Bolalar jismoniy tarbiyasi



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə3/103
tarix31.07.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#120171
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103
Bolalar jismoniy tarbiyasi

jismoniy tarbiyalash — yuksak madaniyatga ega bo’lgan har tomonlama etuk hamda jismonan sog’lom insonni shakllantirish maqsadida shaxsni tarbiyalashga, insonning jismoniy imkoniyatlarini rivojlantirishga, uning jismoniy tarbiya va sport sohasida malaka va bilimlarini orttirishga qaratilgan jarayon;

Jismoniy tayyorgarlik bu jismoniy tarbiyaning kasbiy yo’nalganligidir (aktyor, uchuvchi, kosmonavt…va boshqalarning jismoniy tayyorgarligidir). U konkret kasb xususiyatiga ko’ra o’tkaziladigan jismoniy mashqlarning vazifalari, vositalari, o’tkazish metodikasining o’ziga xosligi bilan xarakterlanadi. Jismoniy ta’lim jismoniy tarbiyaning maxsus bilimlar, harakat
ko’nikma va malakalarini egallashdan iborat bir turi. Jismoniy mashqlar harakatlar, harakat faoliyatlari, harakat faoliyatining murakkab turlari (harakatli o’yinlar) bo’lib, ular jismoniy tarbiya vazifalarini hal etish uchun vosita sifatida tanlab olingan. «Mashq» iborasi harakat faoliyatini bir necha bor takrorlash jarayonini ifodalaydi. Sport bu musobaqa jarayonida namoyon bo’ladigan, u yoki bu jismoniy mashq turida eng yuqori natijaga erishishga yo’naltirilgan maxsus faoliyatdir.

Jismoniy madaniyat umumiy madaniyatning bir qismi, jamiyatning ijtimoiy-tarixiy amaliyot jarayonida to’plangan inson jismoniy kamoloti sohasidagi moddiy va ma’naviy boyliklari majmuasidir. Moddiy boyliklarga sport inshootlari (stadionlar, sport zallari, basseynlar, tennes kortlari…), jismoniy tarbiya jihozlari, maxsus kiyim, poyabzal… kiradi, shuningdek kishilarning jismoniy kamolot darajasi ham kiradi. Ma’naviy boyliklarga esa jismoniy tarbiya haqidagi fan va san’at asarlari (adabiyot, haykaltaroshlik, rang-tasvir, grafika, muzika …) mansub. Jismoniy harakat ijtimoiy harakatning o’z oldiga aholi jismoniy tarbiyasi darajasini oshirish va sportni rivojlantirishga yordam berishni maqsad qilib qo’ygan maxsus turi. U davlat, jamoat tashkilotlari va xalq ommasining jismoniy madaniyat va sportni rivojlantirish sohasidagi maqsadga yo’naltirilgan faoliyatini ko’zda tutadi.


Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə