Bolalar bog'chasida psixologik ijtimoiy va reabilitatsiya yordamning ijtimoiy pedagogik xizmati


Bog‘cha yoshidagi davr o‘z ta’sir kuchi jihatidan g‘oyat ma’suliyatlidir



Yüklə 1,24 Mb.
səhifə3/5
tarix24.12.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#160566
1   2   3   4   5
BOLALAR BOG\'CHASIDA PSIXOLOGIK - IJTIMOIY VA REABILITATSIYA YORDAMNING IJTIMOIY PEDAGOGIK XIZMATI

Bog‘cha yoshidagi davr o‘z ta’sir kuchi jihatidan g‘oyat ma’suliyatlidir

  • Bog‘cha yoshidagi davr o‘z ta’sir kuchi jihatidan g‘oyat ma’suliyatlidir
  • Bola yasli davrini o‘tib , bog‘chaga kelgach , uning yashash sharoitida jiddiy o‘zgarishlar yuz beradi. Birinchidan, bola bog‘cha yoshiga o‘tgach, uning faoliyat doirasi ancha boshqacha mazmunga ega bo‘la boshlaydi .
  • Ikkinchidan, bola bog‘chaga o‘tgach, muayyan asosida mahsus pedagog tomonidan tarbiyalana boshlaydi.
  • Bolaning yashash sharoitida yuzaga kelgan bu o‘zgarishlar uning psixik jihatdan o‘sishiga ta’sir etmay qolmaydi. Mana shuning uchun bola bog‘cha yoshidagi davrida faqat jismoniy jihatdangina o‘smay, balki psixik jihatdan ham taraqqiyotning yana bir yuqori pog‘onasiga ko‘tariladi. Bog‘cha yoshidagi bolaning har bir xatti – harakatidan uning mustaqilligi, nutqning elementar bo‘lsa ham , gramatik jihatdan to‘g‘ri shaklini amaliy o‘zlashtira boshlaganligi ko‘rinib turadi. Bog‘cha yoshidagi bolalarning ko‘zga tashlanib turuvchi hususiyatlaridan yana biri ularning taqlidchanlik va serharakatliklaridir.
  • Bog‘cha yoshidagi davrida bolalarning naqadar serharakat bo‘lishlari barcha ota – onalarga tarbiyachilarga ma’lum bu yoshdagi bola butun kun davomida xilma – xil va tinimsiz harakat qilish orqali atrofdagi muhit va odamlar bilan munosabatda bo‘ladi. Binobarin, shunday xilma – xil harakatlar tufayli o‘z tasavvuri hamda bilim doirasini kengaytirib boradi.

Bog‘cha yoshidagi bolaning jismoniy jihatdan o‘sishi.
Bog‘cha yoshidagi bolaning jismoniy jihatdan o‘sishini harakterli tomoni shundan iboratki, bu davrda ham bolaning tanasi bilan qo‘l-oyoklari barobar mutanosiblikda o‘smaydi.Bog‘cha yoshidagi bolalarnig oyoqlari nisbatan ko‘prok o‘sadi.
Biroq, shunga qaramay, 6 yoshgacha bo‘lgan bolaning suyaklari xali yaxshi qotmagan, ya’ni tog‘aysimon bo‘ladi. Muskullari ham hali baquvvat bo‘lmaydi.Shuning uchun bog‘cha yoshidagi bolalar ma’lum muddat davomida qiyshiq o‘tirib qolishlari yoki bo‘lmasa, qaltis harakat qilishlari orqasida umurtqa suyaklarini qiyshaytirib qo‘yishlari mumkin. Ana shuning oldini olish uchun bu yoshdagi bolalar skeletining to‘g‘ri o‘sishiga aloxida e’tibor berish kerak. Bog‘cha yoshidagi bolalarning skeletlari kichik bolalarniki kabi elastik (egiluvchan) bo‘lishga qaramay, uning asosiy qismlari bu yoshda tez qota boshlab, suyak shakliga kiradi.

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə