Book · June 020 citations reads 18,691 author


Loyiha tahlilining mohiyati va vazifalari



Yüklə 2,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/181
tarix19.12.2023
ölçüsü2,83 Mb.
#151067
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   181
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

Loyiha tahlilining mohiyati va vazifalari 
Loyiha taxlili – xarajatlar va daromadlar hamda loyiha bilan bog’liq bo’lgan 
qaltislikni (tavakkalchilikni) tizimli baholash va ochib berish asosida loyihalarni 
tayyorlash, baholash va tanlab olish usulidir. Loyiha taxlilining katta qismi loyiha 
davrining dastlabki bosqichida, ya’ni uni qabul qilish yoki qilmaslik to’g’risida qaror 
qabul qilingungacha amalga oshiriladi.
 
Mustaqil o’zlashtirish va nazorat uchun savollar: 
1. Investitsion sikl, mazmuni va loyihani ishlab chiqish bosqichlari haqida o’z 
fikr-mulohazalaringizni keltiring va izohlab bering. 
2. Loyihaning investitsion g’oyasini shakllantirish va investitsion loyiha 
varinatlarini ishlab chiqish bo’yicha o’z tushunchalaringizni keltiring. 
3. Investitsiya loyihalarini dastlabki texnik-iqtisodiy asosla (DTIA) va texnik-
iqtisodiy asoslash (TIA) ishlab chiqish tartibi, farqi, kelishuvi va tasdiqlanishini 
asoslab bering. 
4. Loyiha muhiti nima? 
5. Loyihaviy tahlilning mohiyati va strukturasini bilasizmi? 
 
 
 
 
 
 
 


79 
4-BOB. LOYIHANING BIZNES-REJASI VA UNING TARKIBIY 
TUZILISHI 
 
4.1. Biznes-rejalashtirishning mohiyati va vazifalari. Biznes-rejaning 
funksiyasi va tarkibiy tuzilishi. 
 
Siz biznesga birinchi qadam qo’yayotgan paytingizda yoki yangi bir loyihani 
amalga oshirish jarayonida quyidagi qiyinchiliklarga duch kelasiz: 
- birinchidan, moliyaviy mablag’larning yetishmasligi; 
- ikkinchidan, oldindan belgilanmagan, kutilmagan holatlar ko’pligi. 
Bular sizning korxonangizni tanlangan y o’ldan borishga imkon bermasligi 
mumkin. Bunday noxush holatdan chiqishning y o’li oldindan o’z maqsadini 
qog’ozga belgilash, baholash va prognozlash, bu o’z navbatida o’sha biznes-reja 
tuzishdir. Biznes-reja keng, xar tomonlama aniq tizimga tushirilgan va chuqur o’ylab 
tayyorlangan xujjat bo’lib, u firmani qay maqsadga xarakat qilayotganligi, 
ko’zlangan maqsadga qaysi yo’llar bilan erishish va ko’zlangan maqsadga 
erishgandan so’ng natija qanday bo’ladi degan savollarga javob topiladi. Bu qulay, 
umumiy olingan, hisoblanib loyihani imkoniyatlari bo’yicha to’la ma’lumot beradi. 
Biznes-reja korxona (firma)ning strategik istiqbolini belgilab beradigan asosiy xujjat 
hisoblanadi va uni 3-5 yilga tuzishni tavsiya etiladi. Biznes-rejaning birinchi va 
ikkinchi yillariga ko’rsatkichlarni (topshiriqlarni) kvartallarga taqsimlangan xolda 
berilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi va faqat uchinchi yildan boshlab yillik 
ko’rsatkich (topshiriq)lar bilan chegaralanish mumkin. Biznes-reja quyidagi asosiy 
masalalarni xal etadi, ya’ni:
- tadbirkorlarga korxona (firma)lar strategiyasini ishlab chiqish uchun asosi 
bo’libgina qolmay, uni muvaffaqiyatli amalga oshishiga kafolat ham beradi; 
- bozor iqdisodiyoti sharoitida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, tartibga 
solish va bajaralishini nazorat qilishning asosiy quroli bo’lib xizmat qiladi; 
- tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonida to’satdan yuzaga 
kelgan salbiy holatlar yuzasidan tadbirkorlarni ogoxlantiriladi va ularni o’z vaqtida 


80 
bartaraf etish tadbirlarini ishlab chiqishga yordam beradi; 
- tadbirkorlik faoliyati yuzasidan banklar, investorlar va qarz beruvchilarga 
tegishli ma’lumotlar olishga imkon beradi. 
Bundan tashqari, biznes-reja tuzib chiqishning ikkita asosiy sababi mavjud: 
- tashqaridagi sarmoyadorlarni sizning biznesingizni maqsadga muvofiqligi 
xaqida yoki ssuda berishga ishonch xosil qildirish, 
- ko’zlangan maqsadni saqlab qolishga yordam berish, to’satdan yuzaga kelgan 
holatlarda tanlangan maqsaddan voz kechmaslikni ta’minlash. 
Bu yana rejada belgilangan barcha vazifalarning to’la bajarilishini ham 
anglatadi: 
- Biznes-reja boshqaruvchiga tanglik holatlarini to’g’ri baholash imkonini 
beradi va undan olib chiqib ketish yo’llarini ko’rsatadi. Bu o’z navbatida boshqaruv 
samaradorligining ortishini xarakterlaydi; 
- qo’shimcha ma’lumot kelib tushishi va ma’lum tajribaga ega bo’lish bilan 
maqsad va vazifa moslanib olinadi. Biznes-rejaning bosh maqsadi - firmaning 
ko’zlagan maqsadiga erishishi, reja-iqtisod bo’limi xodimlariga va sarmoyadorlarga 
tanlangan yo’lning maqsadga muvofiqligini ko’rsatib berishdir. 
Bundan tashqari biznes-reja tadbirkorlarning quyidagi savollariga javob ham 
beradi: 
- biznesning joriy holati (biz qayerda turibmiz); 
- ko’zlangan maqsad (qaysi tomonga xarakat qilmoqdamiz); 
- eng qulay yo’l (maqsadga qanday erishamiz). 
Bunda shuni xulosa qilishimiz mumkinki, biznes-rejada xozirgi holatda 
ko’zlagan maqsadga erishishning samarali yo’llari ko’rsatilishi, joriy maqsadlarga 
erishishi va o’rta va uzoq davrlardagi vazifalari xal etilishi aks ettiriladi. 
Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, biznes-reja tadbirkorlarning ish quroli 
bo’lib, rivojlanayotgan kichik-o’rta biznes, xususiy va yakka tadbirkor, firmalar 
faoliyatida katta ahamiyatga ega. Biznes-reja xaqida gap yuritishdan oldin biznesni 
baholash bosh rolni o’ynaydi. Bu yerda biz biznesni taxlil etishimiz lozim. 


81 
Biznes-reja – bu biznesni amalga oshirish rejasi hisoblanadi. Unda firma 
to’g’risida, ishlab chiqariladigan tovar to’g’risida, ishlab chiqarishni tashkil etish 
to’g’risida, mahsulotni sotish bozori to’g’risida va umuman ishlab chiqarishni tashkil 
etish va uning samaradorligini asoslash bilan bog’liq ma’lumotlar aks ettirilishi 
kerak. 
Biznes-rejani ishlab chiqishdan maqsad firmaning xo’jalik faoliyatini qisqa 
yoki ma’lum bir muddatga bozor talablari va kerakli resurslarni jalb qilish 
imkoniyatlaridan kelib chiqqan xolda rejalashtirish hisoblanadi. 
Biznes-reja tuzilishi ish yurituvchi, mulkdor va sarmoyador uchun 
manfaatlidir. Ular wuyidagi savollarga to’la javob beradi: 
Firma loyiha imkoniyatlarini baholashda, loyiha kelgusida tijorat va moliyaviy 
yutuq keltiradimi? 
Firma va byudjet to’la faoliyati yuzasidan maqsadni belgilashda. Bundan 
firmaning qanday umumiy vazifasi mavjud va uni kelgusida rivojlanishi qanday? 
Byudjet uning tuzilishi, daromadi va xarajati xaqida to’la tushuncha mavjudmi? 
Zarur bo’lgan sarmoya maqsadini aniqlash? Rejalarni bajarish uchun qanday 
miqdorda mablag’ kerak bo’ladi? 
G’oyaga aniqlik kiritishning oxirgi yakuniy xujjati bu biznes-reja hisoblanadi. 
U o’zida taxlil natijalari, g’oya va to’satdan yuzaga kelgan fikrlarni umumlashtiradi. 
Faoliyat yuzasida to’la ma’lumot beradi. 
Amaliyotda tanishtirish (prezentatsiya) va taxlil o’tkazishda, pul olishga 
yordam beradi. Yaxshi ishlab chiqilgan biznes-reja to’la kafolat bermasada pul 
olishga yordam beradi. Sarmoyador biznes-rejadan axborot manbai sifatida 
foydalanadi. Shu asosda faoliyatni baholaydi. 
Loyiha tavakkalchilik va likvidlik darajasini aniqlaydi. 
Boshqaruv sifati ko’p holatlarda kredit uchun kafolat omili bo’lib xizmat 
qiladi. Ayrim holatlarda pul berish yuzasidan qaror qabul qilinishicha asosiy bo’lim 
biznes-rejaning mazmuni emas, uning taqdim etilishi va rasmiylashtirilishi ham 
ahamiyat kasb etadi. 


82 
Demak, biznes-rejani ishlab chiqishdan asosiy maqsad - firma faoliyatini 
kelgusi davr va ayrim olingan davrdagi bozor ehtiyojlari va zaruriy manbalar olish 
imkoniyatlaridan kelib chiqishdir. Biznes-rejalar tadbirkor uchun quyidagi asosiy 
vazifalarni xal etishda yordam beradi: 
- firma faoliyati asosiy yo’nalishi, bozor maqsadlari va firmaning bozordagi 
o’rnini aniqlash. 
- firmaning uzoq muddatli va qisqa davr maqsadlari, strategiyasi, taktikasini 
amalga oshirishga erishishni belgilab berish. 
- firmaning iste’molchilarga tavsiya etadigan tovar (xizmat)lar tarkibini tanlash 
va asosiy ko’rsatkichlarni aniqlash. 
- kadrlarga qo’yilgan talablar va ularning o’z vazifalariga mos kelishini 
baholash. 
- bozorni o’rganish bo’yicha firma marketing tadbirlarini tarkibini, reklama, 
realizatsiyani rag’batlantirish, bahoni shakllantirish va realizatsiya yo’llarini aniqlash. 
- mavjud material va moliyaviy mablag’lardan kelib chiqib firmaning material 
va moliyaviy holatini baholash. 

biznes-rejani 
muvaffaqiyatsizligaga 
ta’sir etuvchi omillar xaqida 
ogohlantirish. 
Biznes – reja bir necha muhim vazifalarni bajaradi. Biznes – rejani tayyorlash 
jarayoni fikrlashni jonlantiradi, tadbirkorni puxtalik bilan o’ylashga va o’z ishini turli 
nuqtai nazardan tahlil qilishga, haqiqiy imkoniyat va qiyinchiliklarni baholashga 
majbur qiladi. 
Ikkinchi vazifa – nazorat. Qog’ozda bayon qilingan reja kelgusi nazoratlarda 
va erishilgan natijalarni baholashda har doim ishlatilishi mumkin. U korxona 
faoliyatini kelgusi yaxshilashga asos bo’lib hizmat qiladi. 
Uchinchi asosiy vazifa – jamg’arish. U boshqa jismoniy va yuridik shaxslardan 
pul mablag’larni jalb qilishga imkoniyat yaratadi. Biznes – reja potensial qarz 
beruvchini, aksioner, sarmoyadorni hamda iste’molchini, ta’minlovchilarni ushbu 
korxona bilan (ishbilarmon bilan) tijorat aloqalarida foyda olishga ishontirishi kerak. 
Quyidagilar biznes-rejaning asosiy vazifalari hisoblanadi: 


83 

firmaning qisqa va uzoq muddatli maqsadlarini, unga erishishning taktika 
va strategiyasini aniqlab olish; 

firmaning aniq faoliyat yo’nalishlari va qaysi bozorlarda faoliyat 
ko’rsatishi va bu bozorlarda firmaning o’rni qanday bo’lishi kerakligini belgilab 
olish; 

firma tomonidan iste’molchilarga taklif qilinishi rejalashtirilgan tovar va 
xizmatlar assortimentini va uning ko’rsatkichlarini aniqlash; 

ishlab chiqarish va noishlab chiqarish xarajatlarini baholash; 

mahsulot bahosini shakllantirish, mahsulot sotilishini rag’batlantirish va 
bozorni o’rganish bilan bog’liq marketing tadbirlari tarkibini aniqlash; 

firmaning moliyaviy holati va qo’yilgan maqsadga erishish uchun mavjud 
moliyaviy va material resurslarning mos kelish imkoniyatlarini baholash va 
boshqalar. 
Jahon tajribasida biznes-rejani tuzish bosqichlari va uning tashkiliy qismlari 
aniq belgilanadi. 
Asosiy yo’nalishni saqlagan holda, boshqa bo’limlarga axborotni ko’chirishni 
yoki ularni birlashtirish hisobiga bo’limlar soni kam bo’lishi mumkin.
Korxonani rahbari yoki menejeri biznes-rejani ishlab chiqarishning aniq 
sxemasi, uning tartibi va bayoni, xajmi, axborot ustunligini tanlashda quyidagi 
omillarga alohida etibor berishi kerak bo’ladi:
- korxona statusi va katta - kichikligi (kichik biznes); 
- rejalashtirish faoliyatining bosqichlari (biznes boshlanishi, ya’ni, yangi ishlab 
turgan korxona faoliyatining davomi); 
- biznes xususiyati va qiyinchiligi, xuddi shunday u yoki bu masalalarni ishlab 
chiqishdagi iborasi;
- kerakli ma’lumot va axborotni borligi; 
- boshqa mutaxassislarning yordamiga muhtojligi va boshqalar. 
Biznes-reja tuzish — korxonani oldindan belgilab olgan strategiyasi va 
taktikasi asosida moliyaviy iqtisodiy axvolini taxlil etish va baho berish jarayonidir

Yüklə 2,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə