Bolalar sporti asoslari


Sport mashg’ulotining samaradorligini hisobga olish



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə96/145
tarix31.12.2021
ölçüsü1,76 Mb.
#81154
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   145
“BOLALAR SPORTI ASOSLARI MAJMUO (8)

Sport mashg’ulotining samaradorligini hisobga olish

Ko`p yillik sport tayyorgarligi mobaynida o`quv-mashg’ulot jarayoni ustidan nazoratni amalga oshirish uchun xizmat qiluvchi asosiy hujjatlar, bu sport maktabi bitiruvchilari kitobi, sport maktabi rekordlar kitobi, razryadchi sportchilarni hisobga olish kitobi va o`quvchilarning shaxsiy kartochkalaridir. Yillik mashg’ulot jarayonida nazorat yillik hisobot, musobaqa bayonnomalari, o`quvchilarning tasnifiy chiptalari asosida amalga oshiriladi. Murabbiyning kundalik faoliyati ustidan nazorat sport maktabi ishini hisobga olish jurnali asosida amalga oshiriladi (har bir o`quv guruhida). Har yili sport maktabi direktori yillik hisobot, bitiruvchilar ro`yxati va yuqori razryadli sportchilar ro`yxatini taqdim etadi.

Sport mashg’uloti ko`rsatkichlarinining hisoboti murabbiyga sport tayyorgarligi vosita uslub va formalarni to`g’ri tanlanganligi va to`g’ri qo`llanganligini baholash imkoniyatini berib, sport mahoratini oshirishga bo`lgna eng samarali yo`lni aniqlashga ham xizmat qiladi. hisobot yosh sportchilarning tayyorgarlik holatini kuzatish, ularning sport natijalarini dinamikasini bilish imkoniyatini beradi. Ko`rsatkichlarni tahlili yordamida o`quv jarayonini nafaqat nazorat qilish, balki unga faol aralashib takomillashtirish mumkin.

Murabbiy va sportchi mashg’ulot ko`rsatkichlarini hisobini amalga oshiradigan asosiy hujjat – bu murabbiyning jurnali va sportchining kundaligidir. Bu hujjatlarda quyidagi ma’lumotlar keltiriladi: mashg’ulot mashqlari va musobaqalar soni, umumiy va maxsus tayyorgarlikka sarflangan vaqt, mashg’ulotning asosiy vositalariing hajmi (masalan, chang’i uchuvchining bosib o`tagn masofasini uzunligi, shtangachi uchun shtanga bilan mashqlarning staji), nazorat sinovlarining natijalari.

Har bir oy va yil yakunlangandan so`ng murabbiy va sportchi mashg’ulot ko`rsatkichlari dinamikasi haqida ma’lumotlarni umumlashtirib, tahlil qilishlari lozim. Bu maqsadda mashg’ulot yuklamalari hajmi va intensivligini hisobga olish jadvallaridan foydalanish lozim. mashg’ulot yuklamalarining nafaqat hajmi va intensivligini, balki bu ma’lumotlarni ko`rsatilgan sport natijalari bilan taqqoslash ham nihoyatda muhim. Buni ko`rgazmali tarzda gorizontalda kun, hafta, oy va yillar, vertikalda esa mashg’ulot yuklamalarining hajmining intensivligi aks etilgan chiziqli grafik yordamida ko`rgazmali tarzda bajarish mumkin. Bularning barchasi o`lchovning ma’lum birliklarida ifodalangan bo`ladi, bundan tashqari, mazkur jadvalga sportchining musobaqadagi natijalarini ham qo`shish mumkin (6-rasm). Sport tayyorgarligining to`g’ri hisobi mashg’ulot jarayonining barcha ko`rsatkichlarini batafsil tahlili asosida amalga oshiriladi.

Yosh sportchilar bilan muvaffaqiyatli ish olib borish uchun, ularning tayyorgarligini butun o`quv-mashg’ulot jarayoni mobaynida davriy va ob’ektiv baholashi katta ahamiyatga ega. Sport tayyorgarligi maqsadga yo`naltirilgan xarakterga ega bo`lishi uchun nazorat me’yorlarini joriy etish lozim, ular yordamida shug’ullanayotganlarning tayyorgarlik darajasi o`sishidagi o`zgarishlarni baholash mumkin. Bolalar, o`spirin va yosh yigit-qizlar bilan ishlashda nazorat sinov va me’yorlarning ahamiyati ayniqsa. kattadir, chunki ular tomonidan o`z yoshi uchun nisbatan yuqori natijalarga erishish, razryad me’yorlarini bajarish yosh sportchilar kattalar guruhiga o`tganda ham rivojlanadi, degani emas. yosh sportchilarning umumiy jismoniy tayyorgarligi darajasini tavsiflovchi ko`rsatkichlardan biri “Alpomish va Barchinoy” maxsus test me’yorlarini muvaffaqiyatli topshirilishidir. Bu kompleks yosh sportchilarni jismoniy tayyorgarligini baholashda ahamiyatli rolni o`ynaydi. “Alpomish va Barchinoy” maxsus test me’yorlarini topshirish, muvaffaqiyatli sport ixtisoslashuvi uchun majburiy shartdir. Ammo me’yorlarning bajarilishi sportchilarning umumiy jismoniy tayyorgarligiga qo`yiladigan talablarni to`liqligicha qondirmaydi. Turli ixtisoslashuvdagi yosh sportchilarni jismoniy tayyorgarligi darajasini baholash uchun pedagogik nazaorat sinovlarning quyidagi kompleksi tavsiya etiladi:

1. YUQORI STARTDAN 60 MGA YUGURISH. Yugurish maksimal tez sur’atda bir paytning o`zida ikkita kuchi bo`yicha teng bo`lgan ishtirokchilar uchun eng yaxshi natijani ko`rsatish vazifasi bilan amalga oshiriladi.

2. JOYIDAN TURIB UZUNLIKKA SAKRASH. Sakrash oqyo uchlarining dastlabki holati chegaralangan chiziq yoki taxtaning chetidan ikki oyoq bilan itarilgan holda bajariladi. Sakrash qumli chuqurga yoki pol ustida bajariladi. Zalda sakrashni rezina yo`lakchada bajarish oson. Nazorat sinovini 3 marotaba bajarish mumkin, eng yaxshi natija bayonnomaga kiritiladi.

3. JOYIDAN TURIB BALANDLIKKA SAKRASH. Bu sakrash yosh sportchi uchun qulay bo`lgan o`tirgan holda, polda belgilangan kichik maydondan ikki oyoq bilan sakrab bajariladi. Shug’ullanayotgan mazkur maydonchaning o`rtasiga turadi, sakrashning balandligi V.M.Abalakov konstruktsiyasining lentali tuzilmasi yordamida o`lchanadi. Bayonnomaga dastlabki holat va yosh sportchi tomonidan bajarilgan sakrashdagi sm lentasidagi raqamlarni taqqoslash yo`li bilan aniqlangan natija kiritiladi. Nazorat sinovi 3 marotaba o`tkaziladi, eng yaxshi natija bayonnomaga kiritiladi.

4. TANA KUCHINI DINAMOMETR YORDAMIDA O`LCHASH. Mazkur nazorat sinovini bajarganda yosh sportchi dinamometr ruchkasidan ushlaydi va oyoq bilan asbobning past qismiga turadi, so`ng tanasining to`g’rilagan holda qo`li bilan ruchkani imkon qadar katta kuch bilan tortadi va dinamometr purjinasini “Yakun!” buyrug’igacha ushlab turadi.

5. CHIDAMLILIKKA YUGURISH. 13 yoshli o`g’il bolalar uchun quyidagi test qo`llaniladi – 300 mga yugurish, 14-16 yoshli o`spirin va yosh yigitlar uchun – 600 m ga yugurish, 17-18 yoshli yosh yigitlar uchun – 800 mga yugurish, 13-14 yoshli qizchalar uchun – 300 mga yugurish, 15-18 yoshli qiz va yosh qizlarga – 600 mga yugurish.

Pedagogik nazorat sinovlari 2 oyda kamida 1 marotaba o`tkazilishi lozim, ularni mashg’ulotning yillik tsiklining har bir davrining boshida va yakunida amalga oshirish majburiydir.

Nazorat sinovlarining keltirilgan kompleksini nafaqat o`quv-mashg’ulotining nazorati uchun, balki shug’ullanayotganlarning jismoniy tayyorgarligini aniqlash maqsadida musobaqalarni o`tkazish uchun ham qo`llash mumkin. Tezlik, kuch va chidamlilikka qaratilgan pedagogik nazorat sinovlarning kompleksi bilan bir qatorda har bir murabbiy istiqbolli rejada yosh sportchi ixtisoslashgan sport turining o`ziga xosligiga va maxsusligiga xos bo`lgan nazorat sinovlarni o`tkazishni nazarda tutadi.


Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə