Bolalar va o’smirlarning jismoniy rivojlanishini baholash. Tashqi ko’rikdan o’tkazish (somatoskopiya) Ishdan maqsad



Yüklə 4,71 Mb.
səhifə22/44
tarix28.11.2023
ölçüsü4,71 Mb.
#135089
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   44
Amaliy mashg\'ulotlar

24-rasm. 1-guruh shakllari 25-rasm. 2-guruh shakllari
5-test. Esga olish xotirasi hajmini aniqlash. Buning uchun daftarga tomonlari 9 sm li kvadrat chiziladi va u 9 ta mayda kvadratga bo’linadi (tomonlar uzunligi - 3 sm). 20 s davomida 26-rasmdagi shakllarga qaraladi, shundan so’ng xotirada qolgani bo’yicha daftardagi bo’sh kvadratlarga chiziladi.

26-rasm. Esga tushirish xotirasi hajmini aniqlash uchun shakllar
Vazifa:
Barcha testlarni bajarib bo’lgandan so’ng eslab qolish, so’zlar, raqamlar, matn, shakllarni tanish va esga tushirishning o’rtacha unumdorligining foizini hisoblang. Buning uchun barcha tadqiqotlarning natijasini qo’shib beshga (5 ta test) bo’ling.
Natijalarni baholang. 90-100% - a’lo; 70-90% -juda yaxshi; 50-70% - yaxshi; 30-50% - qoniqarli; 10-30% - yomon; 0-10% - juda yomon.
Mustaqil ish uchun vazifa:

        1. O’rta miya reflekslari

        2. Oliy nerv faoliyati tiplarini aniqlash.


6- Amaliy mashg’ulot.
Bolada xotiraning yetakchi turini aniqlash. Diqqat barqarorligini aniqlash

Ishdan maqsad: Bolalarda xotirani mustaxkamlash usullarini o’rganish.
Ishning borishi:

    1. Antiqa hayvonot bog’i usuli.

    2. Qizaloqlar usuli.

    3. Sana va voqealar eslab qolish usuli.

    4. Oq bim qora quloq usuli.

    5. Tarixni yozamiz usuli.

    6. Gilamdagi gullar usuli.

    7. Maxfiy shifrlar usuli.

    8. Xulosa.

Ko’rilgan, eshitilgan va o’qilgan narsa - hodisalarni idrok qilish, esda saqlash va kerak paytda esga olish bilan bog’liq bo’lgan jarayonlarning hammasiga xotira deyiladi. Axborotning yig’ilishi miyada bir necha bosqichda amalga oshiriladi. Eslab qolish muddati bo’yicha xotira, asosan, ikki xil – qisqa va uzoq muddatli xotiralarga bo’ladi. Esdan chiqish–xotiraga qarama – qarshi, fiziologik jihatdan juda muhim jarayondir. Chunki hamma ko’rgan narsani eslab qolish maqsadga muvofiq emas. Albatta, esdan chiharish ba’zida ijobiy rol o’ynaydi (masalan har xil janjallarni, kelishmovchiliklarni esdan chiharish) ba’zida esa salbiy (ishning ma’lum bir tafsilotlarini, qarindoshlarning tug’ilgan kunlarini, yodlagan qoidalarni esdan chiharish).
Inson xotirasi cheklanmagan hajmdagi ma’lumotlarni saqlab qolish imkoniyatiga ega bo’lib, mutaxassislarning fikriga ko’ra, xotirani mustahkamlash usullaridan qanchalik ko’p foydalansak, kerakli axborotni eslab qolish ham shunchalik oson kechadi.

Yüklə 4,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə