Book · June 020 citations reads 18,691 author


 Loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish. Loyihaning investitsion g’oyasini



Yüklə 2,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/181
tarix19.12.2023
ölçüsü2,83 Mb.
#151067
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   181
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

3.2. Loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish. Loyihaning investitsion g’oyasini 
shakllantirish 
Ba’zi xollarda investitsiya loyihasining bu hayotiy sikl bosqichining 
davomiyligini aniqlash juda qiyin kechadi.
Jahon amaliyotida investitsiya oldi fazasini quyidagi bosqichlari mavjud: 
1. Investitsiya g’oyalarining shakllanishi, ya’ni g’oyani tanlash va dastlabki 
asoslash yoki dastlabki investitsion konsensiyani shakllantirish (opportunity studies); 
10
Каримов Н.Ғ. Инвестицияларни лойиҳавий молиялаштириш. «Бозор, пул ва кредит» журнали, 2000. – Б. 41. 


63 
2. Investitsiya imkoniyatlarini izlash, ya’ni ishlab chiqariladigan mahsulotga 
talabni o’rganish, loyihaning qiymati va uning samarasini aniqlash (pre – feasibility 
studies); 
3. Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishi yoki uning texnik - iqtisodiy va 
moliyaviy maqbulligini baholash (feasibility studies); 
4. Baholovchi xulosani tayyorlash va investitsiyalash uchun qaror qabul qilish 
(final evaluation). 
Investitsiya g’oyalarining shakllanishi bosqichida, bu g’oyani tanlash, uni 
dastlabki asoslash, loyihada ko’rsatilayotgan ishlab chiqarishni tashkil etish, texnik, 
innovatsion va ekologik nuqtai nazardan bir qarorga kelish, loyihani amalga oshirish 
davomida qo’yiladigan boshqa talablarga javob berish, investitsiya g’oyasining 
ustunligini tarmoq, xududiy va davlat idoralari bilan dastlabki kelishuv, loyihani 
amalga oshira oladigan korxonani dastlabki tanlash va ma’lumotlar memorandumini 
tayyorlash ishlari ko’rib chiqiladi.
Investitsiya imkoniyatlarini izlash bosqichi, eksport va importni hisobga olgan 
xolda mahsulot va hizmatlarga bo’lgan talabni dastlabki o’rganish, mahsulot va 
hizmatlar bazaviy, joriy va prognozlashtirilayotgan narhlari darajasini baholash
loyihani amalga oshirish bo’yicha huquqiy-tashkiliy takliflar va loyiha ishtirokchilari 
tarkibi, tahmin qilinayotgan investitsiya xajmlarini baholash, loyihaning texnik-
iqtisodiy asoslari bo’limlari bo’yicha dastlabki baholashni tayyorlash, shu jumladan 
loyihaning samaradorligini baholash, potensial investorlar uchun investitsion takliflar 
tayyorlashni o’z ichiga oladi.
Mablag’larni loyihaga investitsiyalashdan oldin bajariladigan muhim ishlardan 
biri bu loyiha bo’yicha investitsiya imkoniyatlarini aniqlashdir. Salohiyatli 
investorlar, ular qanday bo’lishidan qat’iy nazar rivojlangan yoki rivojlanayotgan 
davlatlarda yuzaga kelayotgan investitsiya imkoniyatlari to’g’risida ma’lumot olishga 
qiziqishadi. Bunday investitsiya loyihalari bo’yicha ma’lumotlarni o’rganish va tahlil 
etish ikki xil yo’nalishda amalga oshiriladi: 
1. Iqtisodiyot sektori darajasi bo’yicha yondashish (makro). 
2. Korxona darajasi bo’yicha yondashish (mikro). 


64 
Iqtisodiyot sektori darajasi bo’yicha izlanishlarni olib borish o’sha davlatning 
butun investitsiya salohiyatini (potensialini) hamda bu davlatga boshqa davlatlar 
tomonidan investitsiya qilinishi mumkin bo’lgan mablag’lar hajmini o’rganish va 
taxlil qilishni o’z ichiga oladi. 
Korxona miqyosidagi tahlil aniq investitsiya loyihasi bo’yicha qo’yilayotgan 
talablardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. 
Loyiha bo’yicha investitsiya imkoniyatlarini o’rganish va taxlil qilishda 
quyidagi omillarga alohida e’tibor beriladi: 
- umumiy investitsiya muhiti, shart-sharoitlar; 
- qayta ishlanishi mumkin bo’lgan tabiiy boyliklar va xom ashyo resurslari
- ishlab chiqarilishi mo’ljallanayotgan tovarga (xizmatga) kelgusidagi talab 
(aholini o’sishi hisobiga, aholi xarid qobiliyatining o’sishi hisobiga va boshqa 
omillar); 
- loyihaning atrof-muhitga ta’siri; 
- boshqa tarmoqlar bilan kelgusidagi o’zaro aloqasi va imkoniyatlari; 
- diversifikatsiyalash imkoniyati. Masalan, neft-ximiya majmuasidan 
formatsevtik ishlab chiqarishga o’tish; 
- ishlab chiqarish resurslarining mavjudligi va ularning qiymati; 
- eksport imkoniyatlari; 
- import o’rnini bosadigan mahsulotlarni ishlab chiqarish. 
Investitsiya imkoniyatlari bo’yicha izlanishlar yuqorida keltirilgan omillar 
bo’yicha har birining aloxida tahliliga emas, balki umumiy baholashga asoslanadi. 
Loyiha g’oyasini rivojlantirish uchun aniq takliflar kiritishda talab etiladigan 
ma’lumotlarni miqdoriy baholash uchun investitsiya imkoniyatlarini tadqiq etish 
asosiy vosita hisoblanadi. Bunda quyidagi jihatlar tahlil etiladi: 
- qayta ishlovchi sanoat uchun kerakli bo’lgan tabiiy resurslar; 
- qishloq xo’jaligiga asoslangan sanoat tarmog’i uchun asos bo’lgan amaldagi 
qishloq xo’jaligi tarkibi; 
- muayyan iste’mol talablariga kelgusi talab, aholi o’sishi hisobiga ortib 
boruvchi talab; 


65 
- atrof-muhitga ta’sir ko’rsatish; 
- qayta ishlovchi sanoat sektori; 
- mahalliy yoki transmilliy va boshqa tarmoqlar bilan mumkin bo’lgan 
aloqalar; 
- umumiy investitsiya muhiti; 
- ishlab chiqarish siyosati; 
- ishlab chiqarish omillarining mavjudligi va qiymati; 
- eksport salohiyati va boshqalar. 
Umumiy imkoniyatlarni tadqiq etishni quyidagi uchta kategoriyaga ajratish 
mumkin: 
1. Hududdagi imkoniyatlarni aniqlash uchun belgilangan izlanishlar. 
2. Sanoat sohasidagi, masalan, qurilish materiallari yoki oziq-ovqat 
mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi imkoniyatlarni - aniqlash uchun belgilangan 
izlanishlar. 
3. Tabiiy resurslar, qishloq va sanoat mahsulotlaridan foydalanishga (neft, 
ximiya, metallurgiya, yog’ochni qayta ishlash) asoslangan imkoniyatlarni aniqlash 
uchun belgilangan izlanishlar. 

Yüklə 2,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə