Book · June 020 citations reads 18,691 author


Loyihalarni texnik iqtisodiy asoslash



Yüklə 2,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/181
tarix19.12.2023
ölçüsü2,83 Mb.
#151067
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   181
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

Loyihalarni texnik iqtisodiy asoslash. 
Yakuniy texnik-iqtisodiy asoslash yoki texnik-iqtisodiy hisoblash (keyingi 
o’rinlarda TIA (TIH) deb ataladi)
- investitsiya loyihasini amalga oshirishning 
tanlov savdolari asosida va loyihani moliyalashtirish shartlarini hisobga olgan holda 
aniqlangan yakuniy, eng samarali texnik, tashkiliy va moliyaviy-iqtisodiy 
yechimlarini belgilovchi loyihaoldi hujjati. 
Loyihalarni texnik-iqtisodiy asoslash (TIA) – bu investitsiya loyihasi bo’yicha 
uni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi va samara berishga qaratilgan 
kompleks hisob-tahlil xujjatlar, ya’ni asosiy texnik va tashkiliy qarorlar, smeta-hisob, 
baholash va boshqa bir qancha ko’rsatkichlarni qamrab olgan xujjatlar to’plamidir. 
Loyihani moliyalashtirish to’liq yoki qisman byudjet yoki byudjetdan tashqari 
fondlar, vazirliklar va uyushmalarning markazlashtirilgan resurslari, davlat 
korxonalarining o’z mablag’lari hisobidan amalga oshirilayotgan bo’lsa, loyihani 
texnik-iqtisodiy asoslash majburiy tarzda amalga oshiriladi. 
Loyihani moliyalashtirish boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilayotgan 
bo’lsa, investitsiyaning samaradorligi to’g’risidagi, loyihani texnik-iqtisodiy asoslash 
zarurligi yoki zarur emasligi to’g’risidagi qarorni investorlarning o’zlari mustaqil 
ravishda belgilaydi. 
Investitsiya loyihasini texnik-iqtisodiy asoslash loyihadan oldingi injener-
konstruktorlik, texnologik va qurilish qarorlari, muqobil variantlarni taqqoslash va 
tanlab olingan aniq loyihani asoslash ishlarini bajarishni taqazo etadi. Bu jarayonda 
loyihaning iqtisodiy (tijorat va moliya) samaradorligi, tabiatni muhofaza qilish bilan 


75 
bog’liq bo’lgan ishlar (ekologik) chuqur va har taraflama o’rganib chiqiladi. 
Loyihani texnik-iqtisodiy asoslash investorlar (kreditorlar)ga qurilayotgan 
korxona (ob’ekt) moliyaviy jihatdan barqaror va to’lovga qobiliyatligini asoslash 
uchun ishlatiladi va ular tomonidan kiritiladigan mablag’lariga to’lovlarni (dividend 
yoki foiz) o’z vaqtida olish imkoniyatiga ega bo’lishi asoslanadi. Odatda texnik-
iqtisodiy asoslash ishlari loyihachi tashkilotlar tomonidan buyurtmachi o’rtasida 
tuzilgan shartnomaga asosan olib boriladi. Shartnomaga buyurtmachi tomonidan 
loyihani amalga oshirish uchun texnik-iqtisodiy asoslashning talablari ilova qilinadi. 
Investitsiya loyihasi bo’yicha texnik-iqtisodiy asoslash loyiha bo’yicha barcha 
ma’lumotlarni o’z ichiga olgan bo’lishi kerak. Investorlar shu ma’lumotlar tahliliga 
asoslangan holda loyihaga mablag’larni investitsiya qilish yoki qilmaslik to’g’risida 
qaror qabul qilish imkoniyatiga ega bo’ladi. Loyiha bo’yicha texnik-iqtisodiy 
asoslash ishlari yuzaga kelishi mumkin bo’lgan tijorat, texnik, tadbirkorlik va boshqa 
xavf-xatarlarni o’rganib chiqish nuqtai-nazaridan tuzilgan bo’lishi va kelajakda 
bunday xavf-xatarlar korxonaning samaradorligiga ta’sir qilmasligi yoki juda ham 
kam miqdorda ta’sir qilishini hisobga olgan holda tayyorlanishi kerak. 

Yüklə 2,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə