Book · June 020 citations reads 18,691 author


Loyiha muhiti. Ishlab chiqarish faoliyatiga tayyorgarlik, loyiha-



Yüklə 2,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/181
tarix19.12.2023
ölçüsü2,83 Mb.
#151067
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   181
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

3.6. Loyiha muhiti. Ishlab chiqarish faoliyatiga tayyorgarlik, loyiha-
qidiruv bosqichlari va qurilish bosqichi hamda iqtisodiy ko’rsatkichlar 
monitoringi 
Korxonaning loyihaga ta’sirini, ya’ni loyihaning ichki muhiti omillarini ko’rib 
chiqamiz. 
Korxona rahbariyati – loyihaning maqsadi va asosiy talablarini aniqlashning 
bosh manbai hisoblanadi. Korxonaning rivojlanish strategiyasidan kelib chiqib, 
raxbariyat 
mutaxassislarning 
aloxida 
talablarini 
umumlashtiradi. 
Bunga 
raxbariyatning maxsus talablari qo’shiladi, loyihani amalga oshirish talabi, 
bo’linmalar va korxona mutaxassislari va x.k.lar tomonidan loyihaning maqsad va 
talablarini to’g’rilash (korrektirovka) tartibi va uslubiyati. 
Moliya sohasi – mahsulotni seriyali ishlab chiqarish va loyiha xarajatlarini 
qoplash uchun kalkulyatsiyalar hisobi bilan loyihaning byudjet doirasini hamda 


76 
loyihani moliyalashtirish usullari va manbalarini aniqlaydi. 
Sotish sohasi – loyihaning muhim talab va shartlarini tashkil qiladi, bu esa 
sotish bozorlari va sotib oluvchilarni qarorlari bilan aniqlanadigan, raqobatchilarning 
mavjudligi va xarajatlar bilan bog’liq. 
Tayyorlash sohasi – ishlab chiqarish vositalari bozori bilan bog’liq va o’zining 
maxsus talablarini oldinga suradi, masalan: texnologiya va uskunalardan foydalanish 
bo’yicha tavsiyalar, turib qolgan ishlab chiqarish maydonlarini ishga tushirish talabi, 
ma’lum texnologik jarayonlardan voz kechish, ishlab chiqarish vositalari bozori 
imkoniyatlarining loyiha talablariga mos kelishi va hakazo.
Moddiy ta’minot sohasi – xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlar bozori bilan 
bog’liq va maqbul narxlarda xom ashyo, material va uskunalar bilan ta’minlash 
imkoniyatidan kelib chiqib, loyihaga o’zining talablarini qo’yadi. 
Infrastruktura sohasi – turli xizmatlar bozori bilan bog’liq va loyihaga va uning 
ta’minotiga o’z talablarini qo’yadi. Bunga, reklamaga, transportga, aloqa 
telekommunikatsiyaga, informatsion va boshqa tur ta’minotga bo’lgan talablar 
kiritiladi. 
Ishlab chiqarish chiqindilaridan foydalanish va ulardan foydalanish sohasi – 
atrof muhit himoyasi xizmati va talablari hamda ishlab chiqarish chiqindilaridan 
oqilona foydalanish bilan bog’liq.
Korxonaning boshqa bo’linmalari tomonidan ham boshqa talablar ham bo’lishi 
mumkin.
Loyiha rahbari, uning jamoasi va loyiha menejmenti va vazifalariga 
quyidagilar kiradi: loyihaga bo’lgan jami talablarni yig’ish; barcha aloqador 
qatnashchilar loyiha ma’lumotlari bilan ta’minlash; talablarni qondirish imkoniyatlari 
va darajasini aniqlash; loyiha talablari va ularning o’zgarishlari to’g’risida 
ma’lumotlarni yig’ish shakli va ko’lamini aniqlash; loyiha muhiti dinamikasi 
bashoratining 
shakllanishi; 
prioritetlarni 
baholash 
me’yorlari va talablar 
ierarxiyasining shakllanishi; bajarish uchun majburiylarda «mayda istaklar»gacha. 
Korxona muhiti ham loyihaga ham korxona ichidan ham bevosita katta ta’sir 
ko’rsatadi. Korxona muhitiga quyidagilar kiradi: 


77 
Siyosiy xarakteristikalar va omillar: siyosiy barqarorlik; loyihaning xukumat 
tomonidan qo’llab-quvvatlanishi; milliylikning yuzaga chiqishi; jinoyatchilik 
darajasi; ishtirokchi mamlakatlar bilan savdo balansi; xarbiy birlashmalarda ishtirok 
etish. 
Iqtisodiy omillar: milliy xo’jalik strukturasi; javobgarlik va mulkiy xuquqlar 
turlari, jumladan, yer xuquqi; tarif va soliqlar, sug’urtalash; inflyatsiya darajasi va 
valyuta barqarorligi; bank tizimining rivojlanganligi; investitsiyalar va kapital 
qo’yilmalar manbalari; tadbirkorlik erkinligi va xo’jalik mustaqilligi darajasi; bozor 
infrastrukturasi 
rivojlanganligi; 
baholar 
darajasi; 
bozorlar 
holati; 
savdo, 
investitsiyalar, ishlab chiqarish vositalari, xom ashyo va mahsulotlar, ishchi kuchi va 
boshqalar. 
Jamiyat – uning xarakteristikalari va omillari: hayot darajasi va sharoitlari, 
ta’lim darajasi; ko’chib yurish erkinligi, «kirish-chiqish», mehnat qonuniyligi, chiqish 
(zabastovka)larni taqiqlash; sog’liqni saqlash va meditsina, dam olish sharoitlari; 
jamoat tashkilotlari, pressa, televidenie; maxalliy axolini loyihalarga munosabati.
Qonun va xuquq: inson xuquqlari; tadbirkorlik xuquqlari; mulkka egalik 
xuquqlari; sug’urta va imtiyozlar berish to’g’risidagi qonun va normativ aktlar. 
Fan va texnika: fundamental va yordamchi fanlarning rivojlanish darajasi
informatsion texnologiyalar va kompyuterlashtirish darajasi; sanoat va ishlab 
chiqarish texnologiyalari; energetik tizimlar; transport tizimlari; aloqa va 
kommunikatsiya. 
Madaniyat: savodxonlik darajasi; tarix, madaniyat, urf-odatlar, din; madaniy 
talablar; hayot ta’limoti, ish, dam olish, sport va boshqalar.; natijalar sifatiga va 
mehnat sharoitlariga bo’lgan talablar darajasi. 
Tabiiy va ekologik omillar: tabiiy iqlim sharoitlari; xarorat, yog’inlar, namlik, 
shamollar, dengiz satxidan balandlik, seysmiklik, landshaft va monografiya va 
boshqalar; tabiiy resurslar, transport tizimlari bilan aloqa va joylashuv; sifat bo’yicha 
standartlar; havo yo’llari, suv manbalari va tuproq qatlami; atrof-muhitga sanitar 
talablar; atrof muhitni muhofaza qilish bo’yicha qonunchilik; tendensiyalar tasnifi va 
ekologik tizimlarning holati: xavo, suv va tuproq. 


78 
Infrastruktura xarakteristikalari va omillari: transport vositalari. Aloqa va 
kommunikatsiya, yuk tashish, EXM tarmoqlari va informatsion tizimlar; energiya 
ta’minoti; aloqa xizmatlari; xom ashyo va xizmatlar; xo’jalik tarmoqlari, logistika va 
material texnik ta’minot; sanoat infrastrukturasi; xizmat ko’rsatuvchi tizimlar va 
boshqalar. 

Yüklə 2,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə