Bolalar jismoniy tarbiyasi


-10 modul. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar uchun gimnastika



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə40/103
tarix31.07.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#120171
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   103
Bolalar jismoniy tarbiyasi

9-10 modul. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar uchun gimnastika.


Reja:

1.Gimnastika turlari va tasnifi.

2.Umumrivojlantiruvchi gimn&stika.

3.Gigenik gimnastika.Sport yo‘nalishidagi gimnastika.

4.Amaliy gimnastika.Badiiy gimnastika.

4.Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun asosiy harakatlar.

5. Asosiy harakatlar. Yurish,yugurish, tirmashish, sakrashlar, uloqtirish, yugurib kelib uloqtirish, muvozanatni saqlash qobiliyati.

6.Asosiy harakatlarga o'rgatish metodikasi.
1.Gimnastika turlari va tasnifi.

Maxsus ishlab chiqilgan harakat shakllari gimnastika vositalari (mashqlari) hisoblanadi. Ular yordamida insonning hayotiymuhim harakatlantiruvchi jismoniy sifatlari tarbiyalanadi va rivojlantiriladi. Ko'pgina mashqlar odamning mehnat, harbiy va turmush faoliyati (yurish, yugurish, tirmashib chiqish, sakrash, emaklash, muvoza-nat saqlash, uloqtirish, to'siqlardan oshib o‘tish, yuk tashish va shu kabilar)dan olingan.

Jismoniy madaniyat va sport amaliyoti fanining rivoj topishi bilan butun bir harakatlantiruvchi faoliyatdan ajratib oiingan harakatlardan iborat mashqlar paydo bo‘la boshladi. Bu mashqlar, asosan, harakat asoslarini o‘rgatish uchun, jismoniy sifatlami rivoj-lantirish, turli pedagogik maqsad va vazifalarni yechish uchun qo'llaniladi. Gavdaning ayrim a’zolariga mo'Ijallangan hamda turli gimnastika jihozlarida bajarilgan mashqlar shular qatoriga kiradi

Gimnastika mashqlari bilan shug‘ullanuvchilaming tayyorgar-Hgiga va pedagogik vazifalarni yechish uchun ulardan foydalanishda orttirilgan tajribalarni nazardatutibguruhlanadi. Mashqlar an’ana-viy ravishda quyidagi gimnastika vositalariga ajratiladi:


  1. Saf mashqlari.


  2. Umumrivojlantiruvchi mashqlar (URM).


  3. Qo'shimcha mashqlar (прикладные упражнения).


  4. Erkin mashqlar.


  5. Badiiy gimnastika mashqlari.


  6. Akrobatik mashqlar.


  7. Sakrashlar.


  8. Sport jihozlaridabajariladigan mashqlar.


Ushbu tarzda gimnastika vositalarini guruhlarga taqsimlanishi: 1. Saf mashqlari - murakkab bo'lmagan harakatda shug'ul-lanuvchilar uchun mo'Ijallangan mashq bajarish jarayoni. Sanash va musiqa jo'rligida yurish, yugurish, qad-qomatni to‘g'ri tutish, rit-mik harakatlarga oid ko'nikma hosil qilishda muhim ahamiyatga ega. Saf mashqlari bir tomonidan jismoniv harakat mashg‘ulotlari (mashg‘ulotning jamoa shakllari)ni uyushtirish usuli sifatida foyda-lanilsa, ikldnchi tomondan esa undan inson tana a’zolarini shakl-lantiradigan va rivojlantiradigan, uvushgan xatti-harakat ko‘nikma va malakalarni tarbiyalaydigan muayyan harakatlantiruvchi faoliyat sifatida foydalaniladi



2. Gimnastikaning sog‘lomlashtiruvchi (umumrivojlantiruvchi) turlari. Bu mashqlar tayanch, sportga xos rokn-rol, aerobika, sheyping, gimnastrada, gigiyenik, atletik va ritmik gimnastikani o‘z ichiga oladi. Gimnastikaning bu turlari shug‘ullanuvchilarni har tomonlama garmonik jismoniy kamolotga yetkazish, bahri dilini yayratish, salomatligini mustahkamlash va harakat faoliyatlarini tarbiyalash, takomillashtirish hamda gimnastikani targ‘ibot-tashviqot qilish maqsadida qo'llaniiadi. Ular gimnastika jihozlari vositasida, alohida guruh mashqlar to‘plami shaklida ham bajarilishi mumkin. Shunday qilib, dastlabki umumrivojlantiruvchi mashqlar insonga ko'nikma va malakalarni egallab olish imkonini beradi, inson shu yo‘sindagi faoliyatida o‘z mushaklarini harakatlantirish qobiliyatini takomillashtirish maqsadida har qanday harakat murakkabligiga ega bo‘lgan yaxlit harakatlantiruvchi faoliyatni takrorlashda foydalanadi.


Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə