Book · January 013 citation reads 419 1


Kishilik jamiyatining tabiatga nisbatan munosabat tarixi, hozirgi holati va kelajagi



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə6/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   144
Ekologiyanazariyasi

Kishilik jamiyatining tabiatga nisbatan munosabat tarixi, hozirgi holati va kelajagi


Tabiatni muhofaza qilishda avvalambor shaxs, jamiyat, davlat va hamjamiyatning tabiatga nisbatan qarashlari aniqlaniladi va unga mos ravishda siyosat ishlab chiqiladi va tegishli huquqiy me’yorlar qabul qi- linadi. Kishilik jamiyati tarixida tabiatga nisbatan qanday munosabat bo‘lganligi, qandayligi va qanday bo‘lishi lozimligi ekologiya fanining yuzaga kelishi, rivojlanishi va istiqbollarini belgilab bermoqda. Chunki, Yer sayyorasida sodir bo‘layotgan tabiiy jarayonlarning deyarli 90 foizida inson faoliyatining mahsuli aks etmoqda. Bu jarayonlarni doimo ham ijobiy deb bo‘lmaydi. Chunki, organizmlar uchun xavfsiz muhit, jumladan, insonlarning muhim hayotiy manfaatlari va avvalambor toza, sog‘lom va qulay tabiiy sharoitga ega



2 Avesto. Asqar Mahkam tarjimasi. – T.: «Sharq», 2001. 384 b.
bo‘lish huquqini to‘la qondirishga qodir bo‘la oladigan atrof tabiiy va ijtimoiy muhit holati inqiroz va falokat
tomon intilib bormoqda3. Uni oldini olmaslik o‘zini o‘zi o‘limga mahkum etish bilan barobardir4.
Kishilik_jamiyatining_tabiatga_nisbatan_munosabat_shakli'>Kishilik jamiyatining tabiatga nisbatan munosabat shakli – muayyan davrdagi kishilarning atrof tabiiy muhitga uzviy bog‘langan hayot tarzi. Agar jamiyatning tabiatga nisbatan munosabatlarini insoniyat tarixi nuqtayi nazaridan qaraganda uni quyidagi shakllarga ajratish mumkin: oddiy, oddiy-iqtisodiy, iqtisodiy, iqtisodiy-ekologik, ekologik.
Kishilik jamiyatining tabiatga nisbatan oddiy munosabat shakli ekologik tizimni buzmaydigan kishilarning soddalashtirilgan hayot tarzi. Garchand ibtidoiy kishilik jamiyati formatsiyasi odamlarning Yer kurrasida paydo bo‘lishidan (5–6 mln yil avval) to sinfiy jamiyat yuzaga kelguniga qadar bo‘lgan ijtimoiy tarixni o‘z ichiga oladi. Ibtidoiy jamoada ishlab chiqarish kuchlari va mehnat qurollarining takomillashmaganligi uchun ham ularning hayot tarzi tabiatning bir qismi sifatida kechgan. Tabiiy muhit holati esa organizmlar, xususan, odamlar uchun nisbatan qulay darajada bo‘lgan.
Kishilarning ibtidoiy jamoa bo‘lib yashash davrida ham odamlar o‘zlarining faoliyatlarini tabiatga qanday ta’sir etayotganligi haqida o‘ylab ko‘rganlar va ularning hayotiy zarur ehtiyojlari hisoblangan tabiiy obyektlarni saqlab qolishga uringanlar. Mevali o‘simliklarni saqlash va hayvonlarni ov qilish me’yorlarini odamlar og‘zaki ravishda kelishib olganlar. Bunday og‘zaki qoidalarni buzganlar esa jamoa boshlig‘i tomonidan hatto o‘lim jazosiga ham mahkum etilganlar.
Ekolog-huquqshunos olimlar5 jamiyatni tabiatga bo‘lgan munosabat shakllarini uch ko‘rinishda ifoda etadilar — oddiy, iqtisodiy va ekologik. Lekin jamiyatda, ayniqsa, tabiat qonun va qonuniyatlarining vaqt mobaynida o‘zgarib borishi inqilobiy tarzda emas, balki evolutsion tarzda kechmoqda6. Shuning uchun ham kishilik jamiyatining tabiatga nisbatan munosabatlari evolutsion tarzda shakllana borgan va u bir shakldan ikkinchi bir shaklga bosqichma-bosqich o‘tgan, ya’ni oraliq ko‘rinishdagi shakllarda (oddiy-iqtisodiy, iqtisodiy-ekologik) ham bo‘lgan, deya e’tirof eta olamiz.

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə