Bolalar va o’smirlarning jismoniy rivojlanishini baholash. Tashqi ko’rikdan o’tkazish (somatoskopiya) Ishdan maqsad



Yüklə 4,71 Mb.
səhifə3/44
tarix28.11.2023
ölçüsü4,71 Mb.
#135089
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Amaliy mashg\'ulotlar

4-rasm. Qad–qomatning turlari: ameyoriy holatda; b – stulda o’tirgan holatsimon; vlordoz holatida; g – kifoz holatida; d – tik holatda (yassi).
Bundan tashqari, qad – qomatni ko’rikdan o’tkazishda maxsus asboblar yordamida xam tekshirishlar o’tkazilishi mumkin, jumladan bunda bo’yin va bel sohasidagi botiq sohalarining chuqurligi va umurtqa pag’onasining uzunligi o’lchanadi.
Meyoriy holatda rivojlangan qad – qomat quyidagi keltirilgan beshta belgisi bilan tavsiflanadi:
1. Umurtqa pog’onasining o’siqchali qismlarining ensa suyagi bo’rtig’idan pastga yo’nalgan va dumba sohasi oralig’idagi botiq soha yonidan o’tuvchi umurtqa o’qi bo’ylab joylashishi;
2. Yelkalarning bir – biriga nisbatan bitta balandlik darajasida joylashishi;
3. Ikkala yelka kuraklarining bitta darajada joylashishi;
4. Gavda va pastga osiltirilgan holatdagi qo’llar asosida yuzaga keluvchi uchburchak sohaning tomonlari (o’ng va chap) tengligi;
5. Sagittal tekislikda umurtqaning botiqlari to’g’ri holatda joylashishi (jumladan, meyoriy holatda bel sohasida bu botiq chuqurligi 5 sm gacha va bo’yin sohasida chuqurligi 2 sm gachani tashkil qiladi).




5-rasm. Qad – qomat: a – meyoriy holatda; b – skolioz.
Bir qator kasalliklar (skolioz, kifoz va boshqalar) rivojlanishi sharoitida qad – qomatning o’zgarishi kuzatiladi. Ko’pincha holatlarda ayrim sport turlari bilan shug’ullanish davomida erta muddatlarda o’smirlarning sport turlari (gimnastika, shtanga ko’tarish va boshqalar) bilan shug’ullanishga ixtisoslashtirilishi holatlarida umurtqa pag’onasining funksiyasi buzilishi va muskullar rivojlanishida muvozanat holati izdan chiqishi yuzaga kelishi mumkin va o’z navbatida ichki organlar funktsiyasi va umumiy holatda odam organizmining ish bajarish qobiliyati sezilarli darajada salbiy tomonga o’zgaradi.
Oyoq va tovon holatini tekshirish
Oyoqlarning shaklini tekshirishda tekshiriluvchi shaxs oyoqlari tag qismi bir biriga juftlanadi va gavda tik turgan holatda joylashadi. Meyoriy holatda oyoqlar tizza bo’g’imi sohasida bir – biriga tegib turishi kuzatiladi, tizza bo’g’imi sohasining O harfi shaklida kuzatilishida esa – oyoqlar bu qismi bir – biriga tegmaydi, X harfi shaklidagi ko’rinishda tizza bo’g’imi bir – biridan o’tib ketishi kuzatiladi.


Yüklə 4,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə