Bolalar sporti asoslari


Tanlovning ikkinchi bosqichi –



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə88/145
tarix31.12.2021
ölçüsü1,76 Mb.
#81154
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   145
“BOLALAR SPORTI ASOSLARI MAJMUO (8)

Tanlovning ikkinchi bosqichi – dastlab tanlangan kontinentni tanlangan sport turida muvaffaqiyatli ixtisoslashuviga muvofiqligini chuqurlashtirilgan tekshiruvi, bu birlamchi o`qitish jarayonida amalga oshiriladi. 3-6 oy mobaynida shug’ullanayotganlarning imkoniyatini chuqur o`rganib va ularning eng qobiliyatli va iste’dodlaridan o`quv guruhlarini shakllantirish lozim. Tanlovning ikkinchi bosqichi yakun topgandan so`ng, sport maktabi direktori raisi ostidagi komissiya, ota-onalar arizalari, kirayotganlarning shaxsiy ishlarini o`rganib chiqib, sport maktabiga qabul ilish haqidagi masalani hal qiladi. Musobaqa natijalari, nazorat sinovlari, murabbiyning tavsifi va shifokorning xulosasi bola va o`spirinlarni sport maktabiga hal qilish haqidagi masalani hal qilishda asosiy bo`lishi lozim. Tanlovning bunday tizimi yaxshi sport qobiliyat va iste’dodiga ega bo`lib, tanlovning 2 bosqichidan o`ta olmagan bolalarni ham qabul sinovida ishtirokini istisno qilmasligi lozim.

Tanlovning uchinchi bosqichining vazifasi – sport maktabi o`quvchining har biri ko`p yillik tizimli o`rganishdir, buning maqsadi bu o`quvchini individual sport ixtisoslashuvini yakuniy aniqlashdir. Yosh sportchini uzoq muddatli va batafsil o`rganish jarayoni, uni sport qobiliyatlarini eng yaxshi tarzda belgilash imkoniyatini berib, u uchun muvofiq bo`lgan sport turini tanlash imkoniyatini beradi. mazkur bosqichda pedagogik kuzatuvlar, nazorat sinovlar, tibbiy-biologik va ruhiy tadqiqotlar amalga oshiriladi, ularning maqsadi shug’ullanayotganlarning tayyorgarligini kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlashdir. Bu davrda shug’ullanayotganning ratsional tarzda o`ziga mos bo`lgan sport turini tanlash haqidagi masala hal qilinadi.




Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə