Book · June 020 citations reads 18,691 author



Yüklə 2,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/181
tarix19.12.2023
ölçüsü2,83 Mb.
#151067
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   181
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

- firmalararo marketing, 
bunda ayirboshlash jarayonida ikkala tomon sifatida 
tashkilotlar ishtirok etadi
- ijtimoiy marketing, 
u muzeylar, universitetlar va shu kabi daromadsiz 
tashkilotlarning faoliyat sohalarini o’z ichiga oladi. 
Marketing konsepsiyasi tashkilotning butun faoliyati foydalanuvchilarning 
ehtiyojlarini qondirishni asosiy maqsad qilib olishi lozimligini ko’zda tutadi, chunki 
bu o’z taraqqiyot maqsadlariga erishish va rentabellikni oshirishni eng yaxshi 
yo’lidir. 
Marketingning ikki qiyofasi.
Mazkur harakat falsafasining qo’llanilishi firma 
faoliyatining ikki yo’nalishini ko’zda tutadi. 
1.
Birinchi yo’nalish iste’molchilarning hal qiluvchi guruhlari ehtiyojlari va 
talablarini muntazam va doimiy tahlil qilib borish, shuningdek, kompaniyaga tanlab 
olingan xaridorlar guruhlariga raqobatchilarga qaraganda yaxshiroq xizmat 
ko’rsatishga imkon beruvchi va shu yo’l bilan ishlab chiqaruvchiga raqobatchilikdagi 
barqaror ustunlikni ta’minlovchi samarali tovar va xizmatlar konsepsiyasini ishlab 
chiqishdan iboratdir. Bu jarayon strategik marketingning asosiy vazifalariga kiradi. 
2.
Ikkinchi yo’nalish esa potensial xaridorlarni xabardor qilish va xaridorlarni 
izlash xarajatlari kamayganda tovarning o’ziga xos sifatlarini namoyish qilish 
maqsadida savdoni va kommunikatsiyalar siyosatini tashkil qilishdan iborat bo’lib, 
bu 
operatsion marketing 
vazifasini tashkil qiladi. 
Bu ikki yondashuv bir-birini to’ldiradi va firmaning marketing siyosati 
doirasida o’zining muayyan ifodasini topadi. Bu o’rinda J.J.Lamben marketingga 
quyidagicha ta’rif beradi: 
“Marketing – bu kishilar va tashkilotlarning ehtiyojlari va istak hohishlarini 
xaridor uchun qiymatli bo’lgan tovarlar va xizmatlarni erkin raqobatli ayirboshlash 
bilan qondirishga qaratilgan ijtimoiy jarayondir”. 
Bu ta’rifda uch asosiy tushuncha ehtiyoj, tovar va ayriboshlashdir. Ehtiyoj 
tushunchasi xaridorning hulq-atvori va uni bir tovar yoki xizmatni sotib olishga 
undagan sababni ifodalaydi; tovar konsepsiyasi harakat usullari, ishlab chiqarish va 
ishlab chiqaruvchilarning tashkiloti bilan bog’liq; ayirboshlash e’tiborni bozorga 


104 
hamda talab va taklifning o’zaro ta’sirlashuvini ta’minlovchi mexanizmlarga jalb 
qiladi.

Yüklə 2,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə