Book · January 013 citation reads 419 1



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə3/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   144
Ekologiyanazariyasi

MUQADDIMA


Islom Karimov

Ko‘pgina fanlarda bo‘lgani kabi «Ekologiya»ning ham hanuzgacha o‘z yechimini topmagan ilmiy-nazariy asoslari mavjud. Aynan, fundamental nazariy asos muayyan fan yoki fanlar tizimining mazmun va mohiyatini, uni boshqa fanlardan ajratib turadigan o‘ziga xos xususiyatlarini, unga oid ta’lim, tarbiya va kadrlar tayyorlash siyosatini aniqlaydi, tarixi, hozirgi holati va rivojlanish bosqichlarini tasniflash kabi fundamental jihatlarini ochib beradi. Nazariya esa qotib qolgan dogma emas, u zamonga mos ravishda o‘zgaradi, rivojlanadi va takomillashib boradi.
Hammamizga ma’lumki, barcha fanlarning «ildizi» falsafaga borib taqaladi. Falsafada nazariya – bilimning biror-bir sohasiga oid g‘oyalar tizimi yoki voqelik qonuniyatlari va undagi muhim aloqalar haqida bir butun tasavvur beradigan bilim shakli. Nazariyaga nisbatan falsafiy qarash ekologiya nazariyasiga oid qarashlarni yoki qarashlar konsepsiyasini shakllantirishda quyidagi elementlarga, to‘g‘rirog‘i, yo‘naltiruvchi qoidalar-prinsiplarga e’tiborimizni qaratishga chaqiradi: tajribadan kelib chiqish; voqea va hodisalarga chuqurroq kirib borish; yangi g‘oyalarni avvaldan ko‘ra bilish; amaliyot bilan uzviy bog‘lanish; gipoteza yaratish; gipotezani hayotda isbotlash; ilmiy bashoratlash. Nazariya amaliyot bilan uzviy bog‘landagina u yashovchan bo‘ladi, harakat va rivojlanish quroliga aylana oladi. Ekologiya nazariyasida, uning ilmiy asoslarini ochib berishda ham biz aynan yuqorida sanab o‘tilgan prinsipial qoidalarga amal qilishga harakat qilamiz.
Fundamental davlat loyihasi asosida bajarilgan ushbu o‘quv qo‘llanmada ilk bor «Ekologiya»ning ilmiy-nazariy asoslarini ochib berishga intildik. O‘quv qo‘llanma, «Umumiy ekologiya» yoki «Ekologiya asoslari» yo‘nalishida chop etilgan o‘quv adabiyotlaridan farqli ravishda, «Falsafa»ning fan metodologiyasidagi yangi fan uchun qo‘yiladigan talablaridan kelib chiqqan tarzda bayon etilgan. Unda hozirgi kunda yuzaga kelayotgan tabiat-jamiyat munosabatlari- ning ilmiy tahriri, ekologiyaning tushunchasi, obyekti, predmeti, metodologiyasi, metodlari, konsepsiyalari va prinsiplari, muammolari va ularning nazariy jihatlari bayon etilgan. Eng asosiysi, o‘quv qo‘llanmada «Ekol ogiya» mustaqil fan sohasi, ta’lim yo‘nalishi va amaliyot tarmog‘i ekanligi ilmiy jihatdan isbotlangan. Biz tomondan yaratilgan avvalgi o‘quv adabiyotlarda bo‘lgani kabi qo‘llanmada mavzuga oid sitatalar, turli shakl va ko‘rinishdagi jadval hamda rasmlar, takrorlash uchun savollar va topshiriqlar, glossariy, Internet veb saytlari bilan boyitilganligi, ya’ni ta’limning zamonaviy talablaridan keng qo‘llanilganligi bilan ajralib turadi.
Ekologiyaning ilmiy-nazariyasiga oid tadqiqotlar juda kam bo‘lgani uchun ham ushbu o‘quv qo‘llanma o‘zining optimal
holatiga yetgan, deya olmaymiz. Uni takomillashtirish Siz va bizning kelajakdagi dolzarb vazifalarimizdan biridir.
Har nechuk ilmdan eshitsang bir so‘z, Uni tinmay o‘rgan kecha-yu kunduz. Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on, Shunda bilursan, ilm bepayon.

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə