Bolalar sporti asoslari


Sport maktabiga saralashda mezonlar



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə89/145
tarix31.12.2021
ölçüsü1,76 Mb.
#81154
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   145
“BOLALAR SPORTI ASOSLARI MAJMUO (8)

Sport maktabiga saralashda mezonlar

Sportning har biri sportchining jismoniy tayyorgarligi va qobiliyatiga alohida o`ziga xos talablar qo`yadi. 43-jadvalda sport maktablariga bola va o`spirinlarni tanlash jarayonida hisobga olinishi kerak bo`lgan va shug’ullanayotganlarga qo`yiladigan talablar hisobga olingan.

Antopometrik tadqiqotlar jarayonida sport maktabiga sportning mazkur turi uchun mashhur vakillariga xos bo`lgan morfologik turga qay darajada nomzodlar muvofiqligini aniqlash lozim. Sport amaliyotida sportchilarning morfologik turi (bo`yi, vazni, tana tipi va h.k.)lar haqida ma’lum tasavvurlar shakllangan. Masalan, basketbol, engil atletika, akademik eshkak eshishda yuqori bo`y muhimdir, marafon yugurishda, chang’i sportida bo`y muhim ahamiyatga ega emas.

Tibbiy-biologik tadqiqotlar asosida maktab o`quvchilarning sog’lig’i, jismoniy tayyorgarligi haqida ma’lumotlarga baho beriladi. Sport bilan shug’ullanishga qarshi ko`rsatmalarga ega bolalar va o`spirinlar aniqlanadi. Alohida e’tibor maktab yoshidagi bolalarda katta mashg’ulot yuklamalari bajarilgandan so`ng, tiklanish jarayonining davomiyligi va sifatiga qaratilishi lozim. SHifokor tadqiqotlari har bir muayyan holatda sport maktabida o`qish uchun zaruriy hislatlarga ega bo`lgan bola va o`spirinlar qanday davolash profilaktik tadbirlarga muhtoj ekanligini aniqlash uchun ham zarurdir. Bundan tashqari, sport maktabiga kirishda tibbiy ko`rik, keyingi tibbiy ko`riklar kabi yosh sportchini tayyorlashning barcha bosqichlarida o`quv-mashg’ulot jarayonlari eng yuqori darajada individuallashuviga ko`maklashishi lozim.



43-jadval


Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə