Bolalar jismoniy tarbiyasi



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə4/103
tarix31.07.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#120171
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103
Bolalar jismoniy tarbiyasi

Jismoniy rivojlanish- inson organizmining asta-sekinlik bilan tabiiy sharoitda shakillanishi- tashqi ko’rinishi va harakat faoliyatining o’zgarishi jarayonidir.
Rivojlanishning o’sib borishida uchta fazani ajratish mumkin: rivojlanish darajasining ko’tarilishi, nisbatan barqarorligi va inson jismoniy imkoniyatlarining asta-sekin pasayishi. eng jo’shqin rivojlanish maktabgacha va kichik maktab yoshiga to’g’ri keladi hamda maktabda ta’lim olishning barcha davrlari mobaynida davom etadi.
Jismoniy rivojlanish ob’ektiv biologik qonunlarga bo’ysunadi. Bu qonunlardan eng muhimi muhit va organizm rivojlanishining birligi qonunidir. O’qituvchi bolalarning dam olishini tashkillashtirishi, mustaqil ishlar va mehnatni, o’qish sharoitini hisobga olishi kerak. Bularning hammasi bolalarning jismoniy rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadigan omillardir.
Jismoniy rivojlanish uchun shart-sharoit yaratish iste’dodli bolalarni tanlab olishga imkoniyat yaratadi. Chunki iste’dod nasldan-naslga o’tadi. Shuning uchun yuqori sport natijalariga har qanday o’quvchi ham erisha olmaydi. Har bir shug’ullanuvchi maqsadga yo’naltirilgan mashg’ulotlarga muntazam, vijdonan ishtirok etish sharoitida o’zining jismonan yaxshi rivojlanishini ta’minlashi mumkin, biroq organizm himoyasi va mehnatda munosib muvaffaqiyatlarga erishish uchun sharoitlar yaratish zarur. Bunday rivojlanishga erishish uchun Jismoniy tarbiya nomini olgan maxsus yo’naltirilgan va tashkillashtirilgan faoliyatdan foydalaniladi.


Jismoniy ta’lim
Jismoniy ta’lim o’quvchilarning muayyan bilimlarni egallashi, jismoniy mashqlarni bajarishi va ularni hayotga tatbiq eta olishini ko’zda tutadi.
Jismoniy sifatlarni tarbiyalashga quyidagilar kiradi: kuch va tezkorlikda namoyon bo’lish natijalarini oshirish, chidamlilik, chaqqonlik ko’nikmalarini yaxshilash. Yagona jarayonning bu tomonlari o’zaro mustahkam bog’langan, masalan, agar o’quvchilar yugurish mashqlarini, ularning texnikasini o’zlashtirish maqsadi bilan ko’p marta takrorlasalar, u holda bir vaqtning o’zida kuch, tezkorlik, chidamlilik ham tarbiyalanadi. Ikkinchi tomondan yugurish mashqlari katta tezlik bilan (tezlikni tarbiyalash uchun) ko’p marta bajarilsa, bu texnikaning takomillashishiga va mustahkamlanishiga ko’maklashadi.


Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə