Bog’lanmay boqiladigan qoramollarga mo’ljallangan molxona. Shundan: Tirik vazni 600 kgli 10 L sut beruvchi 60 bosh sigirlar


\FERMALAR UCHUN JOY TANLASH VA MOLXONANING O’LCHAMLARINI NORMATIV ASOSIDA XISOBLASH



Yüklə 162,35 Kb.
səhifə2/9
tarix24.12.2023
ölçüsü162,35 Kb.
#160191
1   2   3   4   5   6   7   8   9
\FERMALAR UCHUN JOY TANLASH VA MOLXONANING O’LCHAMLARINI NORMATIV ASOSIDA XISOBLASH.
Fermalar va alohida chorva binolarini qurishda joy tanlash zoovet mutaxasislari ishtirokida komissiya saylanadi. Joy tanlashda eng asosiysi bo’lib fermani suv, eliktroenergiya bilan ta’minlash ozuqa keltirish va mahsulot chiqarish yo’llarini qulayligiga alohida e’tibor berishi kerak, binoni qurishda shu yerning iqlimi sharoitiga, hayvonlarni bosh soniga qaraladi. Tanlangan joy veterinariya sanitariya jihatidan xavfsiz bo’lishi tuproq tuzilishi, quruq va yutuvchan bo’lishi shamol esish yo’liga qaralishi kerak. Yer osti suvi poydevordan kamida 1 litir chuqurlikda bo’lishi kerak.
Ferma teritoriyasi tekis yoki salqin bo’lsa yomg’ir, qor suvlari yig’ilmasdan oqib ketadi. Ferma loyihalanganda va alohida binolar qurilganda texnik xavfsizligi, yong’in va sanitariya qoidalariga zid bo’lmasa asosiy binolar poydevoriga va yoniga zich qilib qo’shimcha binolar qurilsa ancha yaxshi bo’ladi. Ozuqa sexi shamol esish tomoniga qarshi va fermaga qurish joyiga quriladi. Yoz vaqtlarida hayvonlarni issiqdan saqlash uchun soyobonli ayvonlar jihozlar va daraxtlar o’tqazish cho’milish havzasi qurish kerak.
Fermalar yo’nalishiga qarab .

  1. Naslchilik fermasi.

  2. Tovar fermalari.

  3. Yosh erkak va urg’ochi mollarni yetkazish fermalari.

  4. Bo’rdoqichilik fermalari.

Chorvachilik va veterinariya inshoatlari texnalogiyani loyihalash meyorlari asosida qurilishi shart. Binolarni qurishda qurilish xossalari sharoiti, chidamliligi, issiq va sovuqni o’tkazuvchanligi katta ahamiyatga ega. Qurilish materiallarining turi: yog’och, tosh, keramika, suniy beton, qamish, somon poxol, paxsa, pishiq g’isht, xom g’isht va boshqalar.
Loyiha asosida molxonalar qurish uchun quyosh nuri yaxshi tushadigan tekkis, quruq qiyaligi 100-200 bo’lgan, tanlangan joy suv bilan yaxshi taminlashda shamol yo’nalishi bo’yicha axoli yashaydigan punktlardan keyin joylashtirish zarurdir.
Molxonalar eski go’ngxonalar, qoramollar o’ligi ko’milgan joylar va noto’g’ri xomashyo ishlatilgan hamda eski chorvachilik binolari joyida qurilmasligi kerak. Chorvachilik fermalari aholi yashamaydigan punktlar orasida ma’lum sanitariya oralig’i bo’lishi kerak, sutchilik fermalari 100-500m.
Molxonaning o’lchamlarini hisoblashda har bir bosh hayvon uchun olingan joy normativlari e’tiborga olinib molxonalar quyidagicha hisoblanadi. 90bosh qoramol uchun molxona qurib seksiyalarga joylashtiramiz. Normativ bo’yicha bir bosh qoramolga 4-5m2 joy olinadi. 1 bosh uchun 5 m2 joy olsak, jami 90 bosh uchun x 5 m2 =450m2 joy olinadi. Molxonada qo’shimcha binolar ham bo’lishi zarur. Qo’shimcha binolar uchun jami hayvonlar uchun olingan joyning 15-20% miqdorda joy ajratiladi.
450m2 _____100%
X _______ 20%

Shunday qilib jami molxona uchun 450m+90m=540m2 joy ajratiladi. Molxonada hayvonlar seksiya qilib joylashtirilsa molxon eni DTS bo’yicha 10m ga to’g’ri keladi. Bu paytada molxonaning uzunligi 540/10=54m ga to’g’ri keladi. Shunday qilib 90 bosh qoramol uchun uzunligi 54 m eni 10m bo’lgan molxona qurish zarur.

Yüklə 162,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə