Bolalar va o’smirlarning jismoniy rivojlanishini baholash. Tashqi ko’rikdan o’tkazish (somatoskopiya) Ishdan maqsad



Yüklə 4,71 Mb.
səhifə5/44
tarix28.11.2023
ölçüsü4,71 Mb.
#135089
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Amaliy mashg\'ulotlar

Kerakli jihozlar: santimetrli tasma, tana konstitutsiyasiga oid rasm va plakatlar.
Ko’krak sohasining ko’rikdan o’tkazilishi uning shaklini aniqlash, nafas olish sharoitida ko’krak qafasining har ikkala qismlarining o’zaro bir – biriga simmetrik ko’rinishda joylashishi va nafas olish tiplari hisobga olinadi.
Odam tanasining umumiy tuzilishi (konstitusional tuzilish) tiplariga muvofiq holatda, ko’krak qafasining shakli quyidagi uchta tipda bo’lishi mumkin: ya’ni, meyoriy stenik, astenik va giperstenik tipda qayd qilinadi. Ko’pincha holatlarda odam organizmida ko’krak qafasining shakli aralash tipda bo’lishi xam kuzatiladi.
Meyoriy stenik tipdagi ko’krak qafasi uning oldingi va orqa, ko’ndalang va bo’ylama o’lchamlari nisbatlari o’zaro proporsional holatda bo’lishi, o’mrov ustki va ostki sohalari o’rtacha darajada ifodalanganligi bilan tavsiflanadi. Yelka kuraklari ko’krak qafasiga zich holatda yopishib turadi, qovurg’alar oralig’i sohasi yaqqol ifodalanmaydi. Qorin ustki qismi burchagi qiymati to’g’ri holatga yaqinlashadi va tahminan 90o ga teng hisoblanadi.
Astenik ko’krak qafasi – yetarlicha darajada yassi shaklda bo’lib, shu sababli uning oldingi – orqa o’lchamlari ko’ndalang o’lchamlariga nisbatan solishtirilganda meyoriy darajadan kamayganligi kuzatiladi. O’mrov ustki va ostki sohalari botiq holatda bo’lishi, kuraklar ko’krak qafasi sohasidan uzoqlashishi qayd qilinadi. O’ninchi (X) qovurg’aning chetlari erkin holatda joylashadi va paypaslab ko’rilganda osonlik bilan ko’krak qafasi sohasidan bo’rtib, ajralib turishi qayd qilinadi. Qorin ustki sohasi burchagi o’tkir burchakni xosil qilib, burchak qiymati 90o dan kichik bo’lishi kuzatiladi.
Giperstenik tipdagi ko’krak qafasi. Bunda ko’krak qafasining oldingi – orqa diametri meyoriy stenik tipga nisbatan kattaroq qiymatga ega hisoblanadi va shu sababli, ko’ndalang kesim o’lchamlari aylana shaklga yaqinlashadi. Qovurg’alararo oraliqlar tor ko’rinishda, umroq ustki va ostki sohasi kuchsiz ifodalanganligi qayd qilinadi. Qorin ustki sohasi burchagining qiymati 90o dan katta hisoblanadi.
Ko’krak qafasining patologik shakli ko’krak qafasi bo’shlig’ida joylashgan ichki organlarda turli xildagi kasalliklarga bog’liq jarayonlar ta’siri ostida yoki skletning deformattsiyaga uchrashi ta’sirida rivojlanadi. Jismoniy tarbiya bilan doimiy ravishda, kasbiy faoliyat sifatida shug’ullanuvchilarda ko’pincha voronka shaklidagi ko’krak qafasi, shuningdek raxit kasalligida kuzatiluvchi yoki qayiqsimon shakldagi ko’krak qafasi rifojlanishi kuzatiladi.


Yüklə 4,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə