Bolalar sporti asoslari


Musobaqani o`tkazish bayonnomasi



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə133/145
tarix31.12.2021
ölçüsü1,76 Mb.
#81154
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   145
“BOLALAR SPORTI ASOSLARI MAJMUO (8)

Musobaqani o`tkazish bayonnomasi

Musobaqani o`tkazish bayonnomasi hozirgi kungacha bir necha bor o`zgardi. Oxirgi o`zgarish olimpiya tizimiga o`xshash, A va B guruhlariga bo`linib har bir guruhdan bittadan ishtirokchi finalda bellashadi. Final ishtirokchisiga yutqazgan ishtirokchilar o`zaro uchinchi o`rinlar uchun bellashadilar (4 va 5-namunalar). Musobaqani o`tkazish bayonnomasini oldin ishtirokchilar soniga qarab, keyin uni tuzish talab etiladi. Bunda ham o`z talablari mavjud, agar, ishtirokchilar soni 5 tadan oshmasa, ular o`zaro aylanma tizimda bellashadilar. Ishtirokchilar soni 5 tadan ortiq bo`lsa, bellashuv tartibi bo`yicha 4; 8; 16; 32; 64; 128 sonlariga keltirish bellashuvlari o`tkaziladi. Ishtirokchilar soni faqatgina yuqoridagi (4; 8; 16; 32; 64; 128) sonlar bo`yicha keltirilgandagina musobaqa oxirida, ya’ni finalda 2 ta ishtirokchi qoladi. Keltirish bellashuvlari pastdan yuqoriga o`tkaziladi. Agar ishtirokchilar soni 6 tadan 7 tagacha bo`lsa ularning soni keltirish bellashuvlaridan so`ng 4 ta qolishi kerak, agar ishtirokchilar soni 9 tadan 15 tagacha bo`lsa, ularning soni keltirish bellashuvlaridan so`ng 8 ta qolishi kerak, agar ishtirokchilar soni 17 tadan 31 tagacha bo`lsa, ularning soni keltirish bellashuvlaridan so`ng 16 ta qolishi kerak, agar ishtirokchilar soni 33 tadan 63 tagacha bo`lsa ularning soni keltirish bellashuvlaridan so`ng 32 ta qolishi kerak, agar ishtirokchilar soni 65 tadan 127 tagacha bo`lsa, ularning soni keltirish bellashuvlaridan so`ng 64 ta qolishi kerak va h.k. Qaysi songa keltirish bellashuvi o`tkazilsa, o`sha sondan ortiq nechta ishtirokchi bo`lsa, shuncha juftlik keltirish bellashuvida qatnashadi.

Musobaqani o`tkazish bayonnomasini tuzishning o`z talablari mavjud, bunda musobaqa nomi, o`tkazilish joyi, vaqti, vazn toifasi, musobaqalashuv jadvali, bosh hakam va bosh kotib imzolari ko`rsatilgan bo`lishi kerak. Bundan tashqari, musobaqalashuv jadvalida birinchi qatorga vazn bo`yicha tartib raqami, ikkinchi qatorga ishtirokchilarning familiyasi, ismi, uchinchi qatorga ishtirokchining jamoasi, to`rtinchi qatorga sportchining malakasi, ya’ni sport razryadi yoki unvoni, beshinchi qatordan boshlab ishtirokchilar soniga qarab keltirish, nimchorak final, chorak final, yarim final, uchinchi o`rinlar uchun va final bellashuvlari uchun ajratilgan qatorlarni qo`yish mumkin, oxirgi qatorga egallangan o`rinlar, kvalifikatsion ochkolar va ballar yoziladi. O`zaro bellashuvlarda ishtirokchilar ro`yxatining to`g’risiga raqiblar raqamlari yoziladi. Ayni shu raqamlar yordamida ishtirokchi kim bilan bellashishi ko`rinib turadi. Ishtirokchilarning raqamlarining yonidagi ikki satrli katakchada ularning ko`rsatkichlari ko`rsatiladi. Yuqoridagi satrda kvalifikatsion ochkolar va pastdagi satrda texnik ballar ko`rsatiladi. F3 qatorlarida finalchiga yutqazgan ishtirokchilarning o`zaro bellashuvlari aks ettiriladi va F1 qatorlarida final bellashuvining ko`rsatgichlari ko`rsatiladi. O`rin va kvalifikatsion ochkolar qatorida – egallagan o`rinlar rim raqamlarida, yig’ilgan kvalifikatsion ochkolar va texnik ballar yoziladi. Oxirgi qatorda egallangan I-VI o`rinlar yig’ilgan ochkolar va texnik ballar ko`rsatilsa ham, ko`rsatilmasa ham aniq. Shu sababdan bu qatorga ularning o`rinlari ko`rsatiladi, yig’ilgan ochkolar va texnik ballar ko`rsatiladi.

Bundan tashqari ayrim hollarda, ya’ni nizomdagi o`zgarishlar yoki musobaqa qoidalari o`zgargan holatda olimpiya uslubida o`tkaziladigan musobaqalar tashkillashtirilish mumkin. Olimpiya uslubi bo`yicha bir marta yutqazgan kurashchi qayta bellashmaydi (8-namuna). Shu bilan bir qatorda Shveytsariya uslubi ham oldindan ishlatilib kelingan (9-namuna). Shveytsariya uslubida kurashchi ikki marta yutqazadigan bo`lsagina musobaqadan chetlashtiriladi.

Musobaqalarni tashkil qilish


Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə