Bolalar jismoniy tarbiyasi


Yurish va yugurish mashqlari



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə47/103
tarix31.07.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#120171
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   103
Bolalar jismoniy tarbiyasi

Yurish va yugurish mashqlari. Yurish va yugurish mashqlarining vazifasi qo’l va oyoqlar harakatlanayotganda muvozanat yaxshi saqlagan holda engil, erkin harakatlar qilishni o’rgatishdir. Bolalar katta maktabgacha yoshda bir yo’nalishda hamda bir me’yorda yurish va yugurish ko’nikmasini egallay biladilar.
Bolalar olti yoshga etganda yugurishda uchish holatini egallab olgan bo’ladilar. Yurish va yugurishni takomillashtirish uchun oldingi guruhlarda egallangan harakat malakalari asosida turli mashqlarni asta-sekin murakkablashtirib borishdan foydalaniladi.
Tarbiyachi katta guruhda yurish va yugurishni navbatma-navbat o’rgatib boradi, bunda topshiriqlarni asta-sekin murakkablashtirib boradi hamda bajarilayotgan mashqning texnikasiga talablar qo’yadi.
Masalan, tizzalarni baland ko’tarib yurish mashqini o’zlashtirib olishni anchagina qiyin desa bo’ladi. Yurishning ushbu ko’rinishida qadamlar qisqa harakatlar aniq, avvaliga oyoqning oldingi qismi uchi, so’ngra oyoq to’liq qo’yiladi. Tizzalarni baland ko’tarib yugurishda tizzadan bukilgan oyoq to’g’ri burchak darajasiga ko’tariladi va erga yumshoq qo’yiladi, ammo oyoq uchi shaxdam harakat bilan qo’yiladi.
Keng erkin qadam bilan yurish va yugurish. harakat bir oz sekinlatilishi bilan harakterlanadi. Bunda qo’l va oyoq odatdagidek o’zaro muvofik, harakat qilib oldin oyoq tovoni qo’yilib, uchiga o’tiladi.
Tezkorlik sifatlarini rivojlantirish uchun tezlik bilan yugurish (20 m masofaga) taklif kilinsa, chaqqonlik va harakat muvofiqligini rivojlantirish uchun mokisimon yugurish beriladi va nihoyat chidamlilikni rivojlantirish uchun belgilangan masofaga sekin va o’rtacha sur’atda 2.5

dakiqa davomida muntazam yugurish qo’llaniladi.



Sakrash mashqlari. Katta maktabgacha yoshida sakrashga oid mashqlar
anchagina ko’payadi. Erdan anchagina kuchli itarilish, ko’lni shiddat bilan silkish, yuqoriga, uzunlikka va hokazolarga sakrashni bajarishning barcha bosqichlarida juda yaxshi harakat muvofiqligi kuzatiladi.
Katta guruh bolalari beriladigan yuklamalarni bemalol uddalaydilar, bu o’rinda mashqlar miqdorini ham oshirish mumkin, biroq mashqlarning bajarilish sifatiga e’tiborni ko’proq qaratish lozim. Joyida turib yoki oldinga siljib ikki oyoqda sakrashni takrorlash bilan birga yugurib kelib

uzunlikka va balandlikka sakrash, kalta arg’amchadan joyida turib uzunlikka


sakrash ham o’rgatilib boriladi.


Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə