Book · January 013 citation reads 419 1



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə9/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   144
Ekologiyanazariyasi

Jamiyatning tabiatga nisbatan iqtisodiy-ekologik munosabat shakli mavjud ekologik tizimlarni saqlab qolish darajasidagi kishilarning hayot tarzi. Bunda kishilarning har qanday shakldagi ekologik ha- rakatlari davlat tomonidan to‘laligicha qo‘llab-quvvatlanadi. Tabiiy resurslarni kamaytirish va atrof- muhitni ifloslantirish nafaqat fuqarolarga, hattoki davlat idoralari xodimlariga na moddiy va na ma’navi y foyda keltiradi. Masalan, AQSH «Atrof tabiatni muhofaza qilish milliy siyosati» (NEPA) qonuniga binoan, hamma jismoniy, yuridik shaxslar, hattoki, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari ham biron -bir tabiiy obyektdan foydalanishlaridan avval turli ko‘rinish va shakldagi ekologik test sinovlaridan o‘tadilar va tabiatga ta’sir etishi «ariza»sini topshiradilar. Test sinovlari natijasining biron bosqichidanoq 10%
«ariza»lar sudlarga kelib tushadi. AQSH Prezidentining ijroiya qo‘mitasi qoshidagi Tabiatni muhofaza qilish Kengashiga kelib tushgan arizalar ro‘yxati va sudlarning qabul qilgan qarorlari to‘g‘risida ochiq ma’lumotlar e’lon qilinadi. Undan tashqari, tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha har bir shtat o‘ziga yarasha qonun qabul qilish imkoniga ega. Chunki, shtatdagi ekologik holat, avvalambor, mahalliy aholiga ta’sir qiladi-da.
Tabiiy muhitni inqirozga, ijtimoiy muhitni falokatga olib kelmaslik uchun biz yaqin kelajakda bosqichma- bosqich ekologik munosabat shakliga o‘tib olishimiz zarur. Jamiyatning tabiatga nisbatan ekologik munosabat shakli atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik tizimlarni qayta tiklash hamda sog‘lomlashtirishga qaratilgan kishilarning hayot tarzi. Ekologik munosabat shaklida davlat boshqaruv tizimi, avvalambor, ekologik nobop hudud va obyektlarni tiklashga qaratiladi. Bunda ishlab chiqarish texnologiyasi, birinchi navbatda, kam chiqitli yoki yopiq – chiqitsiz siklni talab etadi. Ekologik ong va madaniyat kishilarning jamiyatda tutgan o‘rni va ijtimoiy nufuzini belgilovchi asosiy mezonlardan biridir. Ekologik qonunlar va normativ hujjatlar nafaqat bevosita, balki bilvosita ham ekologiyalashtirilgan, amaliy tatbig‘i esa ekologik-huquqiy mexanizmga to‘liq asoslanishni taqozo etadi. Tabiiy resurslardan foydalanishni cheklash va tabiiy obyektlarni qayta tiklash bir mamlakat miqyosida emas, balki ekologik xavfli hududlar bo‘yicha amalga oshiriladi va davlatlarning alohida muhofaza qilish obyektiga kiritiladi. Ekologik muammolar davlatlarning yangi barqaror rivojlanish konsepsiyasi nuqtayi nazaridan hal etiladi.
Jamiyatning tabiatga nisbatan yuqorida qabul etilgan beshta munosabat shaklini aniqlab olish davlatlarning ekologik siyosatini belgilashda hamda qonunchilik tizimini yo‘lga qo‘yishda dasturulamal bo‘lib qoladi.

    1. Yüklə 4,14 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə