Book · June 020 citations reads 18,691 author


Marketing tadqiqotining yo’nalishlari



Yüklə 2,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/181
tarix19.12.2023
ölçüsü2,83 Mb.
#151067
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   181
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

Marketing tadqiqotining yo’nalishlari 
Marketing tadqiqotlarining yo’nalishlari, albatta bozorning rivojlangan 
darajasi, undagi raqobat intensivligi, tegishli tovarlar va xizmatlar bilan mashg’ul 
bo’lgan firmalarning katta-kichikligi, marketing axboroti va xabarnoma tizimlarining 
shakllanish sur’ati va boshqa omillarga bevosita bog’liq bo’ladi. Shu, jihatdan 
rivojlangan xorijiy davlatlardagi firmalarning marketing tadqiqotlari yo’nalishlari, 
uyushtirish tartibi va shakllari bizning mamlakatimiz korxona va tashkilotlari uchun 
o’zgarishsiz qabul qilinishi xususida fikrlash birmuncha noo’rin bo’ladi. 
Zamonaviy marketing nazariyasining rivoj topishi va amaliy faoliyatda uning 
hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi, firmalarning marketing tadqiqotlarini uyushtirishda 
ham sezilarli tarzda o’z aksini topmoqda. Hususan, firmalarning raqobatdoshlik 
quvvati, bozordagi o’rni, lozim strategik maqsadlari, diversifikatsiya sari yo’l tutish 
taktikasi ko’pgina hollarda tadqiqotlarning yo’nalishi va ko’lamini belgilaydi. 
F.Kotler firmalarning marketing strategiyalarini 4 ta asosiy turi mavjudligi va 
tadbirlar bir-biridan farqlanishini ta’kidlaydi. Jumladan firmalarning marketing 
strategiyalarini quyidagi turlarga bo’lish mumkin. 

peshqadamlikka intiluvchi (bozorda o’rtacha 30% ulushga ega); 


98 

hamqadam intiluvchi (bozorda 20% ulushga ega); 

bozordagi «nisha»ni –«bo’shliq»ni egallovchi (bozorda 10% atrofida 
ulushga ega). 
Ushbu strategiyani tanlagan va amalga oshirayotgan firmalarning bozordagi 
ulushi, kelgusi intilishlari tegishli muammolar bo’yicha marketing tadqiqotlarining 
yo’nalishlariga, jaddaligiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Masalan, bozorda peshqadam 
bo’lgan firma bozordagi kon’yunktura, yangi mahsulotni o’zlashtirish, sotish 
imkoniyatlarini oshirish, kommunikatsiya va reklama yo’nalishlari tadqiqotlariga 
ko’proq e’tibor qaratsa, bozordagi «nisha»ni egallovchi firma xaridorlar istagini 
o’rganish, raqobatchilar tovarlarini va narxlarni tahlil qilish bozor chegaralarini 
kengaytirish borasidagi tadqiqotlarni amalga oshirsa bo’ladi. 

Yüklə 2,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə