Book · June 020 citations reads 18,691 author


Loyiha bo’yicha marketing tadqiqotlarini olib borish



Yüklə 2,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/181
tarix19.12.2023
ölçüsü2,83 Mb.
#151067
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   181
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

Loyiha bo’yicha marketing tadqiqotlarini olib borish 
Marketing tadqiqoti ishlari barcha tashkilot va korxonalar faoliyatida keng 
o’rin egallab bormoqda. Bozor xususidagi axborot yoki xabarlarga suyanish, ulardan 
kerakli vaziyatlarda foydalanish, tabiiyki, zaruriy shartdir. Lekin,, firma va 
tashkilotlarning maqsadli bozor, xaridor sari intilishlarini amalga oshirishda muayyan 
yo’nalishga va maqsadga bo’lgan marketing tadqiqotlari muhim o’rin egallaydi. 
Bu o’rinda mashhur «Marks end Sienser» kompaniyasining boy tajribasi 
diqqatga sazovor. Angliyada yirik va nufuzli sanalgan ushbu tashkilot «yumshoq 
tovarlari» (kiyim-kechak va to’qimachilik mahsulotlari) chakana tovar oborotida 16 
foizni tashkil etadi. Har bir kvadrat metrga to’g’ri keluvchi tovar oboroti hajmi 
bo’yicha bu kompaniya dunyoda birinchi o’rinda turadi. 80-yillarda «Marks end 
Sienser» Parijda o’z shahobchasini ochish va fransuz xaridorlari didiga mos keluvchi 
tovarlarni taklif qilish maqsadida 18 oy mobaynida muttasil marketing tadqiqotlarini 


97 
o’tkazdi. Vaholanki, britaniyalik va fransuz oilalarining turmush tarzi, hayotiy 
ko’nikmasi, qiziquvchanligi, daromadlari bir-birlariga juda o’xshash bo’lsa ham, 
mahalliy bozor tabiati, undagi raqobat, xaridorlar talabi birmuncha farq qilar ekan. 
Bundan ko’rinib turibdiki, har bir tashkilot, firma o’z bozori va xaridori 
ko’lamini saqlash, ular salmog’ini oshirish, yangi ehtiyojni qondirish uchun doimiy 
tarzda marketing tadqiqotlarini amalga oshirmog’i lozim. 
Albatta har marketing tadqiqoti tegishli sarf harajatlarni talab etadi. Asosan 
yirik firmalar o’z tarkibiy tuzilmalari, sho’’ba tashkilotlari miqyosida marketing 
tadqiqotlarini o’tkazadilar. Lekin, barcha sohalar bo’yicha tadqiqotlarni o’tkazishga 
imkoniyat va muayyan zaruratlar doimiy bo’lmaganligi hamda xodimlarni butun yil 
davomida ishda band qilib turish qimmatga tushish sababli, ayrim muammolarni 
ixtisoslashgan marketing markazlariga, institutlariga topshiradilar va davriy tarzda 
axborot olib turadilar. 

Yüklə 2,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə