’kidlanib turadi. 2008 yil 28 
yaevarda Sankt-Peterburgda vafot etgan.
Sergey Yefimovich Malov (1880-1957). Ilmiy faoliyatining asosiy yo`nalishlaridan biri 
qadimgi turkiy yozma yodgorliklarni filologik va lingvistik o`rganish edi. «Образцы древне-
турецкой письменности, с предисловием и словарем» (1926). «Памятники древнетюркской 
письменности» (1951), «Енисейская древнетюркской тюрков. Тексты и переводы».(1952), 
«Памятники древнетюркской письменности Монголии и Киргизии»(1959). Ilova qismida 4000 
tacha so‘z izohlangan. 
Aleksandr 
Nikalaevich 
Samoylovich 
(1880-111938)tilshunoslik, 
adabiyotshunoslik, 
etnografiya, tarix fanlari bo‘yicha asarlar yaratgan. “Опыт краткой крымско-татарской 
грамматики 
(1916), 
“Краткая 
учебная 
грамматика 
османско-турецкого 
языка” 
(1925)kabiasarlarinashrqilingan. 
Chig‘atoy adabiy tili taroixini uch darga bo‘ladi: 1) chig‘atoy adabiy tilining “oltin davri” 
(XY-XYI); 2) chig‘atoy adabiy tili krizisi (XYII-XYIII)j 3) chig‘atoy adabiy tilining qayta 
jonglanishi ( XIX asr va XX asr). U chig‘atoy adabiyotida noma va tuyuq janrlarining shaklanishi va 
rivojlanishi masalari bilan ham shug‘ullangan. 
Vladimir Mixaylovich Nasilov «Yazыk Orxun-Eniseyskix pamyatnikov» (1960), «Drevneuy-
urskiy yazыk» (1963). G.Aydarov. O‘rxun yodgorliklari tili yuzasidan «Yazыk Orxunskix 
pamyatnikov drevneuy-urskoy pismennosti VIII veka». (Alma-ata. 1971). 1969 yilda 20000 sщzni 
щz ichiga olgan «Drevnetyurkskiy slovar» izohli lug‘ati nashr etilgan.
Aleksandr Konstantinovich Borovkov (1904-1962). Eski o‘zbek adabiy tilining shakllanishi 
va rivojlanishi muammolarini uch yo‘nalishda o‘rgandi: 1) Navoiy asarlarini tilining tahlili; 2) 
Navoiydan oldin yaratilgan yozma manbalar tilining tahlili; 3) eski o‘zbek (chig‘atoy) tili bo‘yicha 
yaratilgan lug‘atlar va filologik asarlar tahlili. 
A.N.Kononov Alisher Navoiyning “Mahbubul qulub” asarini, Abulg‘ozi Bahodirxonning 
“Shajarai tarokima” asarini nashr etdi. “Грамматика узбекского языка” (1948), “История 
изучения тюркских языков в России” (1972), “Очерк истории изучения турецкого 
языка”(1976) asarlar muallifi. U usmonli turk tili yuzasidan olib borgan tadqiqotlari asosida 1934 
yil X.Javdatzoda bilan hamkorlikda “Грамматика современного турецкого языка”asarini nashr 
ettirdi, “Грамматика турецкого языка” (1941). Asari maydonga keldi. 
Nikalay Konstantinovich Dmitriev (1898-1954). “Фонетика гагаузского языка” (1932), 
“Материалы пл фонетике кумыкского языка” (1936), “Указательные местоимения в османскоя 
языке” (1926), “О парных словосочетаниях в башкирскоя языке” (1930), “Наречия места в 
турецкая языке” (1914), “Синтаксис балкарского языка” (1940-1941), “Грамматика кумыкского 
языка” (1940), “Грамматика башкирского языка” (1949). U gagauz tili leksikasini qiyosiy-


36 
tipologik va genetik tamoyillar asosida tahlil qildi: gagauzcha so`zlarning usmonli turkcha so‘zlardan 
semantik farqlarini ko‘rsatdi, gagauz tiliga boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlarni tavsif etdi.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə