Bolalar va o’smirlarning jismoniy rivojlanishini baholash. Tashqi ko’rikdan o’tkazish (somatoskopiya) Ishdan maqsad



Yüklə 4,71 Mb.
səhifə15/44
tarix28.11.2023
ölçüsü4,71 Mb.
#135089
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   44
Amaliy mashg\'ulotlar

4. Amaliy mashg’ulot.
Odam tanasining fiziometrik ko’rsatkichlarini o’rganish


Ishning borishi:
1. O’pkaning tiriklik sig’imini aniqlash.
2. Nafas olish soni va o’pka ventilyatsiyasini aniqlash.
3. Qo’l mushaklarining kuchini o’lchash.
4. Tananing mustahkamligi (chayirligi) ko’rsatkichini aniqlash.
5. Jismoniy jihatdan rivojlanishning proportsionalligi ko’rsatkichini aniqlash.
6. Bel muskullarining kuchi rivojlanishi ko’rsatkichini aniqlash
7. Xulosa.
Kerakli jihozlar: santimetrli tasma, tana konstitutsiyasiga oid rasm va plakatlar.
Fiziometriya organizmning fiziologik ko’rsatkichlari hisoblanib, ularga quyidagilar kiradi:

  1. O’pkaning tiriklik sig’imi maksimal darajada nafas olib, olingan nafasni maksimal chiqarishdagi havoning hajmi hisoblanadi. O’pkaning tiriklik sig’imi spirometr yordamida aniqlanadi. O’pkaning tiriklik sig’imi: erkaklarda 3500-4200 ml, ayollarda 2500-3000 ml, sportchilarda 6000-7500 ml

O’pkaning tiriklik sig’imini aniqlashda Lyudvig ko’rsatkichidan foydalaniladi:
Yerkaklar uchun: O’S= ( 40x L) + ( 30xP ) – 4400
Ayollar uchun: O’S= (40x L ) + ( 10x P ) – 3800
Bu yerda:
L- bo’y (sm da)
P- vazn ( kg da)
Masalan, ayolning bo’yi 172 sm, vazni 59 kg bo’lsa,
( 40x172)+(10x59) – 3800 = 3670 ml

  1. Nafas olish soni 1 daqiqa davomidagi nafas olishlar soni bo’lib, normada 14-18 bo’ladi. Fiziologik yuklama paytida bu son 2-2.5 martaga ortishi mumkin. Nafas olish sonini aniqlash uchun tekshiriluvchining ko’krak qafasiga qo’limizni qo’yamiz va tekshiriluvchiga bildirmagan holda nafas olish sonini sanaymiz. O’pka ventilyattsiyasini aniqlash uchun nafas olish soninini 1 daqiqa davomidagi nafas olishlar soniga ko’paytiramiz. Masalan: OV=18x500

  2. Dinamometriya qo’l mushaklarining kuchini o’lchash bo’lib, buning uchun dinamometrdan foydalaniladi. Tekshiriluvchi dinamometrni qo’l kaftlari orasiga oladi va barmoqlarini bukadi. 2-3 marta takrorlangandan so’ng natijalarning o’rtachasi olinadi. Qo’l dinamometriyasi qiymati o’rtacha erkaklar uchun tana vaznining 65–80% ini va ayollar uchun esa 48–50% ini tashkil qiladi.

  3. Tananing mustahkamligi (chayirligi) ko’rsatkichi (Pine usuli bo’yicha) tik turgan holatda tana bo’yi qiymati va tana vazni bilan ko’krak qafasi aylanasi qiymati yig’indisi o’rtasidagi farqlanishni ifodalaydi:


Yüklə 4,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə