- firmalararo marketing, bunda ayirboshlash jarayonida ikkala tomon sifatida
tashkilotlar ishtirok etadi;
- ijtimoiy marketing, u muzeylar, universitetlar va shu kabi daromadsiz
tashkilotlarning faoliyat sohalarini o’z ichiga oladi.
Marketing konsepsiyasi tashkilotning butun faoliyati foydalanuvchilarning
ehtiyojlarini qondirishni asosiy maqsad qilib olishi lozimligini ko’zda tutadi, chunki
bu o’z taraqqiyot maqsadlariga erishish va rentabellikni oshirishni eng yaxshi
yo’lidir.
Marketingning ikki qiyofasi. Mazkur harakat falsafasining qo’llanilishi firma
faoliyatining ikki yo’nalishini ko’zda tutadi.
1. Birinchi yo’nalish iste’molchilarning hal qiluvchi guruhlari ehtiyojlari va
talablarini muntazam va doimiy tahlil qilib borish, shuningdek, kompaniyaga tanlab
olingan xaridorlar guruhlariga raqobatchilarga qaraganda yaxshiroq xizmat
ko’rsatishga imkon beruvchi va shu yo’l bilan ishlab chiqaruvchiga raqobatchilikdagi
barqaror ustunlikni ta’minlovchi samarali tovar va xizmatlar konsepsiyasini ishlab
chiqishdan iboratdir. Bu jarayon strategik marketingning asosiy vazifalariga kiradi.
2. Ikkinchi yo’nalish esa potensial xaridorlarni xabardor qilish va xaridorlarni
izlash xarajatlari kamayganda tovarning o’ziga xos sifatlarini namoyish qilish
maqsadida savdoni va kommunikatsiyalar siyosatini tashkil qilishdan iborat bo’lib,
bu
operatsion marketing vazifasini tashkil qiladi.
Bu ikki yondashuv bir-birini to’ldiradi va firmaning marketing siyosati
doirasida o’zining muayyan ifodasini topadi. Bu o’rinda J.J.Lamben marketingga
quyidagicha ta’rif beradi:
“Marketing – bu kishilar va tashkilotlarning ehtiyojlari va istak hohishlarini
xaridor uchun qiymatli bo’lgan tovarlar va xizmatlarni erkin raqobatli ayirboshlash
bilan qondirishga qaratilgan ijtimoiy jarayondir”.
Bu ta’rifda uch asosiy tushuncha ehtiyoj, tovar va ayriboshlashdir. Ehtiyoj
tushunchasi xaridorning hulq-atvori va uni bir tovar yoki xizmatni sotib olishga
undagan sababni ifodalaydi; tovar konsepsiyasi harakat usullari, ishlab chiqarish va
ishlab chiqaruvchilarning tashkiloti bilan bog’liq; ayirboshlash e’tiborni bozorga
104
hamda talab va taklifning o’zaro ta’sirlashuvini ta’minlovchi mexanizmlarga jalb
qiladi.