Bolalar va o’smirlarning jismoniy rivojlanishini baholash. Tashqi ko’rikdan o’tkazish (somatoskopiya) Ishdan maqsad



Yüklə 4,71 Mb.
səhifə10/44
tarix28.11.2023
ölçüsü4,71 Mb.
#135089
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   44
Amaliy mashg\'ulotlar

Diametr o’lchamlarni o’lchash uchun maxsus sirkul moslamasidan (katta va kichik o’lchamli) foydalaniladi. Shkala bo’yicha hisoblashlar sirkulning o’lchov amalga oshirilayotgan tana sohasiga belgilangan tartibda joylashtirilishi vaqtida bajariladi.

11–rasm. Diametr o’lchamlarni o’lchash: a – bosh; b – yelka; v – ko’krak; g – son diametrini o’lchash
Jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanuvchi odamlarda jismoniy jihatdan rivojlanish darajasini o’rganish quyidagi vazifalarni hal qilishga yo’naltiriladi:

  • Tizimli tarzda jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishning odam organizmiga ta’sirini baholash;

  • U yoki bu sport turi bilan shug’ullanish uchun bolalar va o’smirlarni saralab olish;

  • Sport bilan shug’ullanishni boshlovchilardan tortib, sport ustasigacha darajadagi sportchilarda jismoniy jihatdan rivojlanishning ma’lum bir aniq qiymatda shakllanishini nazorat qilish.

Hozirgi vaqtda odam tanasining umumiy o’lchamlari, tana nisbatlari, konstitusiyasi va boshqa somatik xususiyatlarini aniqlash va tavsiflash bo’yicha V.V.Bunak, M.V.Chernoruskiy va V.P.Chtetsov tomonidan bir qator sxemalar, shkalalar, tiplar va tasniflashlar ishlab chiqilgan.
So’nggi yillar davomida turli xil antropometrik belgilarni o’zaro solishtirish yo’li bilan hisoblab chiqariluvchi baholash indekslaridan foydalanish usullari ishlab chiqilgan. Bu ko’rinishda amalga oshiriluvchi baholashlar anatomik – fiziologik jihatdan asosga ega bo’lmasada, bu ma’lumotlar faqat aholini yoppasiga ko’rikdan o’tkazish, jismoniy tarbiya seksiyalarida o’smirlarni saralashni amalga oshirish va shunga o’xshash maqsadlarda foydalaniladi.
Antropometrik belgilarni o’zaro solishtirish uchun baholash indekslari
Brok – Brugsh indeksi:

  • Tana bo’yi 155 – 165 sm holatda, bo’y – 100 sm;

  • Tana bo’yi 166 – 175 sm holatda, bo’y – 105 sm;

  • Tana bo’yi 175 sm dan ortiq bo’lgan holatda, bo’y – 110 sm.


Yüklə 4,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə