Bog’lanmay boqiladigan qoramollarga mo’ljallangan molxona. Shundan: Tirik vazni 600 kgli 10 L sut beruvchi 60 bosh sigirlar



Yüklə 162,35 Kb.
səhifə7/9
tarix24.12.2023
ölçüsü162,35 Kb.
#160191
1   2   3   4   5   6   7   8   9
II. Qto’siq=Δtx(∑KF)= Molxonadagi to’siqlarni issitish uchun sarflangan issiqlik miqdori topiladi. Buning uchun binodagi to’siqlar yuzasi aniqlanadi.
a. Polning yuzasi Spol=54x10=540m2
b. Shift Sshift=54x10=540m2
d. Deraza S deraza=(1,2x1)*45=54m2
e. Eshik X=(2,5*2)*4=20m2
v. Umumiy devor Xum=(54*2+10*2)*3=108*3=384m2
Sof devor yuzasiXsofdev=Xum-(Xesh+Xd)=384-(20m2+54m2)=384m2-74m2=310m2

To’siqning
nomi.

To’siqning yuzasi, M2

To’siqning issiqlik o’tgazuvchanlik koeffisienti,K

To’siqning umumiy issiqlik o’tgazuvchanligi, ∑

Pol

540

1.10

594

Shift

540

0.39

210,6

Deraza

54

5

270

Eshik

20

4

80

Sof devor

310

0.70

217

13%

____

____

73,7

Jami

____

____

1445,3

O‘zbekiston sharoitida qishning sovuq paytlarida eshik, deraza va sof devorning issiqlik o‘tkazuvchanligi 13% ga ko‘payadi. 270+80+217=567kkal/s

Molxonadagi jami to’siqlarni isitish uchun quyidagi miqdorda issiqlik sarflanadi Qto’siq =Δtx(∑KF) = 10 x 1445,3= 14453 kkal/s
III. Qnam=Wбx 0,595 poldan ko’tarilgan qo’shimcha namlikni isitish uchun sarflangan issiqlik miqdori topiladi.
Poldan ko’tarilgan qo’shimcha namlik –10% = 4434 g/soatga teng
Qnam= 4434*0.595= 2638 kkal/sissiqlik sarflangan.
IV. Hosil bo’layotgan va sarflanayotgan issiqlik orasidagi farq topiladi. Bu farq zoogegeyenik me’yorda 10% dan oshmasligi kerak.
Дф= Qж= ( Qvent + Q to’s + Q nam ) = 66450 -( 43400 + 14453 + 2638 ) = 66450 – 60491 = 5959 kkal/s.
V. Molxonadagi ,, 0 “ balans aniqlanadi. Bunda quydagi formuladan foydalaniladi:

VI. Molxonaning ichki harorati aniqlanadi:
T0ichki = dt0nul - T0tashqi = 10,70C-20C =8,70C
Demak molxonaning ichki harorati 6,820C emas balki 8,70C gat eng ekan.
VII. Nisbiy namlikni hisoblaymiz:

Xulosa
Normativ bo’yicha nisbiy namlik 80 % dan oshmasligi kerak. Molxonlarni isitish - issitilmaydigan molxonalar haroratini hayvonlar tamonidan ajratib chiqariladigan issiqlik hisobiga ishlab turadi. Biz molxonani ishitish uchun va nisbiy namlikni me’yorga keltirish uchun kaliforn pechlaridan foydalanimiz, tajriba shuni ko’rsatadiki yaxshi qurilgan molxonalarda mollar ajratilgan issiqlik hisobiga ham zoogigiyenik me’yorda haroratni ushlab turadi.


GO’NGNI HISOBLASH VA GO’NGXONA QURISH
Hayvonlar tamonidan ajratilayotgan go’ng xalq xo’jaligida mahalliy o’g’it sifatida ishlatilib kelingan go’ngning tarkibida o’simliklar uchun zarur bo’lgan azot 42 – 43 % ga yetadi. Ammo go’ng tarkibida har xil begona o’tlarning urug’lari yuqumli va invazion kasalliklarning chaqiruvchilari zamburug’lar hashoratlarning tuxumlari juda ko’p bo’ladi, shuning uchun hayvonlar tamonidan ajratilayotgan go’ng to’g’ri saqlansa zararsizlantirilsa kasaliklarning tarqaluvchisi bo’lib qolmaydi ya’ni teskari holda kasalliklarni asosiy manbai bo’lib qoladi.
Molxonadagi hayvonlar tamonidan ajratilgan go’ng quydagi usullarda aniqlanadi:
1. Sovuq usul – bu usulda kunlik chiqarilayotgan go’ng jipslab bosib boriladi. Bunda go’ng orasida anaerob sharoit vujudga keladi. Go’ng orasidagi harorat +300C-350C gacha ko’tariladi. Bu haroratda mikroblar gelmentlar va ularning tuxumlari begona oilalarning urug’lari o’sish va rivojlanishdan to’xtamaydi. Ammo azotli moddalar miqdori 40 % dan ko’proq bo’ladi, lekin go’ngning sifati past bo’ladi.
2. Issiq usul- bu usulda kunlik chiqarilayotgan go’ng 4-5 kun davomida zichlanmaydi. Buning natijasida go’ng asosida aerob sharoit vujudga keladi. Harorat go’ng orasida +600C -700C gacha ko’tariladi. 5-6 kundan so’ng go’ng zichlanib ustidan ikkinchi qavat tashlanadi. Bundan go’ngning sifati yaxshi bo’lib moddalar miqdori sovuq usulga nisbatdan 10-15 % gacha ham bo’ladi, biroq bu usulda gelmentlar va ularning tuxumlari begona oilaning urug’larining asosi nobud bo’ladi. Shunday qilib xo’jaliklarda issiq usulda go’ngni saqlash veternariya nuqtayi nazardan katta ahamiyatga ega.
Chorvachilik fermalarida go’ngxonalar 2 xil usulda quriladi:

  1. Yer ustida nam o’tkazmaydigan maydonlarda quriladi. Go’ngxonaning chekka balandligi 25-30sm ko’tarilgan bo’ladi.

  2. Kotlovan tipidagi go’ngxona. Bunda kotlavanning chuqurligi 0.5-1m bo’ladi.




  1. Limmerman usul - bu usulda bir sutkada bir tonna og’irlikdagi hayvonlarning ajratgan go’nggi quyidagi formula bo’yich aniqlanadi:

X=(24/2+n)*4
X= 1 ta og’irlikdagi hayvonlarning bir sutkada ajratgan go’nggi
24/2- 1 t og’rlikdagi hayvonlar 1 sutkada 24 kg quruq ozuqa esa shuning 50% tezak bo’lib ajraladi.

  1. Teriturik usuli – bu usulda hayvonlarga normal ozuqa beriladigan va to’shama to’shalganda bir sutkada 1 tonna og’irlikdagi hayvonlar qancha go’ng ajratishi aniqlanadi.

1 yilda 1bosh hayvon quyidagi miqdorda go’ng ajratishi aniqlangan
Qoramollar - 10t
Qo’ylar - 0.5-0.7t
Ot lar - 7t
Cho’ch - 1.2 t
Tovuq - 5.5 kg
O’rdak - 8.5kg
G’oz - 1m11kg
Go’ngxonaning o’lchamlarini hisoblash paytida 1m3 hajmdagi go’ng qancha og’irlikka ega ekanligi e’tiborga olinadi.

  1. Yangi go’ng bo’lsa -300-400kg

  2. Zichlangan go’ng bo’lsa -700 kg

  3. Yarim chirigan go’ng bo’lsa -800kg

  4. To’liq chirigan go’ng-900kg


Yüklə 162,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə