Bolalar va o’smirlarning jismoniy rivojlanishini baholash. Tashqi ko’rikdan o’tkazish (somatoskopiya) Ishdan maqsad


–rasm. Tik turgan holatda va o’tirgan holatda tana bo’yini o’lchash usullari



Yüklə 4,71 Mb.
səhifə9/44
tarix28.11.2023
ölçüsü4,71 Mb.
#135089
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   44
Amaliy mashg\'ulotlar

9–rasm. Tik turgan holatda va o’tirgan holatda tana bo’yini o’lchash usullari.
O’tirgan holatda bo’y uzunligini o’lchashda olingan ma’lumotlar tananing boshqa bo’ylama o’lchamlari qiymatlari bilan solishtirish asosida tana qismlarining bir – biriga nisbatan o’lchamlari (proportsiyasi) aniqlanishida foydalaniladi. Antropometr asbobi yordamida tananing alohida qismlarining uzunligi o’lchanadi, jumladan bunda tananing yuqorigi qismlari, oyoqlar, gavdaning uzunligi o’lchanadi. Ushbu o’lchashlar natijalari antropologiyada qabul qilingan odam tanasining anatomik nuqtalarini aniqlashda yordam beradi. Har qanday bo’ylama o’lchamlarni aniqlash uchun ushbu o’lcham chegaralarini belgilab beruvchi, quyi va yuqorigi antropometrik nuqtalarning joylashish holati haqida ma’lumotlarga ega bo’lish talab qilinadi. Ularning balandligi o’rtasidagi farqlanish asosida asl, haqiqiy qiymat keltirib chiqariladi.

10–rasm. Antropometrik nuqtalarning joylashish sohalari
Tana uzunligi turli xildagi jismoniy yuklamalar ta’sirida sezilarli darajada o’zgarishga uchrashi mumkin. Ushbu ko’rinishda, basketbolda, voleybolda, balandlikka sakrashda va hakozo shunga o’xshash sport turlari bilan shug’ullanish davomida tana uzunligi ortishi kuchayadi, og’ir atletika, sport gimnatikasi, akrobatika kabi sport turlari bilan shug’ullanish davri davomida esa tananing bo’y ko’rsatkichlari qiymati kamayishi qayd qilinadi. Shu sababli, tananing bo’yi (uzunligi) u yoki bu sport turi bilan shug’ullanishni tanlab olishda mo’ljal olish uchun asos sifatida o’rin tutadi. Tik turgan va o’tirgan holatda tana uzunligi (bo’y) qiymatini bilish asosida tananing proporsionallik koeffitsentini (PK) hisoblab topish mumkin:

Bu erda L1 tik turgan holatda tananing bo’y uzunligi;
L2 – o’tirgan holatda tananing bo’yi uzunligini ifodalaydi.
Meyoriy holatda PK qiymati 87–92% ga teng bo’lib, ayollar organizmida erkaklar organizmiga nisbatan solishtirilganda bu qiymat biroz past bo’lishi kuzatiladi.
Tana vazni pishangli tibbiyot torozisi yordamida aniqlanadi. Tana vazni umumiy yig’indi ko’rinishda suyak – muskul apparati, teri ostidagi yog’ qatlami va ichki organlarning rivojlanish darajasini ifodalaydi.
Bosh, ko’krak, yelka, son, boldir sohalari aylanasi santimetrli o’lchov tasmasi yordamida o’lchanadi.
Qo’l muskullarining kuchi tana muskullarning rivojlanish darajasini tavsiflab beradi va bu qiymat qo’l dinamometri yordamida (kg hisobida) o’lchanadi. Bunda 2–3 ta o’lchash amalga oshiriladi va o’lchashlarda olingan qiymatlarning nisbatan eng kattasi qayd qilinadi. Bu ko’rsatkich qiymati yoshga, jinsga va sinovdan o’tayotgan odam shug’ullanuvchi sport turiga bog’liq.
Bel muskullarining kuchi orqaning yozuvchi muskullari sohasida bel uchun mo’ljallangan dinamometr asbobi yordamida o’lchanadi. Bunda bel sohasi muskullari kuchini o’lchashni amalga oshirishda ayrim ruxsat etilmagan holatlar belgilangan: jumladan, churra (chov sohasi churrasi, kindik sohasi dabbasi, Shmorl churrasi va boshqa churra turlarida, hayz ko’rish davrida, homiladorlik davrida, hafaqon kasalligida, miopiya sharoitida (5 va undan ortiq sonda qayd qilinganda) va boshqa bir qator holatlarda bel sohasi dinamometriya usulidan foydalanish tavsiya qilinmaydi.

Yüklə 4,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə