Bolalar va o’smirlarning jismoniy rivojlanishini baholash. Tashqi ko’rikdan o’tkazish (somatoskopiya) Ishdan maqsad


–rasm. Odam organizmi skletining tuzilishi



Yüklə 4,71 Mb.
səhifə2/44
tarix28.11.2023
ölçüsü4,71 Mb.
#135089
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Amaliy mashg\'ulotlar

1–rasm. Odam organizmi skletining tuzilishi (oldidan va orqadan umumiy ko’rinishi).
Odatda, meyoriy tuzilishga ega bo’lgan umurtqa pog’onasida sagittal tekislik bo’ylab fiziologik egilish sohalari mavjud bo’lishi qayd qilinadi, bunda umurtqa pog’onasidagi to’g’ri sohalar – anfas soha deb nomlanadi. Patologik holatlarda umurtqa pog’onasida orqaga yoki oldinga tomon egilish ko’rinishidagi qiyshiqlik (kifoz, lordoz) shakllanadi, bundan tashqari ushbu qiyshiqlik yonlama yo’nalishda bo’lishi xam mumkin (skolioz).

2 –rasm. Umurtqa pog’onasining qiyshiqligini aniqlash. To’g’ri holatdagi qad – qomat (a); umurtqa pog’onasining qiyshiqligini aniqlash (b). Skolioz turlari: 1 – o’ng tomonga egilish; 2 – chap tomonga egilish; 3 – S harfi shaklidagi egilish.
Umurtqa pog’onasining yon tomonga yo’nalishda qiyshiqligini aniqlash uchun Billi-Kirxgofer tomonidan ishlab chiqilgan skoliozometr asbobidan foydalaniladi (3-rasm). Orqaning yassi shaklga ega bo’lishi holatida umurtqa pog’onasi o’qida odatda, meyoriy holatlarda kuzatiluvchi egrilanishlar sohalari silliqlashishi qayd qilinadi. Aylananing bir qismi shakliga ega bo’lgan orqa sohasi (ya’ni, bukchayish) ko’krak qafasi sohasida kifoz yuzaga kelganligidan dalolat beradi. Aylana ko’rinishida va bir vaqtning o’zida botib kirish shaklidagi orqa – bu ko’krak sohasida kifoz va bel sohasida lordoz yuzaga kelganligidan dalolat beradi. Orqaning yassi ko’rinishda botib kirishi esa – orqada umurtqa pag’onasining bel sohasida lordoz rivojlanganligini ko’rsatadi.



3–rasm. Skoliozometr asbobi (a). Billi–Kirxgofer asbobi yordamida umurtqa pog’onasidagi qiyshiqlikni aniqlash (b); P.I.Belousova tomonidan tavsiya qilingan lordozni aniqlashga mo’ljallangan
skoliozometr asbobi (v); g – bo’yin (a) va bel (b) sohalaridagi botiqsimon sohalar chuqurligini o’lchash.
Qad – qomat – bu odam tanasining erkin holatda meyoriy ko’rinishda turishini ifodalaydi. Qad – qomatning ko’rinishi umurtqa pag’onasining shakli, gavda muskullarining bir tekisda rivojlanganligi va tonusiga bog’liq hisoblanadi. Bunda to’g’ri, bukchaygan, kifoz holatidagi, lordoz tavsifga ega bo’lgan va tik holatdagi qad – qomat ko’rinishlari o’zaro farqlanadi. Qad – qomatning holatini aniqlash uchun ko’z yordamida kuzatish amalga oshiriladi, bunda yelka kuraklari sohasining ustki tomonidan ko’rinishi, yelkalarning bir – biriga nisbatan joylashish balandligi, boshning turish holati ko’zdan kechiriladi.


Yüklə 4,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə