Book · June 020 citations reads 18,691 author


Loyihalarni dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash



Yüklə 2,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/181
tarix19.12.2023
ölçüsü2,83 Mb.
#151067
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   181
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

Loyihalarni dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash. 
Dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash yoki dastlabki texnik-iqtisodiy 
hisoblash (keyingi o’rinlarda DTIA yoki DTIH deb ataladi)
– variantlarni ko’rib 
chiqish asosida loyihani oqilona joylashtirish va amalga oshirishning eng samarali 
texnik, tashkiliy va iqtisodiy yechimini tanlashni, umuman loyihaning cheklangan 
qiymatini, shu jumladan, texnologik asbob-uskunalar qiymatini asoslovchi, uni 
moliyalashtirishning mumkin bo’lgan manbalari bo’yicha variantlarni hisobga olgan 
holda moliyalashtirishga bo’lgan ehtiyoj hajmini belgilovchi hujjat. 
Loyihaga mablag’larni investitsiya qilish bo’yicha yakuniy qarorni qabul qilish 
loyihaning texnik-iqtisodiy asoslash ishlari yakunlangandan keyingina amalga oshirilishi 
mumkin, lekin, bu jarayon uzoq vaqtni va ko’p mablag’ni talab etadi. Shuning uchun 
ham loyihaga katta mablag’larni sarflashdan oldin loyihani dastlabki texnik-iqtisodiy 
asoslash ishlari amalga oshiriladi. Bundan asosiy maqsad – muqobil (alternativ) 
loyihalarni aniqlash, ularni amalga oshirish imkoniyatlarini o’rganib chiqish, mahsulot 
bozorini chuqur o’rganish va tahlil qilish, labaratoriya, tajriba-konstruktorlik ishlarini 
olib borishdir. Loyiha g’oyasi investor uchun loyihani amalga oshirish zarurligini yoki 
loyihani hayotga tatbiq etib bo’lmasligini aniq ko’rsatib berishi kerak. 
Loyihani dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash quyidagi tuzilishda amalga 
oshirilishi kerak: 
Rezyume – loyihani dastlabki texnik-iqtisodiy asoslashda ko’rilayotgan barcha 
asosiy masalalarning qisqa mazmuni. 
Loyiha tarixi va uni amalga oshirish sabablari, loyiha homiylari, bajariladigan 
ilmiy-izlanish va tahlil ishlarining qiymati. 
Bozor tahlili va marketing konsepsiyasi: asosiy g’oyani aniqlash, loyiha 
maqsadi va strategiyasi, talab va taklif, mahsulotni sotish prognozi, marketing 
xarajatlari, ishlab chiqarish dasturi. 
Material resurslar – har bir turdagi xom-ashyo va materialga, boshqa turdagi 
resurslarga ehtiyoj va ularning qiymati. 
Investitsiya ob’ektining joylashishi, uchastkasi, atrof-muhit. 
Loyiha-konstruktorlik ishlari: loyiha-quvvati hisob-kitobi, texnologiya


74 
uskunalar, fuqarolik qurilishlari va k.h. 
Tashkiliy va ustama xarajatlar: umumiy boshqaruv, sotish xarajatlari, 
kutilayotgan ustama xarajatlar. 
Mehnat resurslari: ularga bo’lgan talab va ularning qondirilishi, ularga ish haqi 
to’lovlari. 
Moliyaviy tahlil va investitsiya: umumiy investitsiya xarajatlari, loyihani 
moliyalashtirish, ishlab chiqarish xarajatalari, loyiha samaradorligini baholash, 
xarajatlar va foydaning tahlili. 

Yüklə 2,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə