99
oshirishda izlanish muammosi bilan uning maqsadlari o’rtasida tafovut – farqlanish
mavjudligiga yetarlicha e’tibor berilmaydi. Buning oqibatida
keyingi bosqichlarda
sezilarli xatolarga yo’l qo’yiladi. Shu sababdan to’g’ri va aniq belgilangan muammo,
tayinli maqsadga erishish uchun puxta zamin yaratadi. Masalan, yuqori sinfdagi
avtomobillar ishlab chiqaruvchi «A» firmaning X – modelli avtomobillarini ichki
bort kompyuteri va radio telefoni bilan bir yo’la jihozlab
chiqarishni misol qilib
olaylik. Dunyo tajribasidan shu narsa ma’lumki, barcha avtomobil ishlab chiqaruvchi
firmalar ushbu «qo’shimcha jihozlarni» qo’shimcha tanlov va unga xos bo’lgan haq
evaziga bajaradilar. «A» avtomobil firmasi raqobatchilardan ajralish, yuqori iste’mol
darajasidagi xaridorlar uchun urinishi qanday muammoni hal etishi va maqsadlarni
ko’zlashini ko’rib o’tamiz. Bort kompyuter va radio telefonli avtomobillarga bo’lgan
ommaviy ehtiyoj va buyurtma asosida bajarish qanday manfaatlarga erishish
imkonini beradi? Ushbu «qo’shimcha jihozlar» uchun
xarajatlar va daromadlarga
ta’siri qay jihatda bo’ladi? «Qo’shimcha jihozlar» avtomobil harakati xavfsizligiga va
boshqaruvchiga qanday afzalliklar va xatarli holatlar yaratadi?
Ushbu savollar tadqiqot maqsadiga yo’naltirilgan savollar ko’lami bo’lib, ular
ko’lamni kengaytirish va yanada aniqlashtirish mumkin. Asosiy maqsad esa «A»
firmaning yangi modeliga bo’lgan ehtiyojini oshirish imkoniyatlarini topish
hisoblanadi. Demak, «A» avtomobil firmasi «qo’shimcha jihozlar» hisobiga iste’mol
doirasini oshirish siyosatini yuritmoqda.
Dostları ilə paylaş: