Bog’lanmay boqiladigan qoramollarga mo’ljallangan molxona. Shundan: Tirik vazni 600 kgli 10 L sut beruvchi 60 bosh sigirlar


FERMANI SUV BILAN TA’MINLASH VA SUVGA BO’LGAN TALABINI HISOBLASH



Yüklə 162,35 Kb.
səhifə3/9
tarix24.12.2023
ölçüsü162,35 Kb.
#160191
1   2   3   4   5   6   7   8   9
FERMANI SUV BILAN TA’MINLASH VA SUVGA BO’LGAN TALABINI HISOBLASH.
Hayvonlarni vaqtida sug’orish hayot uchun zarurdir. Vaqtida sug’ormaslik, kam suv berish, yomon sifatsiz suv berish hayvonlarning mahsuldorligini pasaytiradi. Suvga bo’lgan talabni hosil bo’lishi va uni yo’qotish reflektor hamda gumoral reflektorlarga bog’liq. Hayvonlarni suvga bo’lgan talabi ularni turiga, yoshiga, maxsuldorligiga, ozuqlantirish harakteriga, tabiiy iqlim sharoitiga, hayvonnig individual talabiga bog’liq bo’ladi. Yosh organizmda modda almashishi intinsiv borishi tufayli suv ko’p iste’mol qiladi. Demak suvni yetishmasligi yosh molni o’sishiga katta ta’sir qiladi. Ozuqa yetsa ham suv yetmasa o’sish sekinlashadi. Sog’iladigan sigirlar ko’p suv iste’mol qiladi. Malumki 12 litir sut beradigan sigir sutkasiga 35-40 litr, 20-25l sut bersa 110 litr suv ichadi. Hayvonlarni suvga bo’lgan talabi ularning iste’mol qilayotgan ozuqasiga ham bog’liq bo’ladi. Suv aholi sanoati va qishloq xo’jaligi ehtiyojini qoplash yong’inga qarshi kurash va boshqa ishlarni ta’minlashda ishlatiladi. Qishloq xo’jaligini suv bilan ta’minlashda hamma turdagi xo’jaliklar va tuman hududidagi ishlab chiqarish korxonalarini hammasi kiradi. Suv bilan ta’minlashga quyidagilar kiradi.

  1. Markazlashtirilgan.

  2. Markazlashtirilmagan.

  3. Aralash ta’minlash.

Suv inshoatlarini qurishda yong’inga qarshi sarf bo’ladigan suvni hisoblab shunga yana 30 % qo’shib ko’riladi. Suvga bo’lgan talab sanitariya normasi (CN 267-63 talabi bo’yicha) hisoblanadi.
Aholi yashash joylarida yong’inga qarshi suv me’yori quyidagicha hisoblanadi:
Aholi 500 kishi bo’lsa 5 l/sek 5000-10l/sek, 20000-15l/sek,
Chorva fermalarida 300bosh ga 2.5l/sek, 300-500 boshga 5l/sek 500 dan ko’pga 10l/sek.

Hayvonlarni suvga bo’lgan talabi quyidagicha:


Sigirlar-----------------------------------80litr
Buqa va g’unajinlar--------------------50 litr
Buzoqlar---------------------------------20-30 litr
Ishchi otlar------------------------------60 litr
Baytallar---------------------------------80 litr
Ayg’irlar---------------------------------70 litr
Qo’ylar-----------------------------------30-40litr
Cho’chqalar-----------------------------50-60litr.
Parrandalar------------------------------1 litr
Tulki-------------------------------------7 litr
Quyon-----------------------------------3 litr
Vetirinariya davolash joylarida bir katta molga 160 litr, maydasiga 80 litr kerak.
90 bosh qoramollarga suv bilan ta’minlash uchun 80 l x 60 bosh =4800 litr suv kerak bo’ladi. G’unojinlar uchun esa 30 bosh x 50 litr= 1500 litr demak 4800+1500=6200 litr. Yong’in xavfsizlikgi uchun suv miqdorini 15-20% ajratiladi
6200 - 100
X - 15%

90 bosh mollarni suv bilan ta’minlash uchun
6200 l + 930 l = 7130l suv kerak bo’ladi bir kunlik meyor,
1oylik esa 7130 x 30kun =213900litr yoki 213,9 tonna,
6oylik esa 213900 x 6oy = 1283400 litr yoki 1283,4tonna,
1yillik esa 213900 x12oy = 2566800litr yoki 2566,8 tonna suv kerak buladi

Yüklə 162,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə