Book · June 020 citations reads 18,691 author



Yüklə 2,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/181
tarix19.12.2023
ölçüsü2,83 Mb.
#151067
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   181
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

2. Investitsiyalash fazasi.
Bu fazada investorlarga investitsiyalsh hajmi va 
muddatlarini aniqlash imkonini beruvchi strategik rejali qarorlarni, shuningdek, 
loyihani moliyalashtirishning optimal rejasini ishlab chiqish amalga oshiriladi 
(loyihalashtirish, pudrat asosida qurilish-montaj ishlarini olib borish uchun 
shartnomalar imzolash va qurilish-montaj ishlarini olib borish, kapital qo’yilmalarni 
amalga oshirish). 
Loyihani investitsiyalash bosqichida bajariladigan ishlarni quyidagi 3.2-rasm 
orqali ifodalash mumkin. 
3. Ishlab chiqarish (operatsion) fazasi.
Korxona xo’jalik faoliyatining 
yuritilishi. Bunda xom ashyo va materiallar sotib olish, ishlab chiqarishni amalga 
oshirish, mahsulotni bozorga olib chiqish, marketing izlanishlarini olib borish, 
raqobatchi, iste’molchilar tarkibi va munosabatlarining o’zgarishi omillarini 
o’rganish, yangi bozorlarni kashf etish, reklama vositalarini kuchaytirish tadbirlari 
kabilar amalga oshiriladi (yangi mahsulot, to’lov qobiliyati, sifat va baho o’zgarishi, 
korxona imidji, korxona mahsulotlari qalbakiligi to’g’risida axborot). 
Bu fazada hamkorlar bilan bevosita va o’zaro hisoblashish amaliyoti yuz beradi 
va shunga bog’liq holda ishlab chiqarish tashkil etiladi va uning natijalariga ta’sir 
ko’rsatiladi (jumladan, mol yetkazib beruvchilar, pudratchilar, xaridorlar, vositachilar, 
davlat, ta’sischilar, tijorat banki, sug’urta kompaniyasi va shu kabilar bilan). Buning 
oqibatida mazkur investitsiya loyihasining moliyaviy va iqtisodiy samaradorligini 
baholash imkonini beruvchi pul oqimi va uning harakati yuzaga keladi. 


71 
3.2-rasm.
Loyihani investitsiyalash bosqichi
4. Likvidatsion faza.
Investitsiya loyihasini amalga oshirish oqibatida 
likvidatsiya amalga oshirilishi yuz bergandagi jarayon hisoblanadi. Bu fazada 
investorlar va ob’ektdan foydalanuvchilar asosiy vasitalarning amortizatsiya bilan 
birgalikdagi qiymatini aniqlaydi, uning mumkin bo’lgan bozor qiymatini baholaydi, 
ularni sotish yoki hisobdan chiqarish asoslarini o’rganib chiqadi. 
Likvidatsiyaning kelib chiqishiga investor rejasining o’zgarishi, loyihani 
amalga oshirishda mablag’larning yetishmasligi yoki maqsadsiz ishlatilishi, hisob-
kitoblarning noto’g’ri olib borilganligi va unda yo’l qo’yilgan xatolar, boshqa 
Ishlab chiqarish uchun 
kadrlarni yig’ish va 
tayyorlash 
Qurilish ishlari, 
uskunalarni o’rnatish va 
montaj qilish 
Detalli loyihalashtirish, 
shartnomalar tuzish 
Texnika va 
texnologiyani yakuniy 
tanlash 
Boshqaruvning tashkiliy 
tuzilmasini tanlash 
Erni sotib olish 
(ijaraga olish) 
Qurilish maydonini 
tayyorlash 
Qurilish va ishlab 
chiqarish oldi 
marketingi 
Ta’sis sharnomalarini 
tayyorlash 
Yuridik, moliyaviy va 
tashkiliy bazisni tashkil 
etish 
Ob’ektni ekspluatatsiyaga 
topshirish 
Tenderni (savdoni) 
tashkil etish, o’tkazish 
va takliflarni baholash 
Qurilish montaj ishlarini 
rejalashtirish 
Texnika, texnologiya va 
uskunalarni sotib olish 
Ob’ektni 
ekspluatatsiyaga kiritish 

Yüklə 2,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə