Book · June 020 citations reads 18,691 author



Yüklə 2,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/181
tarix19.12.2023
ölçüsü2,83 Mb.
#151067
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   181
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

hayotdan manfaat olishga
intiladilar. Aynan shaxsiy manfaatning 
ko’zlanishi kishilarni mehnatga undaydi, o’sishning, shaxsiy kamolotning 
harakatlantiruvchi kuchi vazifasini o’taydi va oxir-oqibatda butun jamiyatning 
farovonligini belgilab beradi; 
- manfaatlarning xarakterini did, madaniyat, qadriyatlar va hokazolarga bog’liq 
bo’lgan 
shaxsiy qarashlar
belgilaydi. Bu tanlovning muhimligi yoki oddiyligi 
haqida yoki “haqiqiy” yoki “yolg’on” ehtiyojlar deb nimani tan olish haqida fikr 
yuritish uchun jamiyatdagi milliy, ahloqiy va ijtimoiy qoidalarni hurmat qilishdan 
boshqa hech qanday asoslarga yo’l qo’yilmaydi. 
- aynan 
erkin va raqobatli ayirboshlash 
yordamida kishilar va ular
 
bilan 
hamkorlik qiladigan tashkilotlar o’z maqsadlariga erishadilar. Agar ayirboshlash 
erkin bo’lsa, u faqat ikkala tomon uchun ham foydali bo’lgan taqdirdagina amalga 
oshadi, agar ayirboshlash raqobatli bo’lsa, u holda ishlab chiqaruvchilarning 
bozordagi pozitsiyasini suiste’mol qilish xavfi cheklangandir; 
- bozor iqtisodiyoti mexanizmlari shaxsiy erkinlik tamoyiliga va ayniqsa 
iste’molchining ustivorlik tamoyiliga asoslangandir. Tizimning ahloqiy negizi 
kishilarning o’z hatti-harakatlari uchun javobgar ekanligini hamda o’zlari uchun 
nimaning yaxshi va nimaning yomon ekanligini o’zlari hal qilishlariga asoslanadi. 
Marketing sohalari.
Marketing zamirida yotuvchi to’rt tamoyildan 
xaridorlarning ehtiyojlarini qondirish bilan shug’ullanuvchi har qanday tashkilot 
uchun muhim bo’lgan harakat falsafasi kelib chiqadi. Bu marketing harakatlari 
sohasini uch asosiy bo’lakka bo’lish mumkin: 
- iste’mol marketingi, 
bunda ayirboshlash firmalar va pirovard iste’molchilar, 
jismoniy shaxslar yoki oilalar o’rtasida amalga oshiriladi; 


103 

Yüklə 2,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə