Book · June 020 citations reads 18,691 author



Yüklə 2,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/181
tarix19.12.2023
ölçüsü2,83 Mb.
#151067
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   181
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

Strategik marketing –
bu avvalo jismoniy shaxslar va tashkilotlar 
ehtiyojlarining tahlilidir. Marketing nuqtai nazaridan qaraganda xaridor tovarning 
o’ziga emas, balki shu tovar yordamida yechiladigan 
muammoning hal qilinishiga
muhtojdir. Yechimga turli texnologiyalar yordamida erishiladi, texnologiyalarning 
o’zi esa tinimsiz o’zgarib turadi. Strategik marketingning roli – berilgan bozorning 
evolyutsiyasini kuzatib borish va qondirishga muhtoj ehtiyojlarni tahlil qilish asosida 
turli mavjud yoki kutilayotgan bozorlarni yoki ularning segmentlarini aniqlashdan 
iboratdir. 
Aniqlangan tovar bozorlari iqtisodiy imkoniyatlarni ifodalaydi, endi ularning 
jalb qiluvchanligini baholash kerak. Tovar bozorining jalb qiluvchanligi miqdoriy 
jihatdan 
bozor salohiyati
tushunchasi bilan o’lchanadi, dinamik jihatdan esa o’zining 
mavjud bo’lish muddati bilan yoki 
hayot sikli 
bilan xarakterlanadi. Muayyan firma 
uchun tovar bozorining jalb etuvchanligi uning 
raqobatbardoshligiga
, boshqacha 
qilib aytganda, haridorlarning ehtiyojlarini raqiblariga qaraganda yaxshiroq qondira 
olish qobiliyatiga bog’liq. Firmaning raqobatbardoshligi uning raqobatli ustunlikka 
ega bo’lishi yoki uning raqiblaridan ajralib turuvchi sifatlari tufayli yohud harajatlar 
bo’yicha afzallik beruvchi yuqori ishlab chiqarish samaradorligi tufayli mavjud 
bo’ladi. 


106 
Shunday qilib, strategik marketingning roli firmani manfaatli iqtisodiy 
imkoniyatlarga yo’naltirish, ya’ni uning “nou-xau” va resurslariga mos keladigan, 
uning o’sish va rentabellik salohiyatini ta’minlovchi imkoniyatlarga yo’naltirishdan 
iborat. Strategik marketing jarayoni o’rta va uzoq muddatli istiqbollarga egadir. 
Uning vazifasi firmaning missiyasini aniqlash, maqsadlarni belgilash, o’sish 
strategiyasini ishlab chiqish va tovar portfelining muvozanatlangan tuzilmasini 
ta’minlashdan iboratdir. 
Tovarni siljitishga sarflangan marketing xarajatlarini ayirib tashlagandan keyin 
hosil bo’ladi. Ushbu daromad firma uchun tovar bozoriga kiritgan hissa bo’lib 
hisoblanadi.

Yüklə 2,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə