Bolalar va o’smirlarning jismoniy rivojlanishini baholash. Tashqi ko’rikdan o’tkazish (somatoskopiya) Ishdan maqsad



Yüklə 4,71 Mb.
səhifə8/44
tarix28.11.2023
ölçüsü4,71 Mb.
#135089
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   44
Amaliy mashg\'ulotlar

Mustaqil ish uchun vazifa



        1. Odam tanasining konstitutsional tuzilishini o’rganishdan

        2. Tana tuzilishining tiplari



3- Amaliy mashg’ulot.
Bolalar va o’smirlarning jismoniy rivojlanishini indekslar va koeffisiyentlar metodi yordamida baholash. Odam tanasining antropometrik (somatometrik) ko’rsatkichlari
Ishdan maqsad: Odam tanasining antropometrik (somatometrik) ko’rsatkichlari o’rganish.
Ishning borishi:
1. Ko’krak aylanasini va bo’y uzunligini o’lchash.
2. Bilak, son va toz aylanasini o’lchash.
3. Baholash indekslari.
4. Egiluvchanlik va harakatchanlikni o’lchash.
5. Bo’g’imlarda harakatchanlik (egiluvchanlik) darajasini baholash uchun
testlar
6. Xulosa.
Kerakli jihozlar: santimetrli tasma, tana konstitutsiyasiga oid rasm va plakatlar.
Jismoniy jihatdan rivojlanish darajasi morfologik va funksional belgilarni o’lchash asosida, amalda foydalaniluvchi usullar ma’lumotlari umumiyligi bo’yicha aniqlanadi. Bunda asosiy va qo’shimcha antropometrik ko’rsatkichlar mavjudligi qayd qilinadi.
Asosiy antropometrik ko’rsatkichlar tarkibiga – bo’y, tana vazni, ko’krak qafasi aylanasi (maksimal darajada nafas olish holatida, tinch holatda va maksimal darajada nafas chiqarilgan holatda), qo’l kaftlarining kuchi va asosiy kuch (bel muskullarining kuchi) kabilar kiritiladi. Bundan tashqari, jismoniy jihatdan rivojlanishning asosiy ko’rsatkichlariga tananing «faol» va «nofaol» to’qimalari o’rtasidagi nisbatning aniqlanishi (qotma tana, umumiy yog’lar miqdori) va tananing boshqa ko’rsatkichlari xam kiritiladi.
Qo’shimcha antropometrik ko’rsatkichlarga esa – o’tirgan holatda bo’y balandligi, bo’yinning aylanasi, qorin o’lchamlari, bel o’lchami, son va boldir o’lchamlari, yelka o’lchami, ko’krak qafasining sagittal va frontal diametri, qo’l uzunligi va boshqalar kiritiladi. Shunday qilib, antropometriya usuli o’z tarkibiga uzunlik, diametr, aylana va boshqa o’lchamlarni o’lchashni qamrab oladi.
Tik turgan holatda va o’tirgan holatda bo’yning uzunligi bo’y o’lchash moslamasi bilan aniqlanadi. Bo’y uzunligini o’lchash davomida mijoz vertikal joylashtirilgan ustunga orqasini tekizgan holatda joylashadi, oyoqlarining tovon qismi moslamaning quyi tag qismiga tegiziladi, shuningdek dumba sohasi va kuraklar o’rtasidagi soha ham o’lchash moslamasi ustuniga tegizilgan holatda bo’lishi talab qilinadi. Asbobning o’lchov moslamasi (planshet) bosh sohasiga tekkuniga qadar siljitiladi.
O’tirgan holatda tana bo’yini o’lchashda maxsus skameykaga o’tiriladi, vertikal holatda joylashtirilgan o’lchov ustuniga dumba sohasi va kuraklar o’rtasidagi soha tegiziladi.


Yüklə 4,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə