Book · June 020 citations reads 18,691 author


-BOB. LOYIHANING KAPITAL BYUDJETINI ISHLAB CHIQISH VA



Yüklə 2,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/181
tarix19.12.2023
ölçüsü2,83 Mb.
#151067
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   181
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

6-BOB. LOYIHANING KAPITAL BYUDJETINI ISHLAB CHIQISH VA 
MOLIYALASHTIRISH MANBALARINI SHAKLLANTIRISH
 
6.1. Kapital tarkibining nazariy asoslari. Kapital qiymatini baholash. 
Loyihaning kapital byudjetini ishlab chiqish va u bo’yicha qarorlar qabul qilish. 
 
Respublikamiz bozor munosabatlariga o’tish sharoitida turli mulkchilik 
shakllariga asoslangan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni ko’paytirish, jumladan, mulkni 
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, kichik biznesni rivojlantirish 
bugungi kunning dolzarb vazifasiga aylanib qoldi. Mustaqillik qo’lga kiritilgandan 
so’ng markazlashgan investitsiyalarning investitsion loyihalarga safarbar etilishi 
mamlakat iqtisodiyoti va ishlab chiqarish infrastrukturasini rivojlantirish davlatimiz 
investitsion siyosatining asosiy yo’nalishlariga aylandi. Hukumatimiz buning uchun 
qulay investitsion muhitni yaratgan va zarur chora-tadbirlar amalda qo’llanilmoqda. 
Har bir korxona o’z taraqqiyoti uchun va joriy rejalarini amalga oshirish 
faoliyatini moliyalashtirish uchun mablag’ manbalariga ehtiyoj sezadi. Kapital, 
korxona ihtiyoridagi aktiv mablag’lar manbasidir. Ularni qisqa va uzoq muddati 
aktivlarga bo’lish mumkin. Moliyalashtirishning u yoki bu manbasini jalb qilish 
kapitalning ma’lum xarajatlari bilan bog’liq: aktsionerlar uchun dividendlar, 
banklardan olgan ssudalari uchun, investorlar qilingan investitsiyalari uchun 
foizlardir. Ma’lum hajmdagi moliyaviy resurslarni qo’llaganligi uchun to’lash kerak 
bo’lgan mablag’larni umumiy summasi foizda umumiy hajmga nisbatan yaratilgan 
boylikning kapital bahosi deyiladi. Qoida bo’yicha joriy aktivlar qisqa muddatli, uzoq 
muddatda foydalanishi esa uzoq muddatli mablag’lar manbasi hisobiga 
moliyalashtiriladi. Buning natijasida sarf qilinishiga ketadigan xarajatlar umumiy 
summasi shakllanadi. 
Kapital bahosi konsepsiyasi kapital nazariyasida asosiy konsepsiyalardan 
biridir. U investitsiya qilingan kapitalning rentabellik darajasini xarakterlaydi. 
Rentabellik darajasi, korxonaning bozor qiymatining kamayib ketmasligi uchun 
ta’minlanib turishi kerak. 


109 
«Mazkur kompaniya kapital bahosi» va «Kapitalni baholash» tushunchalarini 
ajrata bilish kerak. 

Yüklə 2,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə