Bog’lanmay boqiladigan qoramollarga mo’ljallangan molxona. Shundan: Tirik vazni 600 kgli 10 L sut beruvchi 60 bosh sigirlar


MOLXONADAGI YORUG’LIKNI HISOBLASH VA YORUG’LIKNING AHAMIYATI



Yüklə 162,35 Kb.
səhifə4/9
tarix24.12.2023
ölçüsü162,35 Kb.
#160191
1   2   3   4   5   6   7   8   9
MOLXONADAGI YORUG’LIKNI HISOBLASH VA YORUG’LIKNING AHAMIYATI.
Yorug’lik yuqori biologik ta’sirga ega bo’lib chorva mollari va parrandalar organizmiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Molxonalar va parrandaxonalarni yetarli miqdorda yorug’lik bilan ta’minlanishi ko’pchilik kasalliklarni oldini olishda muhim faktor hisoblanadi. Misol uchun agar yorug’lik miqdori yetarli bo’lmasa katta yoshli hayvonlarda ostomolyatsiya (suyaklarni mortlashishi ) kassaligi yosh hayvonlarda esa raxit kasaligi kelib chiqadi. Chorvachilik binolari va parrandaxonalarda tabiiy va sun’iy yorug’lik miqdorlarini aniqlash amaliyotida muhum ahamiyatga ega hisoblanadi.
Tabiiy yorug’lik quyidagi usullar orqali aniqlanadi:
Geometrik usul - bu usul juda oddiiy usul bo’lib chorvachilik binolarida loyihalashtirish davrida ishlatiladi. Bu usulda yorug’lik koeffisenti aniqlanadi. Yorug’lik koeffisenti deb oynalangan deraza yuzasidan tushayotgan yorug’likning pol yuzasiga bo’lgan nisbatiga aytiladi.
Yorug’lik koeffisentining me’yorlari quyidagilar:

  1. Qoramollar uchun 1:10 1:15

  2. Qo’ylar uchun 1:20

  3. Yilqilar uchun 1:10 1:15

  4. Cho’chqalar uchun 1:10

  5. Parrandalar uchun 1:10 1:12

  6. Mo’ynali hayvonlar uchun 1:10 1:13

  7. Bo’rdoqiga boqiladigan hayvonlar uchun 1:25 1:30

Misol: 90 bosh qoramol, molxona uzunligi 54 m eni 10 m, deraza o’lchami (1,2*1m), shundan molxona yuzasi 54*10=540m2, shundan deraza sonini topamiz: 540m : 10 = 54m, bo’lsa, 54m : (1,2x1) = 45 dona deraza kerak, oynalangan deraza yuzasi esa (1,2*1)*45 = 54m2 bu paytda yorug’lik koeffisenti
TYo =540m2:54m2=10 demak TYo 1:10 nisbatda bo’ladi.
Svetotexnik usul - bu usulda molxonalarda tabiiy yorug‘lik koeffisienti (TYoK) aniqlanadi. TYoK - deb molxona ichidagi yorug‘likni tashqi atmosfera yorug‘ligiga nisbatan foiz hisobida ifodalanishiga aytiladi. TYoK quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
TYoK =
Yoritilayotgan yuzaga tushayotgan yorug‘lik nurlarining zichligiga yoritilganlik deyiladi. Yoritilganlik - lyuks (lk) bilan o‘lchanadi. Misol: Molxonaning ichki yorug‘ligi 60 lk, tashqi yoritilganlik esa 6000 lk, bunda tabiiy yorug‘lik koeffisienti (TYoK) 1 % ga teng bo‘ladi.
TYoK =
Molxonaning ichki yoritilganligi tashqi yorug‘lik miqdorini TYoK ga ko‘paytirib aniqlanadi: Misol: fevral oyida tashqi yorug‘lik 5000 lk ga teng. TYoK esa 0,8%. Bu tashqi yorug‘likni 0,008 qismiga to‘g‘ri keladi. Aniqlanadigan yoritilganlik 5000 x 0,008 = 40 lk ga to‘g‘ri keladi. TYoK molxonaning markazida pol ustida, poldan 1m va 1,6 m balandlikda aniqlanadi.
TYoK ning me’yorlari qoramollar uchun 0,4-1,0%, bo‘rdoqi mollar uchun 0,4-0,5%, profilaktoriy uchun 0,5-1 %, cho‘chqalar uchun 0,5-1,2 %, qo‘ylar uchun 0,3-0,8 %, yilqilar uchun 0,5-0,8 %, parrandalar uchun 0,7 va quyonlar uchun 0,5 - 0,7 % bo‘lishi lozim:
Bizning misolimizda esa bu ko’rsatkich quydagicha:
Tashqi harorat 4500luks, TYoK esa 0,6% shunda hosil bo’ladi 4500lk x 0,006 = 27lk teng bo’ladi.­

Yüklə 162,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə