Bolalar sporti asoslari



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə92/145
tarix31.12.2021
ölçüsü1,76 Mb.
#81154
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   145
“BOLALAR SPORTI ASOSLARI MAJMUO (8)

Nazorat mashqlar

Yoshi

10

11

12

10

11

12

Bolalar

Qizlar

Harakatda 30 m. ga yugurish (s)

3,7

3,5

3,3

4,6

4,4

4,2

Yuqori startdan 30 m. ga yugurish (s)

4,9

4,6

4,4

5,7

5,4

5,2

Past startdan 60 m. ga yugurish (s)

9,6

9,2

9,0

9,7

9,4

9,2

Yugurish qadamining chastatasi (1 s. ichida yugurish qadamining soni)

4,5-4,7

4,5-4,7

4,5-4,7

4,3-4,5

4,3-4,5

4,3-4,5

300 m. ga yugurish (s)

64,0

59,0

56,0

69,0

64,0

60,0

Joyda turib uzunlukka sakrash (sm)

170

190

200

160

170

180

Uch hatlab sakrash (m)

6,0

6,4

6,8

5,6

5,8

6,1

Bosh orqasidan yadro uloqtirish (og’irligi 4 kg, m)

5

6

8

4

5

7

Shpagat

Mashqni bajarayotganda gavdani tik tutish va aniq bajarish

Qo’l yerga tekgunicha oldinga egilish

Bolalar barmoqlarini uchuni tekkazish, tizzani bukmagan holda, qizlar kaftlarini tekazishlari lozim.


46-jadval

Sport maktabiga yengil atletika sport turi bo’yicha bolalar va o’smirlarni saralashning test me’yorlari (uloqtirish)

Nazorat mashlar

Bolalar

13-14 yosh



Qizlar

12-13 yosh



Start holatidan 30 m. ga yugurish

4,9

5,2

Harakatda 30 m. ga yugurish

4,0

4,1

Jayida turib balandlikka sakrash (sm) (V.M. Abalakov bo’yicha)

50

40

Joyida turib uzoqlikka sakrash (sm)

220

190

Pastda yadro uloqtirish (m)

10

8

150 g tennis to’pini uloqtirish (m)

55

45

Bo’y (sm)

175

165

Vazn (kg)

70

60

Sportning suzish turida istiqbolli sportchilarni tanlash maqsadida tadqiqotning pedagogik va tibbiy-biologik uslubida aniqlangan ko`rsatkichlarning kompleksidan foydalanish lozim. Boshlang’ich bosqichda tanlov mezonlari sifatida bolaning morfologik xususiyatlari, uning umumiy koordinatsion qobiliyatlari, bo`g’inlarda harakatchanlik darajasi, sog’liq holati inobatga olinadi. Bolalarni tanlashda tananing eng total o`lchovlarning mutanosibligi, tashqi nafas olish apparatining rivojlanganligi, suyak va mushaklarning xususiyatlari va yog’larning mavjudligi tana proportsiyalarini hisobga olish lozim. Suzishda morfofunktsional xususiyatlarga ixtisoslashuvning bog’liqligi bola yoshidayoq namoyon bo`ladi.

Sprinter-suzuvchilar o`rta va uzun masofaga suzuvchilardan tanasining uzunligi va vaznining, ko`krak qafasining hajmi bo`yicha ahamiyatli darajada farqlanadi, ularda bu ko`rsatkichlar eng yuqori bo`ladi. Ma’lum bo`lganidek, tana vazni kuch ko`rsatkichlari bilan bog’liqdir. Demak, spinterlarning tanasining yirik total o`lchovlari ularga energiya ta’minlovining anaerob hududida tezlik-kuch ishini bajarish uchun optimal sharoitlarni ta’minlab beradi. Tananing total o`lchovlarining barcha ko`rsatkichlari bo`yicha stayerlar spinterlardan ortiqroq bo`ladi. Sprinterda muvaffaqiyatni belgilab beruvchi tezlik hislatlar o`rniga energiya ta’minlovining aerob hududining yuqori yutuqlarni shartlab beruvchi suzuvchining jismoniy hislati o`rnini bosadi. Ularga birinchi navbatda, o`pkaning hayotiy hajmi, nisbatan bo`y va tananing kichik vazni hamda elka, tizza, bo`g’inlardagi harakatchanlik kiradi. O`rta masofada ixtisoslashgan suzuvchilar spinter va stayerlar o`rtasida oraliq holatda bo`ladi. xususan, o`rta va uzun masofaga suzishda ixtisoslashgan yosh sportchilar nisbatan kichik bo`y va vaznga ega bo`lib, katta intensivlikdagi uzoq muddatli ishga moslanganlar va yuqori anaerob ishlab chiqarishga egadilar.

Turli masofalarda harakat faoliyati rejimining ta’siri suzuvchilar tanasi tarkibida ham bilinadi: aktif massaning katta foizi, ya’ni mushak to`qimasining katta soni sprinterlarda, kichik soni esa stayerlarda bo`ladi.

Suzuvchilarning koordinatsion qobiliyatlari quruqlik va suv muhiti sharoitida maxsus testlar yordamida baholanadi. Tadqiqotning instrumental uslublari yordamida analizatorlarning psixo-analitik tavsifi aniqlanadi (masalan, teri va vibrotaktil sezuvchanlik). Keyingi bosqichlarda tanlovning muhim mezoni yosh suzuvchining maxsus chidamliligidir, u maxsus tetstlar yordamida hamda suvdagi yuklamalarning yig’indi qiymati va turli uzunlikdagi masofa va bo`limlarda (4x50 m masofa bo`limlarini suzib o`tishning yig’indi vaqti, 400 va 800 m.ga suzishdagi natijalar) suzishning tezligi mutanosibligi asosida aniqlanadi. N.J.Bulgakova (1977) ma’lumotlariga ko`ra, eng ko`p ma’lumot beruvchi, yuqori prognostik ahamiyatga ega bo`lgan ko`rsatkichlar bu antropometrik ko`rsatkichlardir, bo`g’imlardagi harakatchanlik suvda og’irlik kuchidir.

Suzishda tanlov tizimi yosh sportchilar tizimining keyingi yo`naltirilganligi bilan uzviy bog’liqdir. SHu sababli suzishdagi baza mashg’uloti kichik yosh guruhlardagi bolalar uchun eng muvofiq bo`lgani bu aerob yo`naltirilganlikdir, chunki anaerob imkoniyatlar yoshi jihatidan keyinroq suzuvchi tana tana vazni oshgani sari rivojlanadi.

Sportning texnik jihatdan murakkab turi uchun eng tipigi bu spoort gimnastikasidir. Gimnastikachining potentsial imkoniyatlari, uning istiqbolligini ob’ektivlikning yuqori darajasi bilan quyidagi omillarni hisobga olgan holda aniqlash mumkin: organizmning morfologik xususiyatlari, spoort texnik mahorat, umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik, sportchining ruhiy xususiyatlari. Gimnastikachi yigit-qizlarning tana tuzilishining xususiyatlari nasliy xarakterdagi omillar bilan yuqori darajada shartlangan. Oliy toifadagi gimnastikachilarning ma’lum morfologik turi aniqlangan, masalan, erkaklar tana tuzilishining asosiy tiplari – bu mushak (Voronin) yoki ko`krak mushakli (Andrianov, Klimenko). Ikkala jinsdagi yuqori toifadagi gimnastikachilar o`rta bo`yli, tana vazni nisbatan kichik hamda yuqori elka qismining mushaklari rivojlangan bo`ladi. Katta yoshli gimnastikachilarda aniqlangan tana tuzilishi tiplarini bola yoshidayoq aniqlab olish mumkin. Yosh gimnastikachilarning morfofunktsional ko`rsatkichlarini baholashning asosiy mezonlari ishlab chiqilgan. Gimnastikachilarning qobiliyatini aniqlashda muhim ahamiyatga har bir yosh guruhida o`ziga xos maxsus jismoniy hislatlarni o`sish darajasi va sur’atini tavsiflovchi ko`rsat­kich­lar muhim ahamiyatga ega. Bular qatoriga kuch, tezlik-kuch hislatlar, kuch chidamliligi, egiluvchanlik kiradi.

E.Yu.Rozin va e.I.Yatskevichlarning tadqiqotlari tomonidan (1971, 1973) sport gimnastikasi bilan shug’ullanish uchun bolalarni tanlashda nisbiy mushak kuchi va egiluvchanlikning konservativligi ularni yuqori bashoratlilik ahamiyati aniqlangan. Turli yosh guruhlardagi alohida gimnas­ti­kachilar xalqaro toifadagi sport ustalari kabi nisbiy mushak kuchi, bo`g’imlarda harakatchanligining xuddi shunday ko`rsatkichlariga ega ekanligi eksperimental tarzda isbotlangan. Bu ko`rsatkichlar sport texnik mahoratning o`sishi bilan uzviy korelyatsion aloqada bo`lib, o`z ahamiyatini turli yosh davrlarida ham saqlab qoladi, ular gimnastikachilarning istiqbolliligini aniqlashda ishonchli mezon sifatida xizmat qiladi.

Gimnastikachining sport texnik mahorati tasnifiy dastur bo`yicha o`tkaziladigan musobaqalar natijasi asosida, hamda sport texnik tayyorgarlik bo`yicha nazorat sinovlari natijalari asosida aniqlanadi. Nazorat sinovlari dasturiga testlar kiradi, ya’ni gimnastikachi maktabini belgilab beruvchi profilli unsurlar. Sport malakasini oshirgan holda nazorat sinovlariga tobora katta ahamiyat beriladi.

Gimnastikachilar koordinatsion imkoniyatlarining darajasi harakat modeli va koordinatsiyaga qaratilgan mashqlar tizimi yordamida aniqlanadi. Testlarni bajarishda harakatlar koordinatsiyasini individual namoyon bo`lishi haqida fikr yuritish imkoniyatini beruvchi asosiy ko`rsatkichlar harakatlarning aniqligi (berilgan dasturga ularning muvofiqligi), harakat ko`nikmasining barqarorligidir. Yosh gimnastikachilarning koordinatsion qobiliyatini namoyon bo`lishining bir nechta tipik shakllari aniqlangan. Istiqbolli gimnastikachilarning prognozida mushak kuchi, egiluvchanlik, tezlik-kuch hislatlar va maxsus chidamlilik kabi jismoniy hislatlar alohida ahamiyatga ega bo`ladi (47-jadval).


47-jadval


Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə