Bolalar va o’smirlarning jismoniy rivojlanishini baholash. Tashqi ko’rikdan o’tkazish (somatoskopiya) Ishdan maqsad


–rasm. Tana bo’g’imlarining harakatchanlik hajmi



Yüklə 4,71 Mb.
səhifə14/44
tarix28.11.2023
ölçüsü4,71 Mb.
#135089
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   44
Amaliy mashg\'ulotlar

13–rasm. Tana bo’g’imlarining harakatchanlik hajmi. atananing yuqorigi qismida; b – oyoqlarda
Bo’g’imlarda harakatchanlikni o’lchashda Branshli goniometr asbobidan foydalaniladi, bu asbob harakatchan qism (bransh) va gravitattsion goniometr (gradus qiymatida) qismidan tashkil topgan. Bo’g’imlardagi harakatchanlik bo’g’imlarning yozilishi va bukilishi xususiyatini belgilab beradi. Ayrim sport turlarida (gimnastika, akrobatika) bo’g’imlarda harakatchanlik darajasini oshirish uchun nofaol holatdagi harakatlarni amalga oshirish usulidan foydalaniladi (ya’ni, sportchilar mashg’ulotlar mashqlari davomida juft holatda yoki trener yordamida mashq bajarishadi), ko’pincha holatlarda jarohatlanishlar va bo’g’im kasalliklari ta’sirida (ayniqsa, so’nggi yillarda bo’g’imlar artrozi ko’p uchramoqda) bo’g’imlarning harakatchanligi susayishi qayd qilinadi. Bo’g’imlar fiziologik harakatchanlik meyoriga ega hisoblanadi va uning zo’riqishli tarzda oshirilishi salomatlik uchun zararli oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Qad – qomat odam tanasining umurtqa pog’onasi, ko’krak qafasi shakli, gavdaning yuqorigi va oyoqlar qismlarining o’zaro muvofiqlikda joylashishi, qo’llar, gavda, tos sohasi, oyoqlarning o’zaro mos ko’rinishda, meyoriy joylashishini belgilab beradi. To’g’ri qad–qomatning shakllanishida jismoniy tarbiya bilan shug’ullanish, ovqatlanish rejimi, shuningdek maishiy turmush sharoitlari, iqlim sharoitlari va milliy turmush tarziga oid omillar o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Yaxshi darajada shakllangan qadqomat odam organizmi uchun ichki organlarning funksiyasi meyoriy amalga oshishida optimal sharoitlarni yaratib beradi, odam organizmining ish bajarish qobiliyati ortishiga olib keladi, shuningdek estetik jihatdan (tashqi go’zallik nuqtai nazaridan) muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Qad qomatning tiplarini tavsiflash umurtqa pog’onasining goniometr asbobi yordamida ko’rikdan o’tkazilishi natijalari bo’yicha tavsiflanishi mumkin.
Kuch indekslari kuch ko’rsatkichlari qiymatini vazn qiymatiga bo’lish asosida keltirib chiqariladi va hosil bo’lgan qiymat foizlar (%) hisobida ifodalanadi. Erkaklarda kaftning o’rtacha kuchi qiymati tana vaznining 70-75% ini tashkil qiladi, ayollarda esa bu qiymat 50–60% ni tashkil qiladi, erkaklarda bel kuchi qiymati uchun bu ko’rsatkich 200 – 220% ni tashkil qilsa, ayollarda esa 135–150% ga teng. Erkak sportchilarda mos ravishda bu qiymatlar o’rtacha 75–81% va 260–300%, ayol sportchilarda esa mos ravishda 60–70% va 150–200% ni tashkil qiladi.
Farqlanish indeksi o’tirgan holatda bo’y uzunligi qiymatidan oyoqlarning uzunligini ayirib tashlash yo’li bilan aniqlanadi. Erkaklarda bu qiymat o’rtacha 9–10 sm ni tashkil qiladi, ayollarda esa 11–12 sm ga teng. Bu indeks qiymati qanchalik kichik bo’lsa, o’z navbatida oyoqlar shunchalik meyordan uzun bo’lishi yoki aksincha holat kuzatilishi mumkin.
Ayrim boshqa turdagi indekslar qiymatlaridan foydalanishda o’rtacha qiymatlarga doimiy tuzatishlar kiritilishi talab qilinadi, bunda odam organizmining mashq qilganlik darajasi, yoshi va jinsi hisobga olinadi. Yakuniy holatda faqat umumiy majmuaviy tekshirishlar natijalari (YeKG, biokimyoviy tekshirishlar, antropometriya va boshqalar) asosida xulosalar chiqariladi



Yüklə 4,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə