Book · June 020 citations reads 18,691 author



Yüklə 2,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/181
tarix19.12.2023
ölçüsü2,83 Mb.
#151067
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   181
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

3.4. 
Loyihaning 
hayotiylik 
sikli: 
investitsiya 
oldi, 
investitsion, 
ekspluatatsiya fazasi, likvidatsiya fazasi. Investitsiyalarni loyihalash jarayonlari 
va investitsiya oldi izlanishlari
 
Ishlab chiqarish yo’nalishidagi investitsiya loyihasini tayyorlash va hayotga 
tadbiq etish uzoq vaqt davomida amalga oshiriladi. Bunda investitsiya loyihasi 
g’oyadan, to moddiy yuzaga chiqishgacha bo’lgan jarayonni bosib o’tishi kerak. Har 
qanday loyiha agar u amalga oshirilmasa, unchalik ahamiyatga ega bo’lmay qoladi 
(ahamiyati, samarasi real hayotda bilinadi). 
Rejali iqtisodiyot davrida kapital qo’yilmalar ob’ekti qurilib, ishga tushirilsa, u 
tugallangan hisoblanar edi. Lekin, bozor munosabatlari sharoitida loyihani amalga 
oshirish bilan bog’liq bo’lgan umumiy xarajatlar va loyiha amalga oshirilishidan 
keladigan daromadga katta e’tibor beriladi. 
Loyihani amalga oshirish bir qancha tadbirlarni amalga oshirishni taqazo etadi. 
Masalan: loyihani texnik iqtisodiy asoslash va ishchi loyihani ishlab chiqish
shartnomalar tuzish, loyihani moliyalashtirishni tashkil etish, resurslar ta’minoti, 
ob’ektni qurish va uni ekspluatatsiyaga topshirish va boshqalar. 
Loyihani amalga oshirish jarayonida unga tuzatishlar kiritish birmuncha 
qiyinroqdir. Biroq, TIAni ishlab chiqishda buning imkoni mavjud. Masalan, 
tanlangan joy, qurilgan bino, olingan texnologiya, yetarlicha o’rganilmagan holda 
bozorga chiqish kabilar. TIA loyihaning umumiy sxemasini aks ettiradi, ifodalaydi. 
Umuman olganda, loyihani amalga oshirish va uni tugatish oralig’idagi davr 
investitsiya jarayoni deb ataladi. Investitsiya (sikli) jarayonini 4 ta bosqichga (fazaga) 
bo’lish mumkin va ularning har birining o’z maqsad va vazifalari bor: 
1. Investitsiyalashdan oldingi faza.
Investitsiya loyihasi bo’yicha dastlabki 
izlanishlardan, to uni amalga oshirish bo’yicha qaror qabul qilunguncha bo’lgan davr. 
U bir qancha bosqichlarni o’z ichiga qamrab oladi: 
- investitsiya imkoniyatlarini aniqlash; 
- loyihalarning muqobil variantlarining maxsus usullaridan foydalangan holda 
tahlillarni olib borish va loyihani tanlab olish; 


70 
- loyiha bo’yicha xulosa; 
- investitsiyalash to’g’risida qaror qabul qilish. 
Mazkur fazada investitsion dastavval g’oyani shakllantirish zarur. Investitsiya 
loyihasi g’oyasi bozorda tovar va xizmatlarga bo’lgan talabning qondirilmaganligi 
bilan bog’liq holda, shuningdek, bo’sh pul mablag’lari mavjudligi, tadbirkorlik 
qobiliyati va uning amalga oshirilishi xohishi va shu kabilarning paydo bo’lishi bilan 
bog’liq holda amalga oshiriladi. 

Yüklə 2,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə