Bolalar va o’smirlarning jismoniy rivojlanishini baholash. Tashqi ko’rikdan o’tkazish (somatoskopiya) Ishdan maqsad



Yüklə 4,71 Mb.
səhifə7/44
tarix28.11.2023
ölçüsü4,71 Mb.
#135089
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   44
Amaliy mashg\'ulotlar

Gavda tuzilishi tananing o’lchamlari, shakli, tana qismlarining o’zaro muvofiqlikda joylashish nisbatlari (ya’ni, bitta tana organining boshqasiga nisbatan joylashish o’lchamlari nisbati) bilan aniqlanadi. Gavda tuzilishiga tekshirilayotgan odam shug’ullanuvchi sport turlari, ovqatlanish, atrof – muhit (iqlim sharoitlari) va boshqa omillar ta’sir ko’rsatadi. Gavdaning umumiy tuzilishi (konstitutsiya) – bu odam tana tuzilishining umumiy xususiyatlarini ifodalaydi. M.V.Chernoruskiy tomonidan konstitusiyaning quyidagi ko’rinishdagi uchta tipi o’zaro ajratib ko’rsatiladi: ya’ni, giperstenik, astenik va meyoriy stenik. Bu muallif tomonidan individ sifatida odam organizmining morfologik va shuningdek, funksional xususiyatlari hisobga olinadi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, giperstenik gavda tuzilishi tipida tananing ko’ndalang o’lchamlari qiymati ustunlik qilishi, boshning dumaloq shaklda bo’lishi, yuzlarning keng bo’lishi, bo’yinning qisqaligi va yo’g’onligi, ko’krak qafasi sohasining keng va qisqa bo’lishi, qorinning o’lchami kattaligi, oyoqlarning kalta va qalinligi, terining zichligi xos xususiyat hisoblanadi.
Gavda tuzilishining astenik tipida tananing bo’ylama o’lchamlari qiymati ustunlik qilishi qayd qilinadi. Astenik tipdagi tana tuzilishiga ega bo’lgan kishilarda yuz sohasi tor, bo’yin sohasi uzun va ingichka bo’lishi, ko’krak qafasi sohasi uzun va yassi holatda bo’lishi, qorin sohasi unchalik katta bo’lmasligi, oyoqlar ingichka bo’lishi, gavdaning muskullari kuchsiz rivojlanganligi va teri qoplamining oqish tusga ega bo’lishi xos xususiyat hisoblanadi.
Tana tuzilishining meyoriy stenik tipida tana qismlarining o’zaro nisbatlari proporsional bo’lishi qayd qilinadi.
Odam organizmining tanasi konstitusional tipi va uning u yoki bu turdagi kasalliklarga chalinishga moyilligi o’rtasida bog’liqlik mavjudligi aniqlangan. Shunday qilib, astenik tipdagi tana tuzilishiga ega bo’lgan odamlarda ko’proq sil (tuberkulyoz), oshqozon – ichak tizimi kasalliklari, gipersteniklarda esa – moddalar almashinuvi tizimi kasalliklari, jigar kasalliklari, qon bosimi ortishi (hafaqon yoki gipertoniya) va boshqa turdagi ayrim kasalliklarga chalinishga moyillik darajasi (beriluvchanlik) yuqori bo’lishi aniqlangan.
Conrad tomonidan (1963 yil) barcha mavjud morfologik belgilariga ko’ra, sportchilarning tana tuzilishi tiplari quyidagi ko’rinishda ajratib ko’rsatiladi: ya’ni, leptomorf, ateltomorf, piknomorf, metromorf (dolixomorfizm va braximorfizm namoyon bo’lishi darajasiga bog’liq holatda).
Ushbu holatda e’tibor berish kerakki, odatda sportchilarda aniq tipda ifodalangan tana tuzilishi tipi juda kam uchraydi. Bunda ko’proq u yoki bu tipdagi tana tuzilishi belgilarining ustunligi kuzatiluvchi, turli xil kombinatsion shakllarning kuzatilishi qayd qilinadi. Biroq, alohida sport turlari uchun xos bo’lgan tana tuzilishi tiplari mavjud. Ushbu ko’rinishda, basketbolchilar tana tuzilishida bo’yning uzunligi, og’ir atletikachilar va soqqa uloqtiruvchilarda esa – tana tuzilishi salmoqdorligi, sport gimnastikasi bilan shug’ullanuvchilarda tana tuzilishida bo’yning past bo’lishi ustuvorligi kuzatiladi va hokazo.



Yüklə 4,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə