Book · January 013 citation reads 419 1


-bob. TABIAT-JAMIYAT MUNOSABATLARI VA



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə4/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   144
Ekologiyanazariyasi

Abdulqosim Firdavsiy


1-bob. TABIAT-JAMIYAT MUNOSABATLARI VA


ULARNI UYG‘UNLASHTIRISH ZARURATI


    1. Tabiat, inson, jamiyat, davlat va hamjamiyat munosabatlari


Asrlar davomida buyuk allomalar tabiat, inson, jamiyat va hamjamiyat nima, ular o‘rtasida qanday aloqadorlik bor va u qanday bo‘lishi kerak, degan savolga javob qidirib kelganlar1. Inson tirik organizm sifa- tida boshqa tabiiy obyektlardan tubdan farq qilishi hamda uning buyuk kuch-qudrati, odamzodni alohida bir mavjudod sifatida qarashga olib keldi. Ayniqsa bunday dunyoqarash XX–XXI asrlar, ya’ni ilmiy-texnika inqilobi davriga kelib juda avjiga chiqdi. «Tabiat ustidan g‘alaba»ga erishgan inson barcha ilm-u fan tarmoqlarida alohida bir kuch-qudrat sifatida qaraladigan bo‘ldi. Lekin u aslida alohida bir «individ» yoki hech kimga bo‘ysunmaydigan «hokim» emas, balki tabiatning bir bo‘lagi, «tabiat oshxonasining bir anjomidir». Insonni hech qachon tabiatdan va uni o‘rab turuvchi atrof-muhitdan ajratib bo‘lmasligiga shu kunda barcha progressiv aholining ishonchi hosil bo‘ldi.
Falsafada tabiat obyektiv borliq, ya’ni bizni o‘rab turuvchi olam va uning xilma-xil shakllari, deb tushuniladi. Amaliyotda yoki tabiiy fanlarda esa uni va barcha tirik organizmlarning ehtiyojlarini qondirish



1 Н.Ф. Реймерс. Надежды на выживание человечества: Концептуальная экология. – М.: «Россия молодая». – Экология., 1992.
C. 214–282.

manbai bo‘lgan atrof-muhit deb qaraladi. Falsafa yoki astronomiya nuqtayi nazaridan qaraganda son- sanoqsiz yulduzlar, osmon va uning cheksiz kengliklari, albatta, inson ishtirokisiz kelib chiqqan va tabiiydir. Lekin organizmlar, jumladan insonlar ham o‘zlarining kundalik hayotiy faoliyatlarida ulardan foydalanmaydilar va ulardagi jarayonlarga o‘z ta’sirini o‘tkaza olmaydilar. Balki barcha tirik mavjudod o‘zlarini o‘rab turuvchi havo (to‘g‘rirog‘i, atmosfera havosi), suv, yer, tuproq, yer osti boyliklari, o‘simlik va hayvonot dunyosi kabi tabiat ne’matlaridan «oldi-orqasi»ga qaramasdan foydalanadilar va ularga ijobiy, aksariyat hollarda salbiy ta’sir etadilar.
Inson Yer kurrasining jonli qobig‘i biosferada yashovchi organizmlar turkumiga kiruvchi, lekin murakkab hayotiy faoliyat yurituvchi individdir. U ongining yuqoriligi, nutqining rivojlanganligi, ijodiy faolligi, takomillashgan mehnat qurollarini yaratishi, axloqiy, ma’naviy hamda ruhiy o‘z-o‘zini anglay olishi bilan boshqa tirik organizmlardan tubdan ajralib turadi. Insonni boshqa insonlar bilan ma’lum bir hududda tarixan qaror topgan guruhi yoki uyushmasi jamiyatdir. Xuddi ana shu insonlar jamoasi tabiat bilan o‘zaro juda ta’sirchan munosabatda bo‘ladi.
Insonning yakka o‘zi uncha katta kuch emas, ammo ularning ongli ravishda biron-bir maqsadni ko‘zlab, takomillashtirilgan mehnat qurollaridan foydalangan tarzda uyushgan holdagi jamoasining, ya’ni jamiyatning tabiatga bo‘lgan munosabati ko‘p narsani belgilab beradi. Agarda jamiyat o‘z kundalik ehtiyojlarini qondirishni faqatgina tabiatdan izlashni maqsad qilib olsa, atrof tabiatda juda sezilarli darajada salbiy o‘zgarishlar sodir bo‘lishi hech gap emas. Aksincha, ushbu jamiyat kuchi tabiatni asrashga, undan oqilona foydalanish va buzilgan tabiat majmualarini qayta tiklashga qaratilgan bo‘lsa, u holda atrof tabiiy muhitda ijobiy o‘zgarishlar yuzaga kelishi ham mumkin.
Insonlarning, to‘g‘rirog‘i fuqarolarning muayyan ma’muriy hududda uyushgan qismi, ya’ni davlat orqali salbiy yoki ijobiy jarayonlarga huquq orqali ta’sir etishi tabiatni, xususan atrof tabiiy muhitni keskin o‘zgartirib yuborishi muqarrardir. Lekin atrof tabiiy muhitni ma’lum bir mamlakatda, salbiy yoki ijobiy o‘zgarishi hozirgi ilmiy-texnik inqilob davrida, albatta, o‘zga davlat yoki davlatlarga, ya’ni hamjamiyatga bevosita bog‘liqligi isbot talab etmaydi. Bunga Chernobil AES falokatining global miqyosdagi atrof-muhitga bo‘lgan salbiy ta’sirini yoki Janubiy Amerikadagi Amazonka daryo havzasidagi tropik o‘rmonzorlarning Yer planetasi atmosfera havosiga ijobiy ta’sirlarini misol qilib ko‘rsatish mumkin. Xullas, inson, jamiyat, davlat va hamjamiyat o‘zaro uzviy bog‘langan, biri ikkinchisidan, ikkinchisi uchinchisidan, uchinchisi to‘rtinchisidan yoki aksincha kelib chiqadigan kishilik jamiyatining turli shakllaridir. Ular doimo atrof tabiiy muhit bilan uzviy bog‘langan.
Yana bir atamaga qo‘llanmaning boshidanoq aniqlik kiritib olishimizga to‘g‘ri keladi. Insonlarni o‘rab turuvchi tabiatni turli adabiyotlarda, ommaviy axborot vositalarida turlicha – «atrof-muhit», «atrof tabiiy muhit», «insonlarni o‘rab turuvchi muhit», «insonlarning yashash muhiti», deb ataydilar. Xo‘sh, qaysi bir ibora ilmiy-amaliy nuqtayi nazardan to‘g‘ri? Albatta, yuqorida nomlari keltirilgan iboralarni turlicha ishlatilishi tabiiy hol. Chunki, har bir muallif o‘zining ixtisosligi, yozma asarining kimlarga bag‘ishlanganligi va hattoki uning kasbiy mahorati hamda ilmiy darajasiga qarab mazkur iboralarni turlicha ifoda etishi mumkin. Nima bo‘lganda ham biz ushbu iboralarga ilmiy izoh berishga harakat qilamiz.

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə