Book · June 020 citations reads 18,691 author


Marketing tadqiqotining bosqichlari



Yüklə 2,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/181
tarix19.12.2023
ölçüsü2,83 Mb.
#151067
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   181
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

Marketing tadqiqotining bosqichlari 
Marketing tadqiqotlarining eng muhim bosqichlaridan biri bo’lib bu – tadqiqot 
rejasini ishlab chiqish hisoblanadi. Bunda tadqiqot uchun zarur bo’lgan ma’lumotlar 
va axborotlarni to’plash manbalari, uslublari, qurollari, tanlov o’tkazish tartiboti va 
rejalari tuziladi. Tadqiqot asoslanadigan ma’lumotlar va manbalardan bir necha 
marotaba tegishli sohalarda foydalanish, ularni qayta ishlash mumkin. 
Marketing tadqiqotida kuzatish, eksperiment, so’rov, guruhli baxs eng ko’p 
qo’llaniladigan uslublar hisoblanadi. Har bir uslub tadqiqotning tegishli bosqichlarida 
samarali axborot to’plash, uni qayta ishlash, texnik vositalaridan samarali 
foydalanishni nazarda tutadi. Masalan, yuqorida keltirilgan radio telefonli va bort-


100 
kompyuterli avtomobilga bo’lgan boshlang’ich talabni baholash tadqiqotini olib 
ko’raylik. Kuzatish uslubi vositasida xaridorlarning joriy davrda va avtomobil 
bozoridagi munosabatlari, ko’nikmalarini baholash mumkin. So’rov uslubida esa aniq 
bir xaridorning «yangi jihozlarga» bo’lgan qiziqishlari, ularga qo’yadigan talab va 
istaklarni baholash mumkin. Eksperiment uslubida esa sinov tarzida avtomobillarning 
kichik partiyasini bozorda sotib, xaridorlar holatlarini kuzatish mumkin. 
5.3. Loyiha marketingi dasturi va byudjeti. Loyihani amalga oshirish 
jarayonida marketingni boshqarish
Marketing – bu ayni paytda biznes falsafasi hamda faol jarayondir. U 
harakatdagi jarayon sifatida bozor iqtisodiyotining aniq faoliyat ko’rsatishi uchun 
zarur bo’lgan bir qator vazifalarni hal qiladi. 
“Marketing” so’zi keng tarqalgan bo’lsada, asosan, quyidagi uch jihatda 
namoyon bo’ladi: reklama, sotishni rag’batlantirish va xaridorga ta’sir ko’rsatishdir, 
ya’ni boshqacha qilib aytganda mavjud bozorlarni egallab olish uchun 
foydalaniladigan savdoning o’ta muhim vositalari majmuasidir. Shu bilan bir qatorda, 
marketing birinchi navbatda va eng merkantilistik ma’noda asosan ommaviy 
iste’molchilar bozorida ko’proq, yuqori texnologiyalar, moliyaviy, ijtimoiy va 
madaniy xizmatlar kabi sektorlarda esa kamroq qo’llaniladi. 
Marketing – faqatgina katta korxonalarning imkoniyatiga to’g’ri keladigan 
bozorni tahlil qilish (sotishni bashorat qilish usullari, bozorning imitatsion modellari 
va tadqiqotlari kabi) vositalari majmuasi bo’lib, ular ehtiyojlarni va talabni tahlil 
qilishga istiqbolli va ilmiy yondashuvni ishlab chiqish uchun foydalaniladi. 
Tanqidchilar bunday qimmatbaho usullarning ishonchliligi va amaliy ahamiyatini 
unchalik ochiq-oydin emas, deb hisoblaydilar. 
Marketing – bu iste’mol jamiyatining arxitektoridir, ya’ni bu xaridorlar 
iste’molchilarni tijoriy jihatdan ekspluatatsiya qiladigan bozor tizimidir. Tobora 


101 
ko’proq va yanada ko’proq tovar sotish uchun yangi ehtiyojlarni muttasil tashkil qilib 
borish lozim. 
Bunday o’ta soddalashtirilgan qarashlar ortida marketing konsepsiyasining uch 
jihati yotadi: faol jihat (bozorga kirib borish), tahliliy jihat (bozorlarni tushunish) va 
g’oyaviy jihat (fikrlash shakli). Marketingni uning faol jihatidan tushunish, ya’ni 
marketingga bir necha sotish usullari sifatida qarash (operatsion marketing) 
tendensiyasi ko’p uchraydi va uning tahliliy jihatiga (strategik marketing) yetarlicha 
baho berilmaydi. 
Marketingga bunday qarash marketing va reklama hamma narsaga qodir, ular 
bozorni qudratli kommunikatsiya usullari yordamida istalgan narsani qabul qilishga 
majbur qila oladi, degan mavhum fikrga asoslangandir. Bunday sotish usullari 
ko’pincha xaridorlarning real ehtiyojlarini qondirish istagiga mutlaqo bog’liq 
bo’lmaydi. Asosiy e’tibor sotuvchining ehtiyojlariga, ya’ni savdoni amalga 
oshirishga qaratiladi. Shuning uchun marketingni strategik jihatdan ishlab chiqish va 
marketing strategiyasini tushunish muhim ahamiyatga ega. 
Marketing 
strategiyasi 
firma 
imkoniyatlarining 
bozordagi 
holatga 
muvofiqlashtirish, qo’yilgan maqsadlarga erishishning kompleks vositalarini 
belgilashdan iborat. Amerikalik yetuk iqtisodchi olim I. Ansoffning fikricha, 
strategiya o’z mohiyati va jihatidan tashkilotning o’z faoliyatida qaror qabul qilish 
jarayonida qo’llash uchun mavjud bo’lgan qoidalar majmuiga aytiladi. 
Strategiya bir muncha qiyin va mavhumlashtirilgan amaliy faoliyat falsafasi 
sifatida namoyon bo’ladi. U aniq sharoitda va o’zgarishlar ta’sirida oydinlashtirilib 
orientirlarga aylanadi. Tegishli davr mobaynida, qisqa muddatda, tegishli sharoitdan 
kelib chiqqan holda qabul qilinadigan qarorlarda, tavakkalchilik siyosatida (uni xavf-
xatar darajasiga ko’ra) uslublar yig’indisi - taktikasi tarzida ushbu strategiyani 
amalga oshiradi. Umumlashtirib aytganda, marketing strategiyasi o’zaro bir-biri bilan 
asoslangan besh asosiy jihat bilan tavsiflanadi: bozorni tanlash, maqsadni tanlash, 
mablag’ va muddatlarni tanlash, samaradorlikni nazorat qilish, muqobil strategiyani 
tanlashdan iboratdir. Bu holda iste’molchilar tamoyilini ham ko’rib chiqsak bo’ladi. 
Aslida marketing asosini, uning konsepsiyasini tashkil qiluvchi nazariya yoki g’oya 


102 
mutlaqo boshqachadir. U iste’molchining ustivorlik tamoyilidan kelib chiqadigan 
shaxsiy tanlash nazariyasiga asoslanadi. Ushbu yondashuv nuqtai nazaridan qarasak, 
marketing - o’n sakkizinchi arsning oxirida klassik iqtisodiyot tomonidan ilgari 
surilgan tamoyillar menejmentining ijtimoiy ifodasi va operatsion atamalarga 
qilingan tarjimasining aynan o’zidir. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida to’rtta markaziy g’oyani ko’rishimiz mumkin: 
- insonlar 

Yüklə 2,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə