Book · January 013 citation reads 419 1


Jamiyatning tabiatga nisbatan iqtisodiy munosabat shakli



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə8/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   144
Ekologiyanazariyasi

Jamiyatning tabiatga nisbatan iqtisodiy munosabat shakli — iqtisodiy madaniylashgan kishilarning o‘z moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish uchungina, atrof tabiatni iste’molchilik psixologiyasi pozitsiyasidan turib foydalanishi natijasida atrof tabiiy muhitning ifloslanishi, tabiiy resurslarning kamayishi va tabiiy tizimlarning o‘zgarishiga olib kelgan hayot tarzi. Kishilarlarning bunday hayot tarzi ekologik tizimlarni katta maydonlarda va keng (global) miqyosda buzdi. Bu davrda, garchand insoniyat tarixida ilk bor yuridik elementlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishiga qaramasdan, kishilarning ongi, bilimi va madaniyati iste’molchilik psixologiyasida edi.
Katta tarixiy muddatni o‘z ichiga olgan, hanuzgacha rivojlanayotgan va bozor munosabatlariga o‘tayotgan mamlakatlarda o‘z asoratini saqlab kelayotgan ushbu munosabat shakli iqtisodiyotni har qanday atrof-muhit muhofazasidan ustuvor ekanligini namoyon etmoqda. Garchand bunday o‘lka va mamlakatlarda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va uning resurslaridan samarali foydalanish borasidagi huquqiy-me’yoriy hujjatlar yetarli darajada bo‘lsa-da, lekin ularning amaliy tatbiq etish mexanizmi ishlab chiqilmagan yoki ommalashtirilmagandir. Aks holda huquqiy demokratiya va adolat mezonining o‘chog‘i bo‘lmish AQSH preriyalarida, XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning birinchi yarmida, son-sanoqsiz bizonlar yoppasiga qirib tashlanganligi, o‘rmonlar maydoni ikki barobargacha qisqargani, yemirilgan va yuvilgan yerlar 40 mln gektarga yetgani, qishloq xo‘jaligi oborotidan 58 foiz unumdor yerlar chiqib ketganligini qanday tushunish mumkin. Ilmiy texnika yutuqlari u davrda atrof tabiiy muhit xavfsizligini saqlab qolishga emas, balki global miqyosda qurolli to‘qnashuvlar va sovuq urushlarda g‘olib chiqish, ma’lum bir qatlamdagi aholini boyitishga xizmat qilgan. Shuning uchun ham J.B. Lamark 1820–1960-yillarni «inqilobiy sanoat yuksalishi», tabiiy ti- zimlarni esa inqirozga tomon «sudralish» davri, deb bejiz aytmagan.
Shunday qilib, atrof tabiiy muhit inqirozi kishilar faoliyatini unga ta’sirining uch oqibatlar majmui — tabiiy resurslarning kamayishi, atrof tabiiy muhitning ifloslanishi va tabiat tizimlarining buzilishi mahsulidir.
Tabiiy resurslarning kamayib va yo‘qolib borishi hamda atrof tabiiy muhitning ifloslanishi tabiiy tizimlarning buzilishiga va inqirozlarning kelib chiqishiga olib keldi. Tabiat va jamiyat o‘rtasidagi inqiroz o‘zaro munosabat muvozanatining barqaror buzilishiga, insoniyatni yuzaga kelgan holatdan chiqa olmasligiga hamda buzilgan tabiat tizimlarini tiklash imkoniyatlari yo‘qolishiga olib kelmoqda. Chunki, tabiatda modda va energiyaning aylanish zanjirida turgan biron-bir tabiiy obyektning yo‘qolishi yoki ifloslanishi natijasida uning kamayib ketishi tabiatni o‘z-o‘zini asrash, tashqi kuchlarga qarshi turish va qayta tiklash xususiyatlarini yo‘qotib qo‘yadi.
1.2.1-rasm. Orol dengizi (ko‘li) va okean suvining sho‘rlanish darajsi.
Atrof tabiiy muhit inqiroziga misol tariqasida Orol dengizi, to‘g‘rirog‘i ko‘lining atrofidagi holatni olish mumkin. Qachonlardir dunyoda eng katta ko‘llar toifasiga kirgan Orol dengizi tarixan juda qisqa muddat ichida, ya’ni 40–50 yil ichida eng sho‘r (1.2.1-rasm), ifloslangan va xalq xo‘jaligi ahamiyatiga deyarli ega bo‘lmagan o‘rtacha ko‘llar toifasiga kirib qoldi. Buning asosiy sabablaridan biri – Amudaryo va Sirdaryo suv rejimining keskin o‘zgarishi. 1982–1983-yillarga kelib ikki sersuv daryolarning Orolga quyilishining 13–14 barobarga kamayib ketishidadir. Natijada, Orol dengizining suv sathi 18 metrga, suv yuzasi 2,5 barobarga, suv hajmi 6 barobarga kamayib ketdi. Suvdan qurigan yuza 4,3 mln gektarni tashkil qilgani holda deflatsiya (shamol eroziyasi) natijasida tuzlar minglab kilometr doirada atrof-muhitni ifloslantirmoqda. Amudaryo va Sirdaryo suvlarining og‘ir metallar, pestitsid, gerbitsid kabi kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi va sho‘rlanishi natijasida
ularning suvidan ichimlik suvi sifatida foydalanib bo‘lmasligini mutaxassislar isbot qilib berishdi. Qachonlardir baliqchilik va ov qilish maskani bo‘lgan Quyi Amudaryo qurigan qoldiq ko‘llar va sho‘rlangan tuproqlar maskaniga aylanib qoldi.
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi va Markaziy Osiyo davlatlarining birgalikdagi sa’y-harakatlari tufayli 1995–1997-yillarga kelib Orol dengiziga suv quyilishi 15–17 km3 gacha ko‘paytirildi. Yopiq havzaning suv taqsimoti xalqaro shartnoma va kelishuvlar orqali tartibga solinishiga harakat qilinmoqda.
Iqtisodiy munosabat shakli davriga xos ekologik qonunlardan bo‘lmish Mazovlarning XIII–XIV asrlarda
«O‘rmon, tur, zubr va tarpanlar muhofazasi», Litva knyazi Sigizmund II ning «Volok nizomi»da baliqlarni urchish davrida ov qilish man etilgan. XIV asrda Fransiyada «Suvlar va o‘rmonlar» maxsus boshqarmasi tuzilgan bo‘lib, o‘rmonlarni muhofaza qilish ularning vazifasiga kiritilgan. Qadimgi Vilgelm podshohligi davrida kiyik, yovvoyi cho‘chqa va hattoki, quyonlarni o‘ldirganlari uchun kishilar o‘lim jazosiga mubtalo etilgan. Ammo bu qonunlar ko‘proq tabiiy muhitni emas, balki feodal mulkni saqlab qolish va muhofaza qilishga qaratilgan edi, xolos.

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə