2. Tashqi muhitga moslashish . Moslashishni, umuman olganda, korxonaning
o’zgaruvchan bozor sharoitlarida faoliyat olib borishga ko’nikuvi sifatida qabul qilish
mumkin. Bozor muhiti xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga nisbatan doimo maqbul va
nomaqbul shart-sharoitlarga (ustunliklar va xavflarga) ega bo’ladi. Bu funksiyaning
vazifasi - korxona xo’jalik mexanizmini ushbu shartlarga ko’niktirish, ya’ni raqobat
kurashida ustunliklardan foydalanish va turli xavf-xatarlarni bartaraf etishdan iborat.
Ushbu funksiyalar korxonalarning joriy boshqaruvi jarayonida bajariladi. Lekin,
tezkor boshqaruv, agar raqobatga doir ustunliklar va to’siqlar oldindan ko’rilsa, ya’ni
rejalashtirilsa, samaradorlikka erishadi. Strategik rejalashtirishning vazifasi
korxonani tashqi muhitga moslashtirish mexanizmini yaratish orqali unga yangi,
qulay imkoniyatlar taqdim etishdan iborat.
3. Ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish va tartibga solish. Ushbu funksiya
firmaning strategik rejasida ko’zda tutilgan maqsadlariga erishishi uchun tarkibiy
o’zgarishlarni (korxonalar, ishlab chiqarish, sexlar) kuchaytirishdan iborat. Korxona
strategiyasi o’zaro bog’liq maqsad va vazifalarning murakkab tizimini qamrab oladi.
Shuning uchun strategik rejaning barcha qismlari resurslar, tarkibiy bo’linmalar va
ijrochilar o’rtasida o’zaro bog’liq bo’lishi shart. Bu bog’liqlik rejalashtirish
ko’rsatkichlarini shakllantirish tizimi, shuningdak, korxona boshqaruv apparatida
uyg’unlikka javob beruvchi bo’linma yoki ijrochining mavjudligi bilan ta’minlanadi.
Ichki ishlab chiqarish operatsiyalari muvofiqlashtirish va tartibga solishning
ob’ektlari hisoblanadi.
4. Tashkiliy o’zgarishlar. Ushbu faoliyat tashkilotning shunday shakllanishini
nazarda tutadiki, bu shakllanish boshqaruvchi xodimlarning murakkab ishini,
menejerlar fikrlash qobiliyatining rivojlanishini, strategik rejalashtirishning oldingi
tajribalari hisobini olib borishni ta’minlaydi. Natijada, ushbu funksiya korxonada turli
tashkiliy o’zgarishlarni o’tkazishda namoyon bo’ladi. Ularga boshqaruv funksiyalari,
boshqaruv apparati ishchilari vakolati va huquqlarini qayta taqsimlash; strategik reja
va boshqalarda ko’zda tutilgan maqsadlarga erishuvga ta’sir etuvchi rag’batlantirish
44
tizimini yaratish va boshqalar kiradi. Ushbu tashkiliy o’zgarishlar tashkiliy strategik
bashorat qilishning natijasi bo’lishi muhimdir.